Линклар

Шошилинч хабар
28 феврал 2020, Тошкент вақти: 23:16

OzodTarmoq - Saylov-2019: "Nimaniyam hal qila olardik?"chi nomzodlar debatida bo‘ldim...


OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Bahodirxon Eliboyev 28 noyabrda Feysbukdagi sahifasida e’lon qilgan postni e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

Hatmchi partiyalar

Shuncha yildan beri "nimanidir hal qila olaman", deb yashab kelganim menga dalda bo‘lardi. Lekin kecha Farg‘onadagi debatda, "nimaniyam hal qila olardik?" degan bir to‘da partiyachilar orasida qolib ketibman. O‘zining jamiyatda hech kim ekanligiga butun borlig‘i bilan ishonib, endi boshqalargayam shu sindromni yuqtirayotganlardan ekan.

Farg‘ona viloyatdagi bloggerlar borarmikin deb xabar ham yozdim. Ular ham trenddagi gaplar ketidan quvish bilan ovora. Nega bloggerlarni kutdim? Chunki ular jamiyatda benomu nishon o‘tib ketmasligi uchun kurashuvchilardir.O‘zini borligini, nima uchundir yashayotganini isbotlashga uringuvchilardir. Shundaylar debatda ko‘rinib tursa, ketidan auditoriyasi ham qo‘shilardi.

O‘zi bor yo‘g‘i 3 oy imkoniyat bor siyosiy ongni qitiqlash uchun. Lekin bloggerlarimiz ham sukut rejimini yoqvolishganday. Deputatlikka nomzod bloggerlarimizni aytmaganda qolgani jim.

Buyam mayli, men uchun achinarlisi, partiyalar vakillari mamlakat kelajagini o‘ylaganiyam yo‘q. Bergan savollar bilan ishiyam yo‘q. Kitobiy gaplari bilan majburan keltirilgan talabalarni ham xunob qilishdi.

"Sizlar 5 yilda shunday ishladilaringki, mamlakatda mehnat muhojiri ko‘paysa ko‘paydiki, kamaymadi. Mamlakatning 8,5 mln aholisi migrantga aylandi. Keyingi 5 yilda bu raqam pasayadimi yo ko‘payadimi", deb so‘rasang, bittasi chiqadi-da, "biz to‘ylarni ixchamlashtirishimiz kerak" deydi.

"Pulni bekorchi hoyu havaslarga sarflavoryapmiz"mish. "Bu mani pulim, xohlaganimdek ishlataman, turli davlatlarga chiqib ketish muammosini qanday hal qilasizlar" deysan, yana "rasxodni kamaytir, puling ko‘payadi" deb o‘tiraveradi. Lekin u hech qachon "ish yo‘q uka, oyliklar kam, tadbirkorlik uchun kreditni uch oylab ovora qilib keyin bergimiz kelsa, beramiz, shunaqa ishlovrsak, keyingi 5 yilda 10 mlnga chiqamiz" demaydi.

Boshqasi turib shukr qilishni gapiradimi-ey. Yana bittasi jim o‘tiraveradi. Ortiqcha gapirib qo‘ymay deb og‘ziga talqon sovoladi. Gapiradigani aravani quruq olib qochadi. Shular biz uchun ertaga nimanidir hal qiladimi deysan keyin.

Iste’mol savatchasi haqida gapirib ketadimiey... Yoki bu barcha davlatlarda bor deydi. Bir gapni gapirsang, boshqa davlatlardayam bor deyish bilan nima demoqchi ular? Mani nima ishim bor boshqa davlat bilan? Boshqa davlatlarda ham...lar bor, bizdayam bo‘lovrsin deganimi bu?

Shu xulosaga keldimki, xalqning siyosiy ongini rivojlantirish kerak deb yurarkanmanu, oldin siyosatchilarimizning siyosiy ongi haqida o‘ylashimiz kerak ekan.

Elektoratgayam qoyil qolmadim. Vakili berilgan savolga to‘g‘ri javob beryaptimi yoki olib qochyaptimi unga farqi yo‘q. Qiy-chuv qilib, qarsak chalsa bas. Bir kulgum qistaydi, bir xafa bo‘lib ketaman.

Bizda biror sabab bilan uyida Hatmi Qur’on qiluvchilar 5-6 ta mulla-imomlarni, yoshi kattalarni chaqirishadi. Odatda, ikki xil taom beriladi: suyuq, quyuq. Qur’on hatmi shu ikki taom o‘rtasida qilinadi. Lekin Hatmga kelgan bironta mullani ko‘zyoshini ko‘rmadim. Chunki dard unikimas. Uning vazifasi tilovat qilib ketish, missiya shundan iborat.

Nega buni esladim. Millatvakillarimiz ham ikki taom orasidagi Hatmga kelgandek tuyuldilar menga. Uy egasining dardini yuzaki biladigan, muammosini yuragi tugul jigari bilan ham his qilolmaydigan hatmchilardek... Ming afsus!..

O‘qiganinigiz uchun rahmat!

XS
SM
MD
LG