Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:08

Fermer: “Qorayozbobo” chorvachilikka ajratilgan yerni tenderda yutib olgan


Farg‘ona viloyat, O‘zbekiston tumanidagi “Qorayozbobo” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi Abduvaqqos Yoqubov OzodMikrofonga murojaat qilib, ularning xo‘jaligi haqidagi Ozodlik xabariga munosabat bildirdi.

Фермер: “Қораёзбобо” чорвачиликка ажратилган ерни тендерда ютиб олган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:03 0:00
Бевосита линк


Abduvaqqos Yoqubovning aytishicha, Ozodlikda o‘tgan yilning 26 dekabrida chop etilgan “Hokim bog‘ qilish uchun yer berdi, fermer 10000 ko‘chat ekkandan keyin tortib oldi” maqolasida hokim zaxiraga olgan “Ko‘nazar saxovat bog‘i” yeri go‘yoki ularga noqonuniy berilgani haqidagi iddaolarda asos yo‘q:

“Bizning birinchi raddiyamizni asosiy maqolaning eng oxirida berganlaring uchun, ko‘pchilikda bu maqola takroran e’lon qilindi, degan tushuncha paydo bo‘ldi va ko‘pchilik bizning raddiyamizni o‘qimadi. Biz go‘yoki birovning yerini tortib olgandek odamlarda taassurot qoldiryapmiz, shuning uchun yana sizlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldik”.

Ish boshqaruvchiga ko‘ra, ularning fermer xo‘jaligi viloyatdagi eng samarali va ko‘p odamni ish bilan ta’minlagan katta, salohiyatli korxona hisoblanadi:

“Biz 800 bosh molimiz bor fermer xo‘jaligimiz. Amaldagi qonunchilik bo‘yicha bizga 291 gektar yer berilishi shart. Aslida esa chorva uchun 162 gektar yer bergan. Biz Germaniyadan 100dan ortiq naslli qoramol olib kelganmiz, har biri 2500 dollardan. 110dan ortiq odam ish bilan ta’minlangan. Oxirgi besh yilda chorvachilikka yer ajratib beringlar deb, hokimiyatga murojaat qilib kelganmiz. Yem-xashakda juda qiynalyapmiz. Shuning uchun, biz “Azizov MTP” hududida tenderga qo‘yilgan 929, 932, 933, 937-konturlar tanlovida to‘rtta fermerdan biri sifatida qatnashdik va bazamiz kuchli bo‘lgani uchun yutib chiqdik. Bu yerda “Mahsuli chashma”ni yoki boshqa fermer xo‘jaligi yeri deyilmagan”.

Abduvaqqos Yoqubovning aytishicha, hokimlik komissiyasi “Mahsuli chashma” fermer xo‘jaligiga berilgan yer maqsadsiz foydalangani uchun uni zaxiraga olish haqida qaror chiqargan:

“Bularga yer 2008 yilda berilgan, lekin bir bosh qoramoli ham bo‘lmagan, sut-go‘sht sotmagan, ya’ni boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Bu yer 73 banitetli unumdor yer hisoblanadi. Bu birinchi asos. Ikkinchidan esa, qarorni chiqarayotganda suv ta’minoti yomonligi asos qilib chiqarilgan. Vaholanki bu yerlar ikkita suv tizimidan suv ichadi va birinchi quloq hisoblanadi. Bu qaror noto‘g‘ri chiqarilgani uchun viloyat prokuraturasi tuman prokuraturasiga 2019 yil 31 mart kuni taqdimnoma kiritgan. Tuman prokuraturasi 26 oktabr kuni protest kirgizgan. O‘shanga asosan tuman hokimining qarori bekor qilingan. “Mahsuli chashma” tuman ma’muriy sudiga tuman hokimining qarori ustidan murojaat qilgan, sud ikki oy davomida ko‘rib chiqib rad qilgan. Farg‘ona viloyat appelyatsiya sudi ham tuman hokimi qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan. Bori shu, biz haqimizda odamlarda noto‘g‘ri taassurot paydo bo‘lmasligi uchun OzodMikrofonga chiqqan edim”.

Ozodlik 26 dekabr kuni e’lon qilgan “Hokim bog‘ qilish uchun yer berdi, fermer 10000 ko‘chat ekkandan keyin tortib oldi” maqolasida “Ko‘nazar saxovatli bog‘lari”(avvalgi nomi “Mahsuli chashma”) ish boshqaruvchisi Olimjon Usmonov tuman hokimi yerni noqonuniy olib qo‘yilganidan va “Qorayozbobo” fermer xo‘jaligiga noqonuniy berib yuborganidan shikoyat qilgan edi.

- Hokimning bunday qarori chiqishi uchun yoki fermer xo‘jaligi rahbarining arizasi bo‘lishi kerak yoki sudning qarori bo‘lishi kerak. Hokim nimanidir asos qilib ko‘rsatishi kerak, bu narsa yo‘q. Hokim o‘z qarorida biz fermer xo‘jaligini borib tekshirdik, deyapti. Aslida tekshirish bo‘lgani yo‘q. Bizning bu da’volarimizni sud inobatga olmadi. Viloyat ma’muriy sudi apellyatsiya instantsiyasi ham hokim qarorini o‘z kuchida qoldirdi. Hokim o‘z qarorini o‘zi bekor qilar ekan, nima uchun bog‘dorchilik uchun qaror chiqardi, nima uchun bizni shuncha sarf-xarajatga kuydirmoqda?

Olimjon Usmonov viloyat Ma’muriy sudi apellyatsiya instantsiyasi ham hokim qarorini o‘z kuchida qoldirgandan so‘ng, ular Oliy Sudga murojaat qilishlarini aytgan edi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG