Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2019, Тошкент вақти: 03:24

Hukumat energetik bo‘hron uchun "isrofgarchilik"ni aybladi. Mullalar xalqni sabrli bo‘lishga chaqirmoqda (VIDEO)


Hali haqiqiy qish boshlanmay turiboq¸ O‘zbekiston aholisi puliga ham gaz¸ svet va yonilg‘i topolmay qolgan.

Bosh vazir Abdulla Aripovning 28 noyabr kechqurun “aholidan kelib tushayotgan muammolar”¸ birinchi navbatda esa¸ gaz-svet taqchilligi masalasida “o‘ta shoshilinch” videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida Ozodlik yig‘ilish arafasida xabar qilgan edi.

Yig‘ilishda qatnashgan mulozimlarning 29 noyabr kuni Ozodlikka xabar qilishicha¸ Abdulla Aripov gaz-svet yo‘qligi aholining ochiq noroziligiga sabab bo‘lgan Sirdaryo va Qoraqalpog‘iston gaz ta’minoti rahbarlarini ishdan olgan.

“Yig‘ilishda mamlakatda hali qish kelmay turib boshlangan energetik bo‘hron sabablari va uni qanday hal qilish haqida gap bo‘lmadi. Faqat¸ xo‘jako‘rsinga bir-ikki amaldor jazolandi¸ xalqning o‘zi aybdorga chiqarildi¸ xolos”¸ dedi 28 noyabr kungi videoselektor qatnashchilaridan biri.

Ozodlikka shaxsi sir qolishini so‘rab gapirgan mulozimga ko‘ra¸ majlis so‘nggida aholi orasida “energoresurslar tejamkorligi bo‘yicha tushuntirish ishlari”ni kuchaytirishni buyurilgan.

Ayni paytda¸ prezident maxfiy qarori bilan faoliyati rasman DXX nazoratiga topshirilgan o‘zbekistonlik mullalar xalqni gaz tanqisligi paytida "sabrli bo‘lish"¸ "jazavaga tushmaslik"¸ "millat va yurt sha’ni"ga dog‘ tushirmaslikka da’vat qilishga kirishdi.

“Bla-bla-bla – aravani quruq opqochishdi”

Bu ta’rifni 28 noyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan “o‘ta shoshilinch” tungi majlisga qatnashganlardan biri berdi.

Suhbatdosh¸ o‘zi mansub hukumat faoliyatini tanqid qilish oqibatidan cho‘chigani bois¸ shaxsi sir qolishini so‘radi:

Respublikadagi deyarli barcha davlat tizimlari rahbari qatnashgan bu yig‘ilishda xalqning hayot-mamotini belgilovchi energetik krizisdan qanday chiqish haqida biror jo‘yali gap bo‘lmadi¸ biror konkret yechim o‘rtaga qo‘yilmadi. Energetika vaziri Alisher Sultonov¸ muammoni “xalqning ko‘p energiya isrof qilayotgani” bilan izohladi. Vazir xalqqa elektr energiyasi va gazni tejashni o‘rgatishni tavsiya qildi. Majlis protokoliga ham shu tavsiyalar kiritildi”.

Ozodlik bilan suhbatda mulozim¸ “elektr va gazni eng ko‘p isrof qilayotgan – hukumat idoralarining o‘zidir”¸ degan fikrni alohida ta’kidladi.

Agar kimnidir tejamkorlikka o‘rgatish kerak bo‘lsa¸ aynan davlat idoralari¸ vazirliklardan boshlash kerak. Toshkentni qorong‘u tushgandan keyin bir aylanib chiqing¸ davlat idoralarining hammasida chiroq tonggacha yonayotganiga guvoh bo‘lasiz. Nega – chunki hamma o‘zini xo‘jako‘rsinga ishlayotgan qilib ko‘rsatish uchun¸ boshliqlar ketmaguncha ishxonasida o‘tiradi. Bir hisoblab chiqishsin¸ foydalilik koeffitsenti qariyb nolga teng bunday tungi ishlarga qancha energiya sarf bo‘layotganini. Bular uyalmay-netmay yana xalqning o‘zini aybdor qildi. Buning o‘rniga hamma joyda kechki 6 dan keyin ishlashni to‘xtatishsin¸ hukumat binolarida chiroq 6 dan keyin o‘chirilsa¸ ana o‘shanda tejamkorlik boshlanadi”¸ dedi 28 noyabr kungi tungi majlis qatnashchilaridan biri.

