Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:34

OzodTa'sir: Avtoturargohda pul noqonuniy undirilgan. U noqonuniy ishchilarga to‘langan (VIDEO)


Qo‘qon bozorining taksichilar yo‘lovchi oladigan hududida noqonuniy o‘lpon undirayotganlardan biri.
Qo‘qon bozorining taksichilar yo‘lovchi oladigan hududida noqonuniy o‘lpon undirayotganlardan biri.

Qo‘qondagi avtomobillar turargohidan “Ulug‘bek Mega Trans” MChJ 2018 ning yanvaridan beri noqonuniy foydalangan. “Ulug‘bek Mega Trans” turargohdan foydalangan har bir avtomashinadan 5000 so‘mdan pul olgan. Bu pullarni noqonuniy ishlagan ishchilarga shu hududni tozalash, obodonlashtirish maqsadida berib ishlatib kelgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro A.X. Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, hozirda mazkur arizaga asosan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu Ozodlikning 19 noyabrdagi materiali yuzasidan Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati bayonoti mag‘zidir.

  • Ozodlik o‘sha materialida 18 noyabrda kelgan video mazmuni va unda aks etgan avtoturargohdan foydalanuvchi taksi haydovchilarining aytganlarini to‘g‘risida xabar bergan edi.
  • Jo‘natganlarning aytishicha, video Farg‘ona viloyat Qo‘qon shahri bozorining taksilar to‘xtashi uchun ajratilgan hududida yozib olingan.
  • Videoning mazmuni budir: ikki yosh yigit bozordan mijoz olib chiqib ketmoqchi bo‘layotgan litsenziyali taksidan zo‘ravonlik bilan 5000 so‘m undirishga urinmoqda. Haydovchidan pul talab qilayotgan yigitlar taksidagi keksa yo‘lovchilarni ham haqorat qiladi va haydovchi 5000 so‘m bermasa¸ mashinaning bozor hududidan chiqarilmasligini aytadi.
Қўқон бозоридаги йўлтўсарлар
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:37 0:00

  • Ozodlik mavzuni o‘rganar ekan, munosabat bildirishni so‘rab Qo‘qon shahar IIBga bog‘langan edi.
  • Ichki ishlar tizimining Ozodlik bog‘langan mulozimi¸ bozor hududidagi bunday yo‘lto‘sarlik va tamagirlik haqida “birinchi bor eshitib turganini” bildirdi.
  • Qo‘qon bozori tegishli bo‘lgan shahar hokimligi matbuot xizmati¸ Ozodlik taqdim etgan videoyozuvni ko‘rib chiqqach¸ quyidagicha javob berdi:
  • “Shahar hokimligi, ichki ishlar, soliq idorasi bilan hamkorlikda masalani tezkor o‘rganishni boshladi. Masalaga oydinlik kirishi bilan rasmiy ma’lumot yo‘llaymiz”.

Ozodlikda maqola chop etilganidan bir kun o‘tib, O‘zA axborot agentligi Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, quyidagi xabarni e’lon qildi:

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahrida noqonuniy guruh taksichilardan “dolya” undirayotgani haqida videolavha tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi surishtiruv ishlari olib bordi. O‘rganish davomida taksi haydovchisi bilan noma’lum fuqaro pul to‘lash yuzasidan o‘zaro og‘zaki gap tortishib janjallashgan va mazkur videotasvir 2019 yilning 19 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Qo‘qon shahri Farobiy ko‘chasida joylashgan “Qo‘qon savdo kompleksi” MChJ yonidagi avtomobillar turargohidan shahardagi “Ulug‘bek Mega Trans” MChJ rahbari tomonidan 2018 yil yanvar oyidan buyon hech qanday hujjatlarsiz yo‘nalishsiz taksi avtomashinalari uchun turargoh sifatida foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, nazoratchi sifatida taksi haydovchilarining shu joydan avtomashinalariga mijoz sifatida kelgan fuqarolarni chiqarib, manzillariga yetkazib qo‘yishlari uchun hozirgi kunda har bir avtomashinadan 5000 so‘mdan pullik xizmat olgan. Tushgan pullarni noqonuniy ishlagan ishchilarga shu hududni tozalash, obodonlashtirish maqsadida berib ishlatib kelgan.

2019 yilning 17 noyabrьkuni soat 08:30 lar chamasida Qo‘qon shahri Farobiy ko‘chasida joylashgan “Qo‘qon savdo kompleksi” MChJ yonida joylashgan avtomobillar turargohida fuqaro A.X o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-1” rusumli avtomashinasiga ikki nafar erkak kishi va ikki nafar ayol kishini Qo‘qon shahridan Beshariq tumani Andarxon qishlog‘i hududida joylashgan “Andarxon” chegara o‘tish maskaniga kelishilgan haq asosida yo‘lga chiqmoqchi bo‘lgan. Shu vaqtda “Ulug‘bek Mega Trans” MChJ ish yurituvchisi A.I. tomonidan ushbu hududga hech qanday hujjatlarsiz nazoratchi sifatida ishlashga jalb qilingan M.M. fuqaro A.X.dan kunlik to‘lov uchun 5.000 so‘m miqdorida pul berishni talab qiladi. A.X. buni rad qilgach, o‘rtada o‘zaro janjal kelib chiqadi. Janjal davomida M.M. A.X.ni kurakda turmas so‘zlar bilan so‘kib haqorat qiladi. Shunda avtomashina salonida bo‘lgan bir nafar surishtiruv jarayonida shaxsi aniqlanmagan ayol kishi M.M.ga so‘kinmasligini tushuntiradi. Lekin M.M. bu ayol bilan ham o‘zaro og‘zaki gap tortishib janjallashib ketgan. Ushbu janjalga M.M.ning sherigi M.R. ham qo‘shilib, ushbu ayol bilan og‘zaki gap tortishib janjallashib ketadi. Voqea joyidagi fuqarolar tomonidan ular tinchlantirilib, janjal to‘xtatilgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro A.X. Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, hozirda mazkur arizaga asosan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG