Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2020, Тошкент вақти: 03:29

Tomskda yonib ketgan 10 o‘zbekistonlik jasadi vataniga yetkazildi, ish beruvchi qo‘lga olindi (VIDEO)


Rossiyaning Tomsk viloyatidagi Asinovskiy tumanida yog‘och uyda yonib ketgan 10 o‘zbekistonlik mehnat muhojirining jasadi Toshkentga olib kelindi.

Novosibirsk shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligi bergan ma’lumotga ko‘ra, jasadlar 26 yanvar kuni ertalab HY-668 reysi bilan yo‘llangan.

Qolgan 2 marhumning jasadi DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuborilishi aytildi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 26 yanvar kuni marhumlar jasadining Toshkentga yetkazilishi aks etgan videoxabarni e’lon qildi.​

Tomsk viloyati Asinovsk tumani Prichulimsk qishlog‘idagi yog‘ochdan qurilgan yotoqxonada 21 yanvarga o‘tar kechasi yong‘in chiqqan va 10 o‘zbekistonlik mehnat muhojiri nobud bo‘lgandi.

Keyinchalik fojiada o‘lganlar 12 kishiga yetgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, nobud bo‘lganlarning hammasi bir qavatli yog‘och uyda yashagan, Greenwood yog‘och tayyorlash kompaniyasi ishchilari bo‘lgan.

"Ulardan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan va ikki nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berilgan", deyildi vazirlik bayonotida.

21 yanvar kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi, bu muhojirlarga ish bergan xitoylik shaxs - Greenwood shirkati rahbari qidiruvga berilganini ma’lum qilgandi.

26 yanvarga kelib, Bosh konsulxona bergan ma’lumotga ko‘ra, kompaniya direktori qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘lganlardan 10 nafarining ismini e’lon qilgan:

Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Mo‘minov Xurshid Mexriddin o‘g‘li, 1997 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Xasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Norov Mexriddin Gaybullayevich, 1966 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Xasanov Umid Karimovich, 1979 y.t. (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan);

Muhammadali Zokirov, 1988 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Rossiyaga ish izlab borgan o‘zbekistonlik va markaziy osiyodagi boshqa davlat vatandoshlari sharoiti og‘ir, texnika va yong‘in xavsizligiga to‘liq rioya qilinmagan joylarda yashashi, ishlashi va shunday fojialar qurboni bo‘lishi ko‘p kuzatiladi.

2016 yilning 31 fevralida Moskvadagi tikuvchilik tsexlaridan birida chiqqan yong‘inda 12 kishi o‘lgan, jumladan, 3 nafar balog‘atga yetmagan bola halok bo‘lgandi. O‘lganlarning hammasi Markaziy Osiyodan, 2 nafari O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kelgan muhojirlar edi.

2014 yilning 19 mayida esa Yekaterinburgda muhojirlar yashayotgan yog‘och uyga tunda o‘t ketgan va o‘shanda kuyib kul bo‘lgan uydan 6 jasad topilgan, o‘lganlarning hammasi O‘zbekistondan edi.

Quyida shu mavzuda hozirlangan Ozodlive eshittirishini tomosha qilishingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG