Линклар

Шошилинч хабар
27 феврал 2020, Тошкент вақти: 01:02

Tomskda yonib ketgan o‘zbeklar shaxsi e’lon qilindi, ish beruvchi qidiruvda (VIDEO)


Томскда тунда чиққан ёнғинда 10 ўзбекистонлик муҳожир ёниб кетди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:57 0:00

Tomskda tunda chiqqan yong‘inda 10 o‘zbekistonlik muhojir yonib ketdi

Rossiyaning Tomsk viloyati Asinovsk tumani Prichulimsk qishlog‘idagi yotoqxonada 21 yanvarga o‘tar kechasi yong‘in chiqdi va unda 10 o‘zbekistonlik mehnat muhojiri nobud bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, vafot etganlar bir viloyatdan borgan mehnat muhojirlaridir, bular orasida aka-ukalar ham bor.

Rossiya Tergov qo‘mitasi, bu muhojirlarga ish bergan xitoylik shaxs qidiruvga berilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, nobud bo‘lganlarning hammasi bir qavatli yog‘och uyda yashagan, "Grinvud" yog‘och tayyorlash kompaniyasi ishchilari bo‘lgan.

"Ulardan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan va ikki nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berilgan"¸ deyiladi vazirlik bayonotida.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘lganlardan 9 nafarining ismini e’lon qildi:

Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Mo‘minov Xurshid Mexriddin o‘g‘li, 1997 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Xasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Norov Mexriddin Gaybullayevich, 1966 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Xasanov Umid Karimovich, 1979 y.t. (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan).

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, yana bir fuqaroning shaxsi aniqlanmoqda.

O‘zbekistonlik muhojirlar jasadi hozirda Tomsk oblasti Asino shahridagi tuman shifoxonasi o‘likxonasida saqlanmoqda.

Quyida Moskvadagi muxbirimiz Umidbekdan olingan ma’lumotlarni tinglashingiz mumkin:

Томскдаги ётоқхонада тунда чиққан ёнғинда 10 ўзбекистонлик меҳнат муҳожири нобуд бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:23 0:00
Бевосита линк

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, voqea joyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi "Grinvud" kompaniyasiga qarashli hujjatlar musodara qilib, uning rahbari qidiruvga berilganini bildirdi. Ushbu shirkatning xitoylik ishbilarmonga tegishli ekani aytildi.

Tergov qo‘mitasiga ko‘ra o‘lganlar shaxsini tasdiqlash uchun qarindoshlaridan DNK namunalari olinadi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining bildirishicha, Tashqi ishlar vazirligi hududiy konsullik xizmatlari bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularni vataniga olib kelish bo‘yicha tashkiliy ishlarni olib bormoqda.

Rossiyaga ish izlab borgan o‘zbekistonlik va markaziy osiyodagi boshqa davlat vatandoshlari sharoiti og‘ir, texnika va yong‘in xavsizligiga to‘liq rioya qilinmagan joylarda yashashi, ishlashi va shunday fojialar qurboni bo‘lishi ko‘p kuzatiladi.

2016 yilning 31 fevralida Moskvadagi tikuvchilik sexlaridan birida chiqqan yong‘in 12 kishi o‘lgan, jumladan, 3 nafar balog‘atga yetmagan bola halok bo‘lgandi. O‘lganlarning hammasi Markaziy Osiyodan, 2 nafari O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kelgan muhojirlar edi.

2014 yilning 19 mayida esa Yekaterinburgda muhojirlar yashayotgan yog‘och uyga tunda o‘t ketgan va o‘shanda kuyib kul bo‘lgan uydan 6 jasad topilgan, o‘lganlarning hammasi O‘zbekistondan edi.

XS
SM
MD
LG