Линклар

Шошилинч хабар
09 декабр 2019, Тошкент вақти: 02:34

Kun.uz audio matnini e’lon qildi. Ortiqxo‘jayev majburiy mehnatni qadriyat hisoblashi ma’lum bo‘ldi (VIDEO)


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev

"Bizning davrimizda bitta narsaga ishonardik, hamma ergashardi, ishonardi. Bitta ish bo‘lardi, yo‘l qurilgan, Farg‘ona kanali qurilgan, katta-katta ishlar bo‘lgan. Majburiy mehnat, hashar. Bu qadriyatimiz-ku bizning. Ota-onamizga xizmatniyam ertaga majburiyat deydi bular".

Bu fikrni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 15 avgust kuni Kun.uz sayti muxbirlari bilan shahar hokimligi binosida o‘tkazgan uchrashuvda bildirgani 19 noyabr kuni ma’lum bo‘ldi.

Ортиқхўжаев мажбурий меҳнатни қадрият ҳисоблаши маълум бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:41 0:00

Shu kuni Kun.uz 15 avgust kungi uchrashuvdan yozib olingan audio matnini e’lon qildi.

Saytga ko‘ra, keyingi kunlarda jamoatchilik keng muhokama qilayotgan audio avgustdagi uchrashuvda yozib olingan audiodan "yulib olingan" va "birlashtirilgan".parchalardir.

Kun.uz tahririyat "xolislik nuqtai nazaridan hokim bilan o‘sha uchrashuv haqida nisbatan to‘liq kartina hosil bo‘lishi uchun audioyozuvni nisbatan to‘liq holda" keltirgan va unda Jahongir Ortiqxo‘jayevning milliy qadriyatlarga oid fikrlari bor, Quyida Toshkent shahar hokimining milliy qadriyatlarga doir fikrlari bilan tanishingiz mumkin. Imlo va tinish belgilari Kun.uzniki:

"Qadriyatni yo‘qotdik-ku. Qadriyatni yo‘qotdik-ku? Ota-onamizga xizmatniyam ertaga majburiyat deydi. Qani endi hashar? Qani? Itam dumi bilan tozalab o‘tiradi eshigini tegini. Endi ko‘chasi tugul, uyining oldini tozalata olmayapmiz-ku bolam?

Qadriyatimizni yo‘qotdik-ku! Kim qildi buni? Siz qildingiz. U yerga borib mikrofon tutadi, majburiy mehnat deb, bu maktabga boradi...

O‘zimizning maktabimizda qorni o‘zimiz kurardik-ku, partani kraskalardik, eshikni kraskalardik, qabristonni tozalardik. Qani bular? Kim qildi buni? O‘zimizning ichimizdagi o‘zbek, itning bollari qildi. Qadriyatni bilmagan.

Ertaga, aytyapman-ku, xuddi Amerikaga o‘xshab, Angliyaga o‘xshab «dada, meni urishmang, haqqingiz yo‘q» deydi. Qiladi shu ketishda bo‘lsa...

Dinda yozib qo‘yilgan, birovning qayg‘usining ustidan pul ishlash, foyda topish haqida nima deyilgan... Mana, siz bilasiz, to‘g‘rimi, bu ma’naviyat...

Yo‘q bu narsa yo‘q. Xudo ko‘rsatmasin, ertaga dushman kelsa.. xalq bilan hukumatni ayirib qo‘ydi..."

XS
SM
MD
LG