Линклар

Шошилинч хабар
28 январ 2020, Тошкент вақти: 02:43

“Ittifoq shartnomasi”ga 20 yil to‘ldi. Minskda yuzlab odam norozilik namoyishiga chiqdi


Belarusning Rossiya bilan integratsiyalashuviga qarshilar namoyishi. Minsk, 2019, 7 dekabr.

7 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Alyaksandr Lukashenka Sochida uchrashib, 20 yil oldin ikki davlat o‘rtasida imzolangan “Ittifoq shartnomasi”ni muhokama qilishni rejalashtirar ekan, poytaxt Minskda bu ikki mamlakat integratsiyasiga qarshi yuzlab odam norozilik namoyishiga chiqdi.

Qo‘lida ilk mustaqil Belarus davlati hamda Yevropa Ittifoqi bayroqlarini tutgan namoyishchilar asosiy ko‘chalarning birida qo‘l tutib turdi. Rasmiylar ruxsat bermagan namoyish ishtirokchilarini hozircha politsiya qo‘lga olgani yo‘q.

Alyaksandr Lukashenka va Vladimir Putin
Alyaksandr Lukashenka va Vladimir Putin

1999 yilda Moskva va Minsk Rossiya bilan Belarusni integratsiya qilish to‘g‘risida kelishuv imzolagan edi. Ammo Rossiya qistovlari va bosimlariga qaramasdan, integratsiya jarayoni amalga oshmay keladi.

Minsk arzon neft sotib olish uchun Rossiyaga qaram bo‘lib, davlatga tegishli va sho‘rolar davridan qolib, eskirib ketgan iqtisodiyoti uchun har yili 5 milliard dollarga yaqin subsidiya oladi.

Moskva harbiy va iqtisodiy integratsiyani tezlatish uchun Minskka bosim o‘tkazib keladi. Sentabr oyida rus matbuotiga sizdirilgan hujjatlardan 2022 yilgacha Rossiya va Belarus iqtisodiy konfederatsiya tuzishni rejalashtirayotgani oshkor bo‘ldi.

Ukrainadagi hodisalar ortidan xavotirga tushgan Lukashenka Moskva talablarini bajarishga shoshmay, g‘arb davlatlari bilan aloqalarni yaxshilashga urinmoqda.

XS
SM
MD
LG