Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2020, Тошкент вақти: 12:29

“K. Allamjonov axborot urushi haqida gapirish o‘rniga auditoriya uchun kurashsin”


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) davlat tashkilotlari matbuot xizmatlari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

4 oktabr kungi yig‘ilishda agentlik rahbari rahbari Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva davlat tashkilotlaridagi matbuot xizmatlarini faoliyatsizlikda tanqid qildi.

Matbuot kotiblarini bugungi mediamakon talablariga mos tezkorlik bilan reaksiya bildirmayotganlikda ayblagan Komiljon Allamjonov “axborot urushi” degan jumlani qo‘lladi.

"Bu yerga 78 ta axborot xizmatlari rahbarlari yig‘ilgan. Ularning har biri kuniga bitta xabar bersa ham media makon shuncha axborot bilan to‘yinadi. Axborot urushi ketayotgan paytda bu juda muhim va dolzarb masala" deya iqtibos keltirdi Allamjonovdan Kun.uz nashri.

Farg‘onalik mustaqil jurnalist Bahodirxon Eliboyev agentlik rahbarining bunday jumlani qo‘llashini "xavotirli" deb baholadi:

"Ayni paytda, rasmiy matbuot bugungi mediamakonda auditoriyani boy bermoqda. Komil Allamjonov axborot urushi emas, balki auditoriya uchun kurash, degan jumlani qo‘llasa, men uni tushungan bo‘lardim".

Quyida Bahodir Eliboyev bilan suhbatni tinglang:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:18 0:00
Бевосита линк


O‘zbekistonlik mustaqil jurnalist, "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov esa, hukumat idoralari va turli davlat tashkilotlari matbuot xizmatlari erkin matbuotdan hanuz qo‘rqmoqda, deydi:

"Matbuot xizmatlari Ozodlik yoki Bi-bi-si kabi xorij matbuot vositalaridan qo‘rqishda davom etarkan, AOKA rahbari Allamjonovning muammolari ozaymaydi".

Quyida u bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:59 0:00
Бевосита линк


Алоқадор

XS
SM
MD
LG