Линклар

Шошилинч хабар
07 декабр 2019, Тошкент вақти: 14:40

Taqchillik ortidan “gazdan noqonuniy foydalanayotganlar”ni ovlash kampaniyasi boshlandi (VIDEO)


Yillardan beri yechimini topmay kelayotgan gaz taqchilligi o‘zbekistonliklarni qishda isinishning turli-tuman¸ ko‘p hollarda esa¸ xavfli usullarini ishga solishga majburlamoqda.

Ozodlikka 3 dekabr kuni yuborilgan qisqa videotasvirda qorong‘uda to‘plangan o‘nlab odamning fuqarolik kiyimidagi shaxs bilan tortishuvi aks etgan.

Bu videoni yuborgan shaxs izohicha¸ tortishuv bir guruh hokimiyat vakili 3 dekabr kuni kechqurun soat 9 da Farg‘ona viloyat, Oltiariq tumanidagi Oqbo‘yra qishlog‘idagi uylarni tekshirish uchun kelgan payt sodir bo‘lgan.

Anglashilishicha¸ gaz idorasi va MIB xodimlari uyma-uy kirib¸ odamlarning gaz quvuriga ulangan noqonuniy nasoslarini aniqlab¸ ularni jarimaga tortish uchun kelgan mahalda sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Energetika vazirligi rasmiysi Ozodlik bilan suhbatda ayni kunlarda butun respublika bo‘ylab har bir mahallada shunday amaliyot borayotganini bildirdi.

Oqbo‘yra qishlog‘iga uyushtirilgan tungi tekshiruv

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Oqbo‘yra qishlog‘idagi Marg‘iloniy ko‘chasiga 3 dekabr kuni kechqurungi soat 9 dan keyin tumangaz va MIB xodimlari reyd uyushtirdi. Ular hech qanday qonuniy asos va hujjat ko‘rsatmasdan¸ aholi uylariga kirishga urindi. Kechqurun uyida tinchi buzilgan odamlar to‘polon qilib¸ haydab yubordi. Hech kim¸ hatto mahalla raisi ham ularni uyiga kiritmadi. Kimning haqqi bor kechasi kelib tinch aholi dam olayotgan paytda ular tinchini¸ asabini buzishga?” deb yozdi shaxsi ochiqlanishini istamagan oqbo‘yraliklardan biri.

МИБ билан тортишув
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:26 0:00

Hokimiyat vakillari va aholi orasida chiqqan tortishuv¸ videodan anglanishicha¸ g‘ala-g‘ovur ortidan¸ gaz va MIB xodimlarining qaytib ketishi bilan tugagan.

O‘z uyimizda¸ xuddi pistirmadagidek yashayapmiz. Bular kunning qaysi paytida hujumga o‘tar ekan¸ deb”¸ deydi ushbu tortishuvdan keyingi kayfiyatni tasvirlagan oqbo‘yralik.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ O‘zbekistonning aksar qishloqlaridan farqli¸ oqbo‘yraliklar tabiiy gaz ta’minotidan butunlay uzilmagan.

Ammo havo sovib ketgan kunlari gaz bosimi nihoyatda pasayib ketgani ortidan¸ odamlar qo‘lbola moslama¸ o‘z iborasi bilan¸ “pilesos” ishlatib¸ bosimni kuchaytirishga uringan.

Uylar sovib ketganidan keyin odamlar ko‘chadagi quvurga pilesos ulashga majbur bo‘ldi. Ishlatadigan gazimiz baribir hisoblagichdan o‘tadi¸ ya’ni pulini to‘laymiz. Shunga bu o‘g‘rilik emas. Xavfi bor¸ albatta. Lekin is gazidan o‘lib qolish xavfidan kamroq. Nasosni yaxshi ulasak¸ gaz chiqmaydi. Chiqsayam¸ ko‘chada bo‘lgani uchun portlash ehtimoli yo‘q hisobi”¸ dedi tungi reydga izoh bergan oltiariqliklardan yana biri.

Energetika vazirligi boshqa fikrda

O‘zbekiston Energetika vazirligi rasmiysi Ozodlik bilan suhbatda¸ bu amaliyotning “gaz ta’minotidan noqonuniy foydalanish holati” hisoblanishini aytib¸ uni joriy vaziyatni yanada murakkablashtirayotgan omillardan biri deb izohladi.

Noqonuniy o‘zlashtirish degan narsalar nihoyatda ko‘payib ketdi. Bunday holatlarga qarab turilmaydi. Tegishli idoralar bilan hamkorlikda ishchi guruh tashkil qilindi va ular kechayu kunduz ishlayapti¸ hamma ishlayapti buning ustida. Mahallama-mahalla¸ tumanma-tuman¸ viloyatma-viloyat ishchi guruh tinmasdan ishlab yuripti hozir. Aholi mumkin bo‘lmagan narsani ulab olib¸ ishlatib yotipti. Har kun ularning tepasida qorovulchilik qilolmaymizku!”degan vazirlik rasmiysi¸ gazdan noqonuniy foydalanishning katta qismi ishlab chiqaruvchilar hissasiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.

O‘zingiz bir tasavvur qilib ko‘ring¸ respublika bo‘yicha nechta tadbirkor¸ qanaqa ishlab chiqarish korxonalari va issiqxonalar borligini! Energetika vazirligida bularning hisobi bor va shunga qarab gaz limiti belgilanadi. Lekin bu hisob-kitobga kirmasdan ishlayotgan yoki limitidan oshig‘ini ishlatayotgan ishlab chiqaruvchilar hisobiga hozirgi kundagi taqchillik kelib chiqdi”¸ dedi Ozodlik bilan shaxsini ochiqlamay gaplashgan Energetika vazirligi rasmiysi.

Bu suhbat bilan ketma-ket “O‘zneftgazinspeksiya”axborot xizmati e’lon qilgan baënotda ham ishlab chiqaruvchi va issiqxona egalari respublikada yuzaga chiqqan gaz taqchilligi uchun asosiy aybdor sifatida ko‘rsatildi.

O‘zneftgazinspeksiya, majburiy ijro byurosi hamda “Xududgazta’minot” AJ xodimlari va “Uzstandart” agentligi mutaxassislari bilan birgalikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Tadbir natijasiga ko‘ra, 773 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Ushbu natijaga ko‘ra, 8 mln 334 ming metr kub miqdoridagi noqonuniy tabiy gazdan foydalanilganligi ya’ni jami 6 mlrd 337 mln so‘m miqdorida gaz ta’minoti korxonasiga zarar yetkazilganligi aniqlandi”¸ deyiladi rasmiy bayonotda.

Unda aytilishicha¸ rasmiylashtirilgan bu holatlarga oid hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

28 noyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov rasiligida o‘tkazilgan "o‘ta shoshilinch" videoselektor yig‘ilishda ham mamlakatda hukm surayotgan energetik bo‘hron uchun "noqonuniy o‘zlashtirish" va debitorlik qarzlarining to‘lanmay qolayotgani aybdor sifatida ko‘rsatildi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG