Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:58

Toshkent IIBBsi tungi drifting videosi ekshn-lavha suratga olish ekanini bildirdi (VIDEO)


Dunyodagi eng qimmat avtomobillardan sanaladigan bu uchala mashinaning vlogerga prezident kuyovi tomonidan taqdim etilgani aytildi.
Dunyodagi eng qimmat avtomobillardan sanaladigan bu uchala mashinaning vlogerga prezident kuyovi tomonidan taqdim etilgani aytildi.

O‘zbekiston poytaxtining qoq markazi – Amir Temur xiyobonini qurshagan xalqa yo‘lda faqat bitta transport vositasi - qora rangdagi yengil mashina - juda katta tezlikda harakatlanayotgani, YPX xodimlari xalqa yo‘lga tutashuvchi yo‘ldagi harakatni to‘xtatib turgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda 19 sentabr tongidan boshlab tarqay boshladi.

Muhokamalarda aytilishicha¸ bo‘shatib qo‘yilgan yo‘lda drifting qilayotgan mashinani rossiyalik vloger boshqargan, u haydayotgan avtomobilni esa prezident Mirziyoyevning kichik kuyovi bergan.

Hozircha bu taxminlarni tasdiqlovchi rasmiy ma’lumot yo‘q. Ozodlik bog‘langan Toshkent shahar IIBB va tuman IIB mulozimlari Amir Temur xiyobonida qandaydir tadbir yoki favqulodda voqea bo‘lgani qayd etilmaganini bildirdi.

Ayni paytda¸ Ozodlik maqolasi chop etilishidan bir necha soat o‘tib¸ Toshkent shahar IIBBsi rasmiy xabar e’lon qildi.

Unda aytilishicha¸ tarqalgan videolardagi voqea "xususiy ijodiy studiya tomonidan ekshn-lavha suratga olish​" jaraënida oid va 13 va 14-sentabr kunlari taxminan soat 02.00-02.30 da Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylana yo‘l​ 10-15 daqiqaga berkitilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoda qora rangdagi yengil avtomashina xiyobon atrofidagi yo‘lda katta tezlikda ketayotgani, tutash yo‘llardagi avtomashinalar harakatini YPX xodimlari to‘xtatib turgani aks etgan.

Амир Темур хиëбонида дрифтинг (1-қисм)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:51 0:00
Бевосита линк

Ikkinchi video esa, birinchi videodagi voqeaning o‘ziga xos izohidir. Unda Maybach avtomobilida drifting qilinayotgani videotasvirga tushirilayotgani aks etgan.

Амир Темур хиëбонида дрифтинг (2-қисм)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:43 0:00

Toshkentlik ikki haydovchi Ozodlik iltimosiga javoban ikkinchi videoni ko‘rgach, undagi voqea xalqa yo‘lning Amir Temur muzeyi bilan “Ugolok” kafesi o‘rtasida sodir bo‘lganini aytdi.

Ozodlikka bir necha norasmiy manbaning xabar qilishicha, voqea 18 sentabr, tungi soat 11 larda bo‘lgan.

Shahar qo‘riqchilari xiyobondagi voqeadan xabarsiz

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi mulozimi Ozodlikka voqeadan xabari yo‘qligini bildirdi.

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mulozimi voqeadan xabarsiz ekanligini, voqea-hodisalar qayd etiluvchi daftarda 18 sentabr, kechqurun Amir Temur xiyobonida qandaydir voqea sodir bo‘lgani to‘g‘risida qayd yo‘qligini bildirdi.

YHXB mulozimining javoblaridan so‘ng unga xiyobon xalqa yo‘lini bitta mashina uchun bo‘shatib berishga, tutash yo‘llardagi boshqa mashinalar harakatini to‘xtatib turishga YPX xodimlariga kim buyruq berdi, degan savolni berishdan mantiq qolmadi.

Amir Temur xiyobonining bir sektori Mirobod tumaniga qaraydi. Bu tuman IIB mulozimi voqeadan xabarsizligini bildirib, xiyobonning uchastka noziri qo‘l telefoni nomerini berdi. Biroq nozir kun davomida telefonini ko‘tarmadi.

Xiyobon atrofining boshqa bir sektoriga qarovchi Yashnabod tuman IIB mulozimi drifting aks etgan videoni ko‘rganini, voqea 18 sentabr kechqurun bo‘lganini bilishini aytdi, lekin tafsilotlarni aytishni istamadi.

