Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:14

Namanganlik yigitlar soqolini olishga majburlanganidan arz qildi


Namangan dehqon bozori
Namangan dehqon bozori

Namangandagi "Chorsu dehqon bozori"da ishlashini aytgan 2 savdogar yigit "Ichki ishlar bo‘limi va Soliq idorasi vakillari soqolni olib tashlashni talab qilayapti", deb shikoyat qildi.

Yigitlarning OzodMikrofon​ rukniga aytishicha, 22 sentabrdan boshlab, bozorga fuqarolik kiyimida kelayotgan va o‘zini organdan, deb tanishtirgan shaxslar soqolli yigitlarni to‘xtatmoqda.

Namangan viloyat va shahari IIB hozircha bu borada biror izoh bermadi.

Shaxsini ochiqlashni istamagan namanganlik savdogar yigitning aytishicha, uni bozor hududida noma’lum shaxslar bir necha bor to‘xtatgan:

- Uchastkovoymiz, deyishdi bir safar. Lekin begona bular. Soqolni nega qo‘ygansan, olib tashla, deyishdi. Islomda soqolni qirib olish - harom, dedim. Diniy erkinligimizni cheklash bu, dedim. Lekin, quloq solishmayapti. Kuch ishlatib, IIBga olib ketishmoqchi bo‘lishdi, lekin odamlar yig‘ildi. Olib ketisholmadi, men ham soqolimni olmadim.

Quyida soqolini olmagan yigit bilan suhbatni tinglang:

OzodMikrofon: Наманганлик 2 йигит соқолини олишга мажбурланганидан арз қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:29 0:00
Бевосита линк


Ayni bozorda ishlaydigan yana bir yoshgina savdogar yigit ham Ozodlik bilan suhbatda 3 marta ogohlantirilganini aytdi.

Uni, asosan, bozor ma’muriyati vakillari ogohlantirgan:

- Birinchi marta - yakshanba kuni kelishdi. Bozor xodimlari: soqolni olib tashlang, tepadan talab qilishayapti, deyishdi. Keyin 24 sentabr kuni kelishdi. Mana bugun esa SESdan kelishdi (kuladi). Tozalikka rioya qilinglar, u-bu deyishdi-da, keyin soqolni olib yuring, tepadan shunaqa topshiriq bor, deyishdi. Shunga bosh qotgan hozir.

Bu yigitlar bozordagi yana bir necha yosh savdogar 24 sentabr kuni Chust tuman IIBga olib borilgani va o‘sha yerda soqolini olishga majburlanganini aytmoqda. Ozodlik bu yigitlardan birini topdi, ammo u yigit muxbir bilan gaplashishni istamadi.

Ozodlik Namangan shahridagi "Chorsu dehqon bozori" va shahar IIB, viloyat IIBBga bog‘landi, ammo hozircha rasmiy javob ololmadi.

Ozodlik shu yilning 23 - 24 avgust kunlari Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasidagi 100 ga yaqin erkakning soqoli majburan olingani haqida xabar qilgan edi.

27 avgust kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bunga izoh bergan va poytaxtda “Xavfsiz hudud” tadbiri o‘tkazilayotganini bildirgandi.

“Ba’zi ob’ektlarda vaziyatni kuzatish uchun tashqi kuzatuv intellektual kameralaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar bazasiga qidiruvda bo‘lgan shaxslarning biometrik pasportlaridagi ma’lumotlar, ya’ni tartib bo‘yicha ko‘zoynaksiz, bosh kiyimisiz va soqolsiz tushirilgan rasmlari kiritilgan”, deyilgandi rasmiy bayonotda.

Bayonot mazmunidan jamoat joylariga o‘rnatilgan tashqi kuzatuv intellektual kameralari (yuz o‘quvchi kameralar – facial recognition) qidiruvda bo‘lgan shaxslar soqol qo‘ygani bois, ularni aniqlashda murakkablikka duch kelayotgani tushuniladi.

Shu bois, IIBB “Malika” bozoridagi “alohida fuqarolarga tashqi ko‘rinishlarini biometrik pasportdalaridagi rasmlariga muvofiqlashtirish tavsiya etilganini bildirgandi.

Namangandagi savdogar yigitlarning aytishicha, o‘zini rasman tanishtirmagan "organ xodimlari" ularga ham shu vajni keltirgan. Ya’ni, pasportdagi suratda soqoli bo‘lmasa - u holda soqolni olib tashlashi shartligini aytishgan.

Ayni paytda, Toshkent militsiyasi, bu holatga diniy mazmun yuklash kerakmasligi, “bu vaziyatda dindorlarning hissiyotlari bilan o‘ynashish, mazkur mavzuni bo‘rttirish noo‘rin”ligini ta’kidlagan edi.

XS
SM
MD
LG