Hukumatning gaz¸ elektr va suv ta’minotidagi keskin uzilishlarga bag‘ishlangan «o‘ta shoshilinch» yig‘ilishida¸ hukumat mulozimining aytishicha¸ Sirdaryo va Qoraqalpog‘istondagi gaz ta’minoti uchun mas’ullar ishdan olingan.

Ozodlik keyingi kunlar davomida aynan Sirdaryoda aholining metan gaz shoxobchalarida kilometrlarga cho‘zilgan navbatlar¸ Qoraqalpog‘istonda esa¸ gaz yo‘qligidan norozilikka chiqqani va yo‘llarni to‘sib qo‘ygani aks etgan videolarni jamoatchilikka taqdim etgan edi.

Ҳайдовчилар метан гази тақчиллигидан норози бўлиб автойўлни тўсиб қўйди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:29 0:00

Viloyatlardagi 2-3 nafar amaldor almashgani bilan muammo hal bo‘lib qolmaydi. Lekin xalqqa kimnidir aybdor qilib¸ suvdan o‘zlari quruq chiqish uchun¸ shunaqa qurbonlik qilishdi. Butun energetik sektorni izdan chiqarganlar yana o‘z joyida qoldi. Viloyatlardagi gaz idoralari mutasaddilarini obdon qo‘rqitishib¸ tarqalishdi”¸ dedi 29 noyabr kuni Ozodlik gaplashgan Toshkent hukumatidagi mulozim.

Mullalar hukumat propagandasini boshlab yubordimi?

28 noyabr kungi hukumatning shoshilinch yig‘ilishi nihoyasida xalq orasida turli tushuntirish ishlarini kuchaytirish topshirilgan.

29 noyabr kuni Ozodlikka «mullalar propaganda boshlashiptimi?” degan savol bilan videomurojaat yuborildi.

Unda Sirdaryo viloyat, Sirdaryo tumanidagi “Axmad ibn-Malik” jome masjidi imom-xatibi Ulug‘bek Qobilov 27 noyabr kuni Sirdaryo tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasidagi norozilikni “millatimiz¸ yurtimiz sha’niga yarashmaydigan” harakat sifatida qoralaydi.


Keyingi yillarda mamlakatda gaz quyish shoxobchalari ko‘payib¸ odamlar “navbatlarni esdan chiqarib qo‘yganini pisanda qilgan mulla¸ telefoni oldiga qo‘yilgan matnga qarab¸ xalqni shukurli bo‘lish va yurt sha’nini o‘ylashga chaqiradi.

Bu yilgi sovuq to‘satdan keganligi uchun mana shunaqangi gaz tanqisligi bo‘p qolib¸ gaz zapravkalarimizda tanqislik bo‘p qoldi. Shunda bizzi xalqimiz og‘ir bo‘lishligi kerak. (qog‘ozdan o‘qiydi) Nasihatimiz¸ dinimizzi nasihati shundan iboartki¸ bunday paytlarda inson g‘azablanganda so‘kinishi¸ jazavaga tushishi kerak emas. Bizzi o‘zbekligimizga ¸ millatimizga¸ yurtimizga¸ yurtimizzi sha’niga bu to‘g‘ri kemiydi albatta. Sabrli bo‘laylik¸ Olloh taolo inshoolloh yana avvalgidanam bir yaxshi holatlarga keltiradi¸ inshoolloh”.

Ozodlik sentabr oyida e’lon qilgan prezident Mirziyoyevning 4437m -sonli maxfiy qarorida imom-xatiblarga ijtimoiy tarmoqlar orqali “tinch-osoyishta kunlarga shukronalik va ertangi kunga ishonch g‘oyalarini targ‘ib qilish” buyurilgan edi.

29 noyabr kuni O‘zbekiston masjidlarida o‘qilgan juma ma’ruzasi¸ Musulmonlar idorasi tomonidan belgilangan yagona mavzu –halol rizq mavzuida bo‘lganiga qaramay¸ juma namozining tinch va musaffo osmon uchun shukur qilishlikka chaqiriq bilan tugagani aytildi.

XS
SM
MD
LG