Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:05

Leningrad viloyatida o‘zbek muhojirini chavaqlab ketgan 4 o‘smir hibsga olindi


Rus neonatsistlari.
Rus neonatsistlari.

Peterburgda o‘zbekistonlik 38 yashar mehnat muhojirini pichoqlab, undan qo‘l telefoni va pulini tortib olgan 3 nafar kollej talabasi sud qarori bilan hibsga olindi. Tergovchilar hujumda ishtirok etgan o‘smirlar rus neonatsisti Maksim “Tesak” Marsinkevichning izdoshlari va “Slavyane” millatchilar guruhi a’zosi ekanini taxmin qilmoqda.

Besh joyidan pichoqlangan, tanasining boshqa qismi lat yegan va miyasi chayqalgan o‘zbekistonlik mahalliy shifoxonalardan birida o‘rta og‘irlikdagi ahvolda qolmoqda.

14 noyabr kuni Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tuman sudi qarori bilan 38 yashar o‘zbekistonlikka hujum qilgan Leningrad viloyatilik Ivan S., Ivan A. va Filipp P.lar hibsga olindi.

Shahar sudlari birlashgan matbuot xizmatidan Ozodlik so‘roviga javoban ma’lum qilishlaricha, hujumda ishtirok etgan yana bir ayblanuvchi voyaga yetmagani bois tergov yakuniga qadar tilxat asosida qo‘yib yuborilgan.

- Krasnogvardeyskiy tuman sudi Ivan S., Ivan A. va Filipp P.larga nisbatan hibsga olish chorasini qo‘lladi. Ular Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 162- moddasi 4- qismi, ya’ni “Talon-torojda” ayblanmoqda, dedi navbatchi xodim.

Sankt-Peterburg Tergov qo‘mitasi boshqarmasi rasmiy xabariga ko‘ra, millatchilik kayfiyatida bo‘lgan Leningrad viloyatida yashab kelgan 2000, 2001, 2003 va 2004 yillarda tug‘ilgan mahalliy kollej talabalari 2019 yil, 11 noyabr soat 21-larda “Post Kovalyovo” temir yo‘l stansiyasi yaqinida ko‘rinishidan osiyolik bo‘lgan shaxsga hujum qilgan.

Ular keyinroq o‘zbekistonlik ekani aniqlangan muhojir yuziga gaz ballonidan sepib, o‘lar holatga keltirib kaltaklab, kamida 5 joyidan pichoqlab ketgan. Tergovchilar jinoyatda ayblanayotgan rus millatchilarini o‘zbek migrantining arzon qo‘l telefoni, ryukzagi, kiyimi va cho‘ntagidan chiqqan 7850 rublini o‘marib ketganlikda gumonlanmoqda.

Ismi tergovchilar tomonidan sir tutilayotgan o‘zbek muhojiri hodisa guvohlari tomonidan chaqirtirilgan “Tez yordam” mashinasida Vsevolojsk shahar kasalxonasiga olib ketilgani aytildi. Shifoxona vrachlari uning ahvoli o‘rta og‘irlikda ekanini gapirmoqda.

Sankt-Peterburg Tergov qo‘mitasi ko‘plab telefon suhbatlashuvlari va videokadrlarni o‘rganib chiqqan izquvarlar hujum qilganlarni ertasi kuniyoq qo‘lga olganini ma’lum qildi.

- Hozirda jabrlangan shifoxonada qolmoqda. Tergov amaliyoti paytida ayblanuvchilardan gaz ballonchasi, pichoq, jabrlanuvchining ryukzagi va qo‘l telefoni musodara qilindi. Hozirda bu shaxslarning shu kabi boshqa jinoyatlarga, jumladan ekstremistik ruhda qilingan hujumlarga aloqadorligi tekshirilmoqda, dedi Tergov qo‘mitasi navbatchi ofitseri.

Politsiya pichoq bilan o‘zbekistonlikka tashlangan 17 yashar o‘smir Shahar xo‘jaligini obodonlashtirish kollejining 2-kursi, 19 yashar hujumchi – Agrar-sanoat texnikumining 4- kurs talabasi ekani, yana biri – 16 yashar ayblanuvchi o‘qishni tashlab hech qaerda o‘qimayotgani va ishlamayotgani ma’lum bo‘ldi.

Hujumda qatnashgan va hibsga olinmagan 15 yashar o‘smir Vsevolojsk maktablaridan birining 8 sinf talabasi ekani aytildi.

Taqirbosh Maksim "Tesak" Marsinkevich Moskvadagi oxirgi sud jarayonida, 29.12.2018
Taqirbosh Maksim "Tesak" Marsinkevich Moskvadagi oxirgi sud jarayonida, 29.12.2018

Peterburglik jurnalistlar O‘zbekiston vatandoshini chavaqlagan 17 yashar shaxs taniqli rus millatchisi “Tesak” laqabli Maksim Marsinkevichni qo‘llab kelgan ijtimoiy guruhlarga a’zo bo‘lgani, 19 yashar talaba esa Vsevolojsk shahrining “Slavyane” millatchilar uyushmasiga a’zo bo‘lganini aniqladi.

Millatchilikda ayblanayotgan taqirbosh o‘smirlar sud qarori bilan 2020 yilning 12 yanvarigacha tergov izolyatorida qoladi.

Taqirboshlar orasida “Tesak” laqabi bilan mashhur M.Martsinkevich o‘ta millatchi va hozirda tarqatib yuborilgan “Format-18” va “Restrukt” guruhlarini boshqarib kelgan. U 2007 yilning 22 iyun kuni Moskvadagi Manej maydonida millatchilar va kavkazliklar o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv tashkilotchilaridan biri bo‘lgani aytilgan edi.

Rus neonatsizmi g‘oyalari targ‘ibotchisi, o‘zini “migrantlar, kavkazlik va narkodilerlarga qarshi kurashchi” deb atab kelgan videobloger, irqchi va skinxed “Tesak” Marsinkevich Rossiyada 3 marta millatchilik g‘oyalari uchun sudlangan va 2014 yildan buyon qamoqda saqlanmoqda.

XS
SM
MD
LG