IIB mulozimining so‘nggi gapi voqea 18 sentabr oqshomida sodir bo‘lgani to‘g‘risidagi norasmiy xabarlarning yagona yarim rasmiy tasdig‘idir.

Erik Davidichning Moskvadagi vakili uning Toshkentda amalga oshirayotgan loyihasidan xabarsizligini aytish bilan cheklandi.

Voqeani o‘rganar ekan, Ozodlik muxbiri 18 sentabr oqshomida Toshkentning gavjum markazida drifting jarayonini suratga rossiyalik taniqli videobloger Erik Davidich (Davidich) olgan, unga qora Maybach avtomobilini prezident Mirziyoyevning kichik kuyovi Otabek Umarov bergan degan xulosaga keldi.

Autostrada.uz sayti Davidichning Instagramiga tayanib, uning O‘zbekistonga test-drayv o‘tkazish uchun kelganini, test uchun qanday avtomobilь tanlashi hozircha noma’lum ekanligi to‘g‘risida 13 sentyabrda xabar qilgan edi.

Oradan ko‘p o‘tmay mashina, hatto mashinalar topilgani to‘g‘risida Davidich Instagramida maqtandi.

O‘z postida Erik unga odamlar O‘zbekistonda arzirli ulov topolmaysan deyishganini, lekin Otabek Muhammadaliyevich (Umarov) bir emas, uchta mashina: Maybach, Bentley va AMG GT avtomobillarini berib turadigan bo‘lganini yozdi.

Erik Davidich test-drayvni aynan Skverda (Amir Temur xiyobonining xalq tilidagi an’anaviy nomi) suratga olishini hasanboy_makhmudovch o‘z Telegramida xabar qilar ekan, “okala”riga “voxma kimela” degan.

Erik Davidichning yana bir videopostidan uning O‘zbekiston prezidenti oilasi bilan aloqalari o‘ta yaqin degan xulosaga kelish mumkin. Davidich Shavkat Mirziyoyevning nabirasi, Otabek Umarovning qizi Ma’rifatxon - “Marishkani” tug‘ilgan kuni bilan tabriklaydi. Tabrik mazmunidan rossiyalik vloger Otabek Umarovning uyida mehmon bo‘lganini tushunish mumkin.

Toshkent IIBBning rasmiy xabari

Ozodlikning ushbu maqolasi e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tib-o‘tmay¸ Toshkent shahara Ichki ishlar bosh boshqarmasi o‘z rasmiy saytida quyidagi xabarni e’lon qildi.

"Joriy yilning 13 va 14-sentabr kunlari taxminan soat 02.00-02.30 da Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylana yo‘lda, xususiy ijodiy studiya tomonidan ekshn-lavha suratga olish ishlari olib borilgan. Yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, atrofdagi yo‘llar va piyodalar yo‘lakchalari poytaxt IIBB YHXB YPX va PPX xodimlari va ekipajlari tomonidan 10-15 daqiqaga berkitildi."

Bu xabarda xususiy shirkat nomi¸ yoki film ijodkor va aktyorlari haqida ma’lumot berilmagan.

Erik Davidich...

Erik Davidovich Kituashvili /Davidich videobloger, stritreyser, “Smotra.ru” sayti muassisi sifatida tanilgan. Autostrada.uz saytiga ko‘ra, u Rossiya Yo‘l harakati xavfsizligi bosh inspeksiyasidagi korrupsiyaga qarshi kurashchi sifatida ham tanilgan.

Ayni paytda, wikireality.ru sayti ma’lumotlariga qaraganda, Moskva shahar sudi 2018 yilning 19 oktabrida korrupsiyaga qarshi kurashchini firibgarlikda aybdor topib 4 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqargan. Lekin oradan ikki oy o‘tib, sud ba’zi epizodlar bo‘yicha ayblovni amal qilish muddati o‘tib ketgani uchun Davidichdan soqit qilgan, ba’zilari bo‘yicha esa, Tergov izolyatorida o‘tirib jazoni o‘tib bo‘ldi, degan qarorga kelgan.

...va uning do‘sti Otabek Umarov

Otabek Umarov Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi, Shahnoza Mirziyoyevaning eri, O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi prezidenti.

19 iyul kuni Otabek Umarov Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati tomonidan ma’muriy jazoga tortilgan edi.

XS
SM
MD
LG