Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:09

Migratsiya agentligi rasmiysi: O‘zbekistonlik xorijda og‘ir ahvolga tushib qolsa, davlat hisobidan vataniga qaytariladi


Mehnat migrantlari - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan olingan surat.
Mehnat migrantlari - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan olingan surat.

O‘zbekistonliklarni millionlab so‘m evaziga xorij¸ xususan¸ Yevropa davlatlariga yaxshi haq to‘laydigan ishga jo‘natishni va’da qilib¸ va’dasini bajarmayotgan xususiy bandlik agentliklari soni oshib bormoqda.

Jumladan, 31 yanvar kuni ham bir guruh muhojirlar Ozodlik radiosiga hozirda Polshada ekanliklarini va O‘zbekistonga qaytib ketishga pullari yo‘qligini aytishdi.

Ozodlikka kelayotgan shikoyatlar ortidan¸ bunday agentliklarning bir qanchasi faoliyati to‘xtatildi¸ ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ozodlik Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi migratsiya masalalari bo‘yicha agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov bilan mana shu masalada, jumladan, xorijga ishga ketayotgan muhojir aldanib qolmasligi uchun nimalar qilishi kerak, xorijda qiyin ahvolga tushib qolsa, kimga murojaat qilish lozim, ularga qanday yordam ko‘rsatiladi, degan savollar atrofida suhbatlashdi. Suhbatni quyida tinglang.

Ташқи миграция агентлиги матбуот котиби Ортиқхўжа Норов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:36 0:00


O‘zbekistonliklarni millionlab so‘m evaziga xorij¸ xususan¸ Yevropa davlatlariga yaxshi haq to‘laydigan ishga jo‘natishni va’da qilib¸ bu va’dasini bajarmayotgan xususiy bandlik agentliklari soni oshib bormoqda.

Ozodlikka kelayotgan shikoyatlar ortidan¸ bunday agentliklarning bir qanchasi faoliyati to‘xtatildi¸ ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Navoiy shahridagi Navoiy xususiy bandlik agentligi 211 nafar odamni 633 million so‘mga aldadi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 25 noyabr kuni xabar berdi.

Avvalroq O‘zbekistonda ish qidirayotgan shaxslarga chet eldan ish topib berish maqsadida litsenziyaga ega bo‘lgan 65 ta xususiy bandlik agentliklaridan 30tasi birorta ham fuqaroni xorijiy davlatlarga ishga yubormagani ma’lum qilingan edi.

Bundan tashqari Toshkent shahrida joylashgan Korean&Migrations xususiy bandlik agentligining uch rahbari hibsga olingani aytilgan.

Ozodlikka murojaat qilganlarning da’vosiga ko‘ra, Korean&Migrations ularni Janubiy Koreyaga ishga yuborish va’dasi bilan har bir kishidan 32 million 400 ming so‘m miqdorida haq olgan, ammo va’da qilingan muddat yakuniga etsa ham, hech kim chet elga ishga yuborilmagan.

Oldinroq esa, 70 ga yaqin o‘zbekistonlik Toshkentdagi HUMAN xususiy bandlik agentligi Germaniya va Chexiyaga jo‘natish uchun to‘lovlarni olgani, ammo jo‘natmaganidan Ozodlikka shikoyat qilgandi.

XS
SM
MD
LG