Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:13

GeorgiaToday: Rossiya O‘zbekistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shish uchun bosimni kuchaytirmoqda!


Ayrim sharhlovchilar¸ O‘zbekistonning Rossiya yetovidagi siyosiy guruhlarga qo‘shilishiga oid muzokaralar Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgan 2016 yildayoq boshlanganini aytadi.
Ayrim sharhlovchilar¸ O‘zbekistonning Rossiya yetovidagi siyosiy guruhlarga qo‘shilishiga oid muzokaralar Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgan 2016 yildayoq boshlanganini aytadi.

GeorgiaToday siyosiy nashrida 20 yanvar kuni e’lon qilingan bosh maqola “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) ning 2020 yilgi dinamikasi” deb nomlanadi.

Nashr tahririyati nomidan chop etilgan maqolada Rossiya Yevropa ittifoqiga muqobil tarzda kengaytirishga urinayotgan bu ittifoqqa O‘zbekistonni rasman qo‘shish Kremlning 2020 yilgi bosh maqsadi ekani ta’kidlandi.

“O‘tgan yil davomida Toshkentning YOIIga qo‘shilishiga oid ehtimoliy qarori bo‘yicha faol muzokaralar olib borildi. Rossiya va xorij matbuotida bunday qarorning 2020 yilda qabul qilinishiga oid juda ko‘p ishoratlar paydo bo‘ldi”¸ deyiladi gruzin nashri maqolasida.

MDH hududida Rossiyadan masofalanish siyosatini olib borayotgan Gruziyadagi bu nashr¸ YOII hududlarini sobiq SSSR hududiga imkon qadar yaqinlashtirishga urinayotgan Kreml uchun O‘zbekistonning unga qo‘shilishi muhimligini ta’kidlaydi.

Strategik joylashuvi va tabiiy zahiralarga boyligi O‘zbekistonni yillar davomida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va YOII kabi tashkilotlarga qo‘shilish borasidagi Rossiya bosimiga muvaffaqiyatli qarshilik qilishiga imkon berib keldi va skeptiklar hali ham O‘zbekistonning Rossiya yetovidagi bu guruhga qo‘shilmasligiga ishonmoqda”¸ deyiladi maqolada.

2001 yilning 30 mayida bugungi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) paydo bo‘lishiga omil yaratgan Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi (YOIH) tashkiloti tuzilgan, O‘zbekiston bu tashkilotga 2001 yilda a’zo bo‘lgan va 2008 yilda uni tark etgan.

Faoliyatini 2015 yil 1 yanvarida boshlagan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga hozirgi paytda Belarus, Rossiya va Qozog‘istondan tashqari Qirg‘iziston va Armaniston a’zo.

Bu ittifoq¸ SSSR parchalanishini “20-asrning eng katta falokati” deb aytgan Vladimir Putinning sobiq SSSRni boshqa shaklda restavratsiya qilish loyihasi sifatida ko‘riladi.

Rossiya tomonidan o‘z hududiy yaxlitligi parchalangan Gruziya va Ukraina¸ postsovet hududida Rossiya ta’sirining kuchayishiga qarshilik ko‘rsatayotgan asosiy davlatlar bo‘lib qolmoqda.

Sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan Boltiqbo‘yi davlatlari esa¸ Yevropa Ittifoqining to‘laqonli a’zosiga aylanish orqali Rossiya siyosiy va iqtisodiy orbitasini butunlay tark etgan.

XS
SM
MD
LG