Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:12

Andijonda o‘quvchilar 9 kunda ikkinchi marta ommaviy, Samarqandda esa 26 kishi zaharlandi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

8 oktabr, soat 20.30 dan Andijon tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 4 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozonida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Shu kuni soat 24.00ga qadar faol aniqlash yo‘li bilan yana 23 nafar fuqaro «ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bu haqda xabar qilgan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, jami 27 nafar fuqarodan 24 nafari tumanning 35-maktab o‘quvchilari, 1 nafari sinf rahbari, 1 nafari maktab o‘quvchisining onasi -tug‘ilgan kun munosabati bilan tort pishirig‘i tayyorlab olib borgan - yana bir nafari esa shu sinf o‘quvchisi uydagi kichik yoshdagi singlisiga tortdan berganligi natijasida zaharlanish qayd qilingan.

Vazirlikning xabar qilishicha, holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish uchun voqea joyiga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi mutaxassislari jalb qilindi. Barcha bemorlardan olingan ajratmalar viloyat SEOM laboratoriyasida tekshirilmoqda. Hozirda shifoxonada 12 nafar bemor davolanmoqda, 15 nafariga esa ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan.

"Bemorlarning ahvoli, yakuniy tashxis hamda o‘tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.Ushbu vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda", deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

9 kun oldingi zaharlanish

Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy xususiy maktabida 30 sentabr kuni 82 nafar o‘quvchi va o‘qituvchi ovqatdan zaharlandi.

Xalq ta’limi vazirligining bildirishicha, 30 sentabrda maktabga kelgan o‘quvchilar soni 217 nafarni tashkil etgan. Tushlik paytida 75 nafar o‘quvchi hamda 7 nafar o‘qituvchi ovqatdan zaharlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, zaharlanganlardan 12 nafar o‘quvchi viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga, 14 nafar o‘quvchi va 3 nafar o‘qituvchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Andijon filialiga hamda 49 nafar o‘quvchi va 4 nafar o‘qituvchi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.

“Hozirda zaharlangan o‘quvchi va o‘qituvchilar shifokor nazoratida bo‘lib, ularning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda”, deyilgan edi rasmiy bildiruvda.

Sentabr oyining oxirgi o‘n kunligida Ozodlik radiosi bir necha marotaba ommaviy zaharlanish holatlari to‘g‘risida axborot berdi.

Samarqanddagi vaziyat

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, 7 oktabr kuni soat 14.10 dan 8 oktabr soat 24.00 ga qadar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 26 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilishgan.

Ular “Ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan o‘tkazilgan birlamchi epidemiologik surishtiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:

Shifoxonaga murojaat qilgan fuqarolar joriy yilning 6 oktabr kuni soat 13.00 va 17.30 oralig‘ida Samarqand shahridagi Siyob dehqon bozori hududida joylashgan “Baxtiyor” MChJga qarashli xot-dog tayyorlash shoxobchasidan xot-dog va shaurma mahsulotlarini iste’mol qilishgan. Mazkur shoxobcha o‘rganilganda, shoxobcha o‘z faoliyatini to‘xtatganligi va xot-dog mahsulotlari mavjud emasligi aniqlandi.​

27 sentabr kuni Bekoboddagi 15-sonli bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilaridan 19 nfari zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.

Namangan viloyati Chust tumanida 22 sentabrda to‘yda ishtirok etgan ellikdan ziyod mehmon ovqatdan zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizildi.

XS
SM
MD
LG