Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:25

Qirg‘iz deputati: YOII 4-5 mafiyalashgan organning daromad manbaiga aylandi


Qirg‘iziston parlamenti deputati Azamat Arapbayev
Qirg‘iziston parlamenti deputati Azamat Arapbayev

Qirg‘iziston parlamenti - Jo‘g‘o‘rqu Kenesh deputati Azamat Arapbayev parlamentda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) Qirg‘iziston uchun kutilganiday natijalarni bermayotgani haqida gapirdi.

Unga ko‘ra, qirg‘iz tadbirkorlari yuk tashishda YOIIning yana bir a’zosi - Qozog‘istonning soliq inspeksiyasi bilan chegara xizmati tomonidan to‘siqlarga uchramoqda. Xalq vakilining aytishicha, qo‘shni mamlakatning nazorat organlari yuklarni o‘tkazish uchun 5 ming dollargacha pul talab qilmoqda.

- Barcha kuchimizni Qozog‘istonning soliq inspeksiyasi bilan chegara xizmatini boyitishga sarflayapmiz. Qirg‘iz tadbirkorlari o‘z mahsulotlarini Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga yuborish uchun o‘sha yerda tovariga qarab 500dan 5 ming dollargacha berishayapti. Boshlanishida “YOIIda 180 millionlik kishilik bozorga yo‘l ochiladi” deyilgandi, hozir aksincha, YOII 4-5 mafiyalashgan organ foydasiga ishlayapti, - dedi Arapbayev.

30-31-yanvar kunlari Qirg‘iziston bilan Qozog‘istonning hukumat delegatsiyalari Olmaota shahrida uchrashib, ikki mamlakat chegarasidan yuk olib o‘tish masalasini muhokama qilishini bildirgan. Uchrashuvda qirg‘iz tomoni Qog‘og‘iston hukumati Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi qoidalariga amal qilmagan holda chegaradan yuk olib o‘tishga qo‘yayotgan to‘siqlari borasida izoh berishini so‘ramoqchi.

Yangi yildan ko‘p o‘tmay, Qozog‘iston Qirg‘izistondan kelayotgan yuklarga qo‘shimcha tekshiruvni joriy etgani ortidan ikki davlat chegarasida yuk mashinalarining tiqilinchi paydo bo‘lgan. Bunining ortidan qirg‘iz hukumati Qozog‘istonni YOII doirasidagi majburiyatlariga amal qilishga chaqirdi.

Ayni damda Qozog‘istonning Daromadlar bo‘yicha davlat qo‘mitasining rasmiy vakili O‘ljas O‘tar bosilgan plombalari buzilmagan va hujjatlari to‘g‘ri bo‘lgan yuk tashuvchilar chegaradan to‘siqsiz o‘tayotganini ma’lum qilgan.

  • 2001 yilning 30 mayida bugungi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) paydo bo‘lishiga omil yaratgan Yevrosiyo iqtisodiy hamkorligi (YOIH) tashkiloti tuzilgan, O‘zbekiston bu tashkilotga 2001 yilda a’zo bo‘lgan va 2008 yilda uni tark etgan.
  • Faoliyatini 2015 yil 1 yanvarida boshlagan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga hozirgi paytda Belarus, Rossiya va Qozog‘istondan tashqari Qirg‘iziston va Armaniston a’zo.
  • Aytish joizki 2008 yilda tashkilotni tark etgan O‘zbekistonning unga yana qo‘shilishi ehtimoli yuzasidan turli fikrlar mavjud.
  • Jumladan, Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga O‘zbekistonning joriy yil a’zo bo‘lishi haqidagi muhokamalarga munosabat bildirgandi.
  • Mirziyoyev o‘z chiqishida YOII ga qo‘shilish ehtiyojini Qozog‘iston va Rossiyada ishlayotgan millionlab mehnat muhojiri manfaatini himoyalash va O‘zbekiston iqtisodini riivojlantirish uchun zarur milliardlab dollar bilan izohlagan.
  • Ayni paytda Mirziyoyev 20 yanvar kungi chiqishida mustaqil kuzatuvchilarning Rossiya yetovidagi bu siyosiy guruhga qo‘shilish O‘zbekiston mustaqilligini boy berishga olib kelishi haqidagi xavotirlarini rad qilishga uringan.
  • “Mustaqillikni birovga berib qo‘yadi, degan xomxayol gaplar hoyu-havas gaplar. Kim berib qo‘yadi mustaqillikni?”¸ deb iqtibos keltirgan Mirziyoyevdan mahalliy nashrlar.
  • Prezidentga ko‘ra¸ O‘zbekiston YOIIga avvaliga kuzatuvchi maqomida qo‘shilib¸ “nima yaxshi, nima yomonligini kuzatgandan keyin" a’zolik borasida qaror beradi.
XS
SM
MD
LG