Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 00:44

Dushanbelik ba’zi taksichilar yo‘lovchilariga o‘pishishni taqiqladi


Rassom Vsevolod Maksimovichning "Bo‘sa" asari (Fragment) Ukraina davlat badiiy muzeyi.

Dushanbedagi taksi haydovchilarning taxminan 10 foizi o‘z avtomobillarida o‘pishish, quchoqlashish va boshqa “nomunosib” qiliqlarni taqiqladi. Ular mashinalariga yo‘lovchilarning chekishi, spirtli ichimliklar ichishi, baland ovozda musiqa qo‘yishi va hissiyotlarini ochiq bildirishini taqiqlovchi lavha ilib qo‘ydi.

Dushanbeda yashovchi yigirma yetti yoshli Muhammad ikki yildan beri taksichilik qiladi. "Men birinchilardan bo‘lib o‘z taksi mashinamga shu lavhani ilib qo‘ydim, – deydi u. – Bu qarorga men bir kuni yo‘lovchilar - katta yoshdagi erkak va taxminan 15 yoshli qizning bir-birlarini quchoqlay va o‘pa boshlaganlaridan keyin keldim. Men ularni taksi quchoqlash va o‘pishish joyi emas, deya ikki marta ogohlantirdim! Ammo ular o‘pishishda davom etishdi. Shunda men mashinani to‘xtatib, ularni tushirib yubordim".

Muhammadning aytishicha, u yo‘lovchilarning ehtiroslarini jilovlay olmaslik holatlariga bir necha bor guvoh bo‘lgan. "Shunday hodisa bo‘ldiki, erkak va ayol ehtirosli o‘pishishlardan keyin orqa o‘rindiqda hirslarini qondirmoqchi bo‘lishdi. Bunga chidab bo‘ladimi? – deya g‘azablanadi haydovchi. – Yana bir gal yosh qiz salonda chekmoqchi bo‘ldi. Men unga salonda chekish taqiqlanishi aytdim. Ammo oradan o‘n daqiqa o‘tib menga bosh idoramizdan qo‘ng‘iroq qilishib nima uchun odobsiz so‘zlarni aytib qizga tegajog‘lik qilganimni so‘rashdi".

Tojikiston– dunyoviy davlat, ammo aholisining 98% Islomga e’tiqod qiladi va ko‘pincha shariat ahkomlariga itoat qiladi. Bir necha yil muqaddam Tojikiston san'atshunoslik instituti rektori Asliddin Nizomov bayonot berib, respublikada ahloq politsiyasi tashkil etishga ehtiyoj tug‘ilganini va bu masala bo‘yicha mamlakat parlamentiga taklif bilan chiqqanini aytgan edi. Rektorning aytishicha, politsiya jamoat joylarida ahloq me’yorlariga amal qilinishini nazorat qilib borishi kerak.

Joriy yil boshida Tojikiston davlat telekanali filmlardagi eng oddiy sevgi sahnalarini ham olib tashlashni buyurdi. Yil boshidan buyon mamlakatda o‘pishish, quchoqlashish hamda jinsiy aloqa aks etgan sahnalarni efirga uzatish man etiladi.

Tojikiston rasmiylari so‘zlariga ko‘ra, Televidenie va radio qo‘mitasi tojik milliy-madaniy qadriyatlarini targ‘ib qilish bo‘yicha 2018 yilning boshida qabul qilgan qarorni bajarishga qaratilgan harakatlari doirasida shunday qarorga kelingan.

18 yanvar kuni Qo‘mita raisi o‘rinbosari Mahmadsharif Boboshohzoda behayo sahnalarni kesib olib tashlash filmlar mazmuniga ta’sir ko‘rsatmasligini aytgan edi.

Tojikiston rasmiylari keyingi yillarda "milliy qadriyatlarni" targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratib keladi.

O‘tgan yilda hukumat erkaklar va ayollar uchun “tavsiya qilinadigan” dress-kod ishlab chiqdi.

Rasmiylarning behayo sahnalarni tsenzura qilishi tojikistonliklarni bunday sahnalarni ko‘rishdan butunlay asrashi mushkul, chunki ko‘plab odam sun’iy yo‘ldosh orqali efirga uzatiladigan telekanallarni ko‘radi. Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab senzura pichog‘i tegmagan disklarni osonlikcha topish mumkin.

XS
SM
MD
LG