Линклар

Шошилинч хабар
23 октябр 2019, Тошкент вақти: 20:30

Greta Tunberg Right Livelihood Award mukofoti bilan taqdirlandi


Greta Tunberg hozirga qadar qator mukofotlar bilan taqdirlandi.

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashib kelayotgan shvetsiyalik faol Greta Tunberg Right Livelihood Award (“To‘g‘ri hayot tarzi uchun”) mukofoti bilan taqdirlandi.

“Alternativ Nobel” mukofoti o‘laroq ma’lum bo‘lgan ushbu mukofotga 1980 yil asos solingan. Mukofotni shved-german saxovatpeshasi Yakob Ikskyul Nobel jamg‘armasi atrof-muhitni saqlash hamda xalqaro rivojlanish sohasida ish olib borgan shaxslarni taqdirlashdan bosh tortgani uchun joriy qilgan.

Right Livelihood Foundation e’lon qilgan bayonnomada 16 yashar Tunberg “ilmiy faktlarga tayangan holda iqlim bo‘yicha tezkorlik chora ko‘rish talablarini ruhlantirgani hamda kuchaytirgani uchun” taqdirlangani aytiladi.

“Uning kutilayotgan iqlim halokatiga qarab o‘tirmay, qat’iyat bilan kurashayotgani millionlab tengdoshlarini o‘z fikrlarini aytib, tezkorlik bilan iqlim bo‘yicha chora ko‘rilishini talab qilishga ruhlantirdi”, deyiladi bayonotda.

Tunberg ruhlantirgan “Kelajak uchun juma kunlari” global iqlim harakati 2018 yilning avgustida boshlangan. O‘shanda Tunberg Shvetsiya parlamenti oldida “Iqlim uchun maktab aksiyasi” deb yozilgan qo‘lbola plakat bilan yolg‘iz o‘tirgan edi.

Tunbergning bu aksiyasi jahon bo‘ylab ko‘plab yoshlarni ruhlantirdi. Natijada millionlab yoshlar hukumatlardan iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun keskin chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qilib miting o‘tkazdi. O‘tgan hafta 150 dan oshiq davlatda taxminan 4 million odam “Global iqlim namoyishi” aksiyasida qatnashdi.

Bu yilgi Right Livelihood Award mukofoti yana uch shaxsga berildi. Ularning biri G‘arbiy Sahroi Kabir mustaqilligi uchun tinch yo‘l bilan kurashib kelayotgan inson huquqlari faoli Amanitu Haydardir.

Huquqshunos Guo Janmey esa Xitoyda ayollar huquqlari uchun kurashgani uchun taqdirlandi.

Braziliyaning “Xutukara Yanomamo birlashmasi” hamda uning yetakchisi Davi Kopenava esa Amazonkada biologik xilma-xillikni hamda mahalliy xalqlarni himoyalash yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchin taqdirlandi.

Mukofotining har bir sovrindoriga bir million shved kronasi (103,000 AQSh dollari) beriladi.

XS
SM
MD
LG