Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 14:57

OzodMikrofon: "Namunaviy uylarda gaz yo‘q, svet yo‘q. Domda to‘n kiyib yashayapmiz"


Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidan Ozodlikka murojaat qilgan Nargiza Bozorovaning aytishicha, 2019 yilda qurib bitkazilib, egalariga topshirilgan namunaviy uylarda isitish tizimi va gaz mavjud emas.

Buning oqibatida xonadon egalari kuz va qish mavsumlarida sovuqda yashashga majbur bo‘lmoqda.

"Газ йўқ, свет йўқ, иссиқлик йўқ... Домда тўн кийиб яшаяпмиз"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00


“Namangan viloyati Kosonsoy tumani Guliston mahalla fuqarolar yig‘inidan 2019 yilda qurib bitkazilgan yangi namunaviy uyga ko‘chib chiqqanmiz. Uy uch qavatli bo‘lib, unda 18 xonadon yashaydi. Yangi uyda gaz yo‘q, isitish tizimi yo‘q, svet muntazam o‘chib qoladi. Pechka qurishga esa imkoniyat ham yo‘q, ruxsat ham berilmaydi. Mana shu avholda sovuqda kun kechirayapmiz”, deydi Nargiza Bozorova.

Suhbatdoshning aytishicha, elektr tizimidagi uzilishlar bois xonadonlarini elektr isitgich bilan isitishning ham iloji yo‘q:

“Bir kunda elektr kamida 7-8 soat yo‘q bo‘ladi. Hozir mana issiq kiyimlarni kiyib jon saqlashga majburmiz. Keksa onam sovuq o‘tib ketmasin, og‘rib qolmay”, deb qarindoshlarnikida yashab turibdi”.

Unga ko‘ra, ko‘p qavatli uyda yashovchilar viloyat gaz idorasi hamda tuman hokimligiga gaz o‘tkazib berish, agar buning iloji bo‘lmasa, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlab berishni iltimos qilib bir necha marotaba murojaat qilgan. Ammo bu urinishlar natijasiz yakunlangan.

“Viloyat gaz idorasi va hokimlik gazning o‘zi yo‘q, deyapti. Koson tumanida bir necha yillar avval gaz bor edi. Ammo hozir bizning mahalla va uning atrofida gaz yo‘q. Uyda kamzul kiyib yubribmiz, o‘g‘lim ham issiq kiyimda. Mendan yuqori qavatda bir nogiron yashaydi, uchta bolasi bor yana birining. Bir qo‘shnimizning yangi tug‘ilgan, hali chillasi chiqmagan egizak chaqalog‘i bor. Juda qiynalib ketdik, hech bo‘lmaganda elektr bilan uzluksiz ta’minlashsa bo‘lmaydimi?” deydi Nargiza Bozorova.

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG