Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2019, Тошкент вақти: 03:35

Termizdagi restoran va kafelar aprelgacha gaz tarmog‘idan uzilishidan ogohlantirildi


Gaz tarmog‘idan butunlay uzilmagan paytda ham gaz bosimining butun O‘zbekiston bo‘ylab shu kunlarda keskin pasayib ketgani kuzatilmoqda.

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahridagi o‘nlab restoran va kafe egalariga 1 aprelga qadar tabiiy gaz tarmog‘idan uzilish haqidagi ogohlantirish xati tarqatildi.

Ozodlikka murojaat qilgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi egalari bunday ehtimol amalga ko‘chsa¸ bahorgacha qanday ro‘zg‘or tebratish qayg‘usida qolganini bildirdi.

“Hududgaz Surxondaryo” MChJsi mutaxassislari¸ ogohlantirish xatlari tarqatilganini e’tirof qildi va bunday favqulodda chora uchun Ozodlik orqali tadbirkorlardan uzr so‘radi.

Tabiiy gaz masalasi yaqin kelajakda hal bo‘lishi qiyin masala va biz hozirgidek avariya sharoitida strategik ob’ektlar¸ tug‘ruqxona¸ bog‘cha-maktablardagi bolalarimizni omon saqlash uchun shunday keskin choraga majburmiz”¸ dedi gaz ta’minoti idorasi mutasaddilaridan biri 27 noyabr kuni.

O‘zbekistonning eng janubiy viloyati bo‘lgan Surxondaryoda 27 noyabrga o‘tar kechasi havo harorati -5 ga tushgan¸ ko‘p qavatli uylarning butunlay isitishsiz qolgani kuzatilgan.

Ogohlantirish xati

27 noyabr kuni Ozodlikka termizlik tadbirkorlar nomidan kelgan murojaatda quyidagilar yozilgan:

Termiz shahridagi restoran, kafe, oshxonalarga shahar gaz korxonasi xodimlari qish mavsumida gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish haqida xabarnoma berib ketishdi. Bu xabarni eshitgan biz tadbirkorlar o‘ylanib qoldik, davlat chiqargan buyruqlarni bajarsak - 1 kub gazga 1000 so‘m to‘lasak, 3 million¸ 2 million so‘m turadigan gaz hisoblagichni o‘rnat desa¸ o‘rnatsak, bir nechta ishchi o‘rni yaratsak, paxtaga odam desa yuborsak¸ nega davlat o‘z zimmasidagi majburiyatini bajarmayapti? O‘zimizda chiqib turgan gazdan pulini to‘lab ham foydalana olmasak, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash shumi?

Termizlik tadbirkorlar bu xabarga o‘zlariga berilgan rasmiy ogohlantirish xati nusxasini ilova qildi.

Ogohlantirish xatining Ozodlikka yuborilgan nusxasi
Ogohlantirish xatining Ozodlikka yuborilgan nusxasi

“Hududgaz Surxondaryo” MChJsi rahbari B.Amanto‘rayev imzo qo‘ygan maxsus raqamlangan “Ogohlantirish xati”da prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan “2019 yilning 1 noyabridan 2020 yilning 1 aprel kuniga qadar tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilishi (uzilishi) to‘g‘risida ogohlantiramiz”¸ deb yozilgan.

Ozodlik 27 noyabr kuni gaplashgan Termizdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari egalari¸ ayni kunda bosim pasayib ketganiga qaramay¸ o‘z ob’ektlariining tabiiy gazdan butunlay uzilmaganini bildirdi.

“Ammo bu xat ularga istagan kuni bizni gazdan butunlay uzish huquqini beradi”¸ deya xavotirini bildirdi Termiz restoranlaridan birining egasi.

Gaz idorasi hammadan uzr so‘radi

27 noyabr kuni Ozodlik “Hududgaz Surxondaryo” MChJsining Termiz shahri ta’minoti uchun mas’ullaridan biri bilan suhbatlashdi.

Bor vaziyatni ochiqchasiga tushuntirgani bois o‘z rahbarlaridan tanbeh olmaslik uchun suhbatdosh shaxsi ochiqlanishini istamadi.

Keyingi uch kechayu uch kunduz deyarli uxlaganimiz yo‘q. Bir tomondan¸ qattiq qora sovuqlar boshlanib¸ harorat tunda -5 ga tushayapti. Boshqa tomondan¸ Sheroboddagi katta gaz quvurida avariya bo‘ldi. Gazdan uzilish hayot-mamotni hal qiladigan ob’ektlar – roddomlar¸ kasalxonalar¸ bog‘cha va maktablarda uxlab qolayapmiz. Bu yoqda¸ ichki ishlar¸ chegara qo‘shinlari kabi strategik ob’ektlar bor¸ ularniyam gazsiz qoldirib bo‘lmaydi. Deyarli birorta byudjet tashkiloti qishga tayyor emas¸ o‘tin-ko‘miri yo‘q¸ hammasi tabiiy gazga ishongan. Tabiiy gaz ta’minoti esa¸ mamlakatning deyarli hal qilib bo‘lmaydigan muammosi”¸ dedi Surxondaryo gaz ta’minoti mutaxassislaridan biri.

Mutaxassisga ko‘ra¸ muammoning birinchi ildizi¸ O‘zbekistonda ichki ehtiyojni qoplaydigan darajadagi tabiiy gazning yo‘qligi bo‘lsa¸ ikkinchisi¸ gaz quvurlarining avariya holati ekani bilan bog‘liq:

Aholi muttasil ko‘payib borayapti. Prezident yo‘l ochganidan keyin¸ tadbirkorlik qilayotganlar soni oshib borayapti. Eksport qiluvchi parnikchi tadbirkorlar ko‘paydi. Ularni gazdan uzib bo‘lmaydi¸ baloga qolamiz. Oqibatda¸ bosim keskin pasayib¸ ko‘p qavatli uylarga umuman gaz chiqmaydigan joylarimiz ko‘payib borayapti. Boshqa tomondan¸ quvurlarning ekspluatatsiya muddati o‘tib bo‘lgan holatda¸ hali u yerda¸ hali bu yerda avariya. Termiz magistral quvurning eng oxirida joylashgan¸ rayonlardan ortgani bizga keladi. Yillardan beri Termiz shahri uchun alohida yangi liniya tortishni so‘raymiz desak¸ mablag‘ yo‘q. Aholiga ham¸ tadbirkorga ham ichimiz achiydi. Sizlarga shikoyat qilayotgan tadbirkorlardan uzr so‘raymiz¸ lekin muammoni hal qila olmaymiz. Chunki bu bir shahar yoki viloyat idorasi hal qiladigan muammo emas”.

Gaz muammosi tan olingan¸ ammo yechimi ko‘rinmayapti

O‘zbekistonda havo harorati tunda -15 darajagacha pasaygan ayni kunlarda mamlakatda yana bir energetik bo‘hron kuzatilmoqda.

"Газ йўқ¸ свет йўқ¸ лекин телевизорда тўтиқушлар "бизларда ундай¸ бундай" деб сайраб ëтибди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:31 0:00

Gazsiz¸ elektrsiz qolgan aholi ba’zi hududlarda norozilik tariqasida yo‘lni to‘smoqda. Gaz va elektr tarmog‘idagi uzilishlar poytaxt Toshkentda ham ko‘zga tashlanmoqda.

2017 yilning 14 iyun kuni Xalqaro press-­klubda o‘tkazilgan matbuot anjumanida «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvining o‘shandagi raisi Alisher Sultonov muammoning milliy miqyosda ekanini e’tirof qilgan edi.

So‘nggi 15-20 yil ichida gaz sohasi loyihalashtirish jihatidan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan – unga hech kim egalik qilmagan. Shu tariqa gaz-­transport sohasi “o‘lgan”. Gaz quvuri borgan ba’zi hududlarda hech kim uni hisob­-kitob qilmagan, loyihalashtirish to‘g‘ri amalga oshirilmagan. Shu tariqa butun tizimni o‘ldirdik”¸ deb iqtibos keltirgan edi ikki yarim yil oldin mahalliy matbuot Alisher Sultonovdan.

Oradan qariyb uch yilcha o‘tib ham¸ joriy hukumat “o‘ldirilgan tizim”ni tiriltirish rejasini jamoatchilikka oshkor qilgan emas.

XS
SM
MD
LG