Линклар

Шошилинч хабар
16 октябр 2019, Тошкент вақти: 07:30

Namangandagi "Afsonalar vodiysi" parkida 18 yoshli qiz attraksionda o‘ldi


"Afsonalar vodiysi" parki saytidan olingan surat.

Namangan shahridagi "Afsonalar vodiysi" parkida 18 yoshli qiz yangi o‘rnatilgan attraksionda halok bo‘ldi.

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, parkda nazoratchi bo‘lib ishlagan Elya Xoliqova 30 sentabr kuni yangi o‘rnatilgan "Spin block" attraksionida test sinovi o‘tkazilayotgan vaqtda halokatga uchragan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabarida halokat qizning extiyotsizligi tufayli yuz bergani aytilgan.

"Sinov tariqasida harakatlantirilayotgan attraksionga ruxsatsiz chiqib, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida ushbu attraksionning temir truba qismiga urilishi natijasida olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan", - deyiladi Bosh prokuratura bildiruvida.

"Afsonalar vodiysi" bog‘ining Ozodlik suhbatlashgan bir necha xodimi Elya Xoliqovaning qanday halok bo‘lgani haqdagi savollardan o‘zlarini olib qochdi.

"Afsonalar vodiysi" parki xodimlaridan biri esa 3 oktabr kuni Ozodlik bilan suhbatda qizning o‘limini "baxtsiz hodisa" der ekan, bunga uning o‘zi sababchi bo‘lganini aytdi:

- Baxtsiz hodisa bo‘ldi-da. Sinab ko‘rilayotgan kachelyaga ruxsat berilmasa ham o‘tirib oldi.

2001 yilda tug‘ilgan Elya Xoliqova "Namangan Istiqlol bog‘i" MChJga qarashli bo‘lgan ko‘ngilochar bog‘ida 1 avgustdan beri nazoratchi bo‘lib ishlab kelgan.

Hozirda uning o‘limi yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borayotganini ma’lum qildi.

Namangan shahridagi "Afsona" istirohat bog‘ida Markaziy Osiyodagi eng katta attraksionlardan biri deb ta’riflangan "Afsonalar vodiysi" shu yil yozida ishga tushirilgan edi.

Namangan shahar hokimligi rasmiylari "Afsonalar vodiysi" parki hokimiyatga qarashli emasligi, hususiy ekanini aytish bilan cheklandi.

O‘zbekiston istirohat bog‘larida Jizzaxdagi kabi fojialar yuz berib turadi.

Shu yilning iyun oyida Jizzaxdagi istirohat bog‘ida attraksion tutqichi sinib ketishi oqibatida 20 yoshli qiz halok bo‘lgan edi.

Аттракцион тутқичи синиб кетиши оқибатида 20 ёшли қиз ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:55 0:00

Shu yilning mart oyida esa Andijondagi istirohat bog‘ida o‘spirin yigit arg‘imchoqda uchayotib yiqilib o‘lgan edi.

O‘tgan yilning may oyida 11 yoshli bola Toshkentning "Anhor-Lokomotiv" ko‘ngilochar bog‘idagi "Osmono‘par" attraksionida uchayotganida, hushini yo‘qotib, o‘lgan edi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi mahalliy hokimiyatlar, Favqulodda vaziyatlar, Madaniyat vazirliklari, Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, «O‘zenergoinspeksiya» bilan birgalikda hududlardagi mavjud 129 ta madaniyat va istirohat bog‘i hamda aholi dam olish maskanlaridagi jami 1 ming 845 ta attraksion ko‘zdan kechirildi va ularning xavfsiz foydalanish talablariga rioya etishi o‘rganib chiqildi. 20 avgust kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida tekshiruv natijalari haqida ma’lumotlar berildi, deb xabar qilgan edi O‘zA.axborot agentligi.

Ishchi guruhlari attraksionlarning 1292 tasida texnik pasporti mavjud emasligini aniqladi. 1106 tasida attraksionlarni kunlik texnik ko‘rikdan o‘tkazish jurnali yo‘q. 928 attraksionda ishlatish va o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomalar mavjud emas. Attraksionlarga biriktirilgan xodimlarning 1 ming 258 nafarida o‘qiganlik to‘g‘risidagi maxsus guvohnomalar yo‘q va ular texnikadan foydalanish tartib qoidalarini mutlaqo bilmaydi.

695 attraksionda javobgar shaxs tayinlanmagan bo‘lsa, 931 tasida operator va javobgar shaxslarning lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqilmagan. 854 ta attraksionda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati mavjud emas.

  • 28 iyun kuni Jizzax shahridagi "Istiqlol" bolalar istirohat bog‘ida attraksion tutqichi sinib ketishi oqibatida 20 yashar qiz halok bo‘lgani to‘g‘risida Ozodlik xabar qilgan edi.
  • Shunga o‘xshash boshqa hodisalar to‘g‘risida ham Ozodlik o‘z vaqtida xabar bergan.
XS
SM
MD
LG