Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:52

Maktablarda koronavirusga qarshi diktantlar yozdirilmoqda


3 fevraldan boshlab o‘rta umumta’lim maktablari va litseylarda o‘quvchilarga Xitoyda tarqalgan koronavirus mavzuida muntazam diktant va insholar yozdirila boshlanadi.

Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligiga 1 fevral kuni topshiriq berilgan.

Ozodlik 2 fevral kuni nusxasi kelib tushgan hujjatda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi rahbari M. Qudratxo‘jayevaning xatida Xitoyda tarqalayotgan koronavirus tashuvchilari 9700 dan ortgani, 213 dan ortiq kishining qurbon berilgani ta’kidlanadi.

Shuningdek, mazkur xatda o‘rta umumta’lim maktablarida sanitariya va gigiyena qoidalariga muttasil amal qilish, maktabga kelmayotgan o‘quvchilarga patronaj tashkil qilish, ORVI, rinit va tumovning boshqa turlariga chalingan o‘quvchi, o‘qituvchi va xodimlarni nazoratga olish ta’kidlanadi.

“Xalq ta’limi boshqarmalarining 01/332-sonli xatiga ilova qilingan holda maktablarga diktantlar namunasi va ma’lumotlar tarqatildi. 3 fevraldan boshlab, o‘quvchilarga muntazam ravishda bu boradagi bilimlarni oshirish yuzasidan topshiriqvlar beriladi va diktantlar yozdiriladi” dedi Toshkent shahridagi 94-maktabning ismi sir qolishini istagan muallimasi Ozodlikka.

Yangi koronavirus kasalligining tarqalishi munosabati bilan O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borilajagi to‘g‘risida Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ham xabar qildi

Vazirlik bayonotida bunday deyilgan:

Ma’lumki, o‘tgan yilning 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ga mamlakatning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edi. Kasallanishning birinchi holatini dengiz mahsulotlari sotiladigan bozor bilan bog‘lashmoqda. Joriy yilning 7 yanvar kuni xitoylik mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekanini aniqlashdi. Koronavirus boshqa xorij mamlakatlarida ham qayd etilgan.

Ta’kidlash joizki, yurtimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, davlat chegarasi kesishgan joylardagi sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilib, pnevmoniya va boshqa o‘tkir respirator kasalliklari alomatlari aniqlangan bemorlarni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi tizimida O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqdi:

- xonalar haroratini me’yorda bo‘lishi, xonalarni tez-tez shamollatib turish va namli dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borish;

- kasallikning klinik belgilari va tana harorati yuqori bo‘lgan ishchilar, talabalar va o‘quvchilar aniqlanganda ularni ishga va o‘qishga qo‘ymaslik, tibbiy muassasaga murojaat etishini tashkil etish;

- hojatxonalarda tozalash va dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borilishini nazoratga olish;

- hojatdan chiqqanda va ovqatlanishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvish va shaxsiy gigiena qoidalariga muntazam rioya etilishi;

- talaba