Линклар

Шошилинч хабар
03 апрел 2020, Тошкент вақти: 06:27

Stokholmdagi hujumda gumon qilingan ikki tojikistonlik Suriya qamog‘ida ekani xabar qilindi


Parviz Saidrahmonov Turkiyaning TRT TV xabarida ko‘rinish berdi.

Stokholmda 2017 yili odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan hujum uyushtirganlikda gumon qilingan ikki tojikistonlik Suriyadagi qamoqda o‘tirgani xabar qilindi. Ilgari ulardan bir nafari o‘lgani aytilgan edi.

Ikkalasiga ham: 32 yashar Abu Dovud ismli Parviz Saidrahmonov va Abu Usama Norakiy deb nom olgan Tojiddin Nazarovga Rossiya va Tojikistonda terrorchilik ayblovlari bilan qidiruv e’lon qilingan.

Shvetsiya prokurorlari aytishicha, Saidrahmonov bilan Nazarov o‘zbekistonlik Rahmat Oqilovning tanishlari bo‘lgan. Oqilov Stokholmda yuk mashinasida uyushtirgan hujumi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgach, 2018 aprelida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Oqilov sud jarayonida minib qochilgan yuk mashinasini Stokholm markazidagi piyodalar ko‘chasida odamlar ustiga haydaganini, 3 nafar shved, jumladan, 1 nafar 11 yashar qizaloq hamda britaniyalik erkak va belgiyalik ayolni bostirib o‘ldirganini tan olgan edi. Yana 10 kishi yaralangan edi.

2017 yilda Saidrahmonovning o‘lgani xabar qilingan edi. Ammo Turkiyaning TRT Haber TV kanali Suriyada qo‘lga olingan va ushbu mamlakat hukumatiga qarashli qamoqda saqlanayotgan Islom davlati (ID) jangarilari orasida Saidrahmonovni ham ko‘rsatdi.

Xabarga ko‘ra, Saidrahmonov ayni paytda Afrin shahridagi qamoqda o‘tiribdi.

Tojikiston hukumati vakili “Ozodlik” radiosiga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan Dushanbedagi hokimiyat idoralari “Turkiya televideniesi xabaridan voqif ekani”ni va videotasvirga tushib qolgan kishi Saidrahmonov ekanini singlisi taniganini aytdi.

Hukumat vakili yana Tojikiston hukumati Saidrahmonovni Tojikistonga ekstraditsiya qilish ustida ish olib borayotganini ham bildirdi.

Bundan tashqari, “Ozodlik” radiosining Turkiyadagi Suriyada qo‘lga olingan tojik millatiga mansub ID a’zolari bilan aloqaga chiqib turgan manbasi 18 dekabrda Nazarov ham ushlanganini va Dayr az-Zo‘r shahridagi qamoqda ekanini xabar qildi. Ushbu shaharni ayni paytda Suriya rejimi qo‘shinlari nazorat qilib turibdi.

Tojikiston hokimiyat idoralari Nazarovni IDning mamlakatdagi eng xavfli yollovchisi deb hisoblaydi.

XS
SM
MD
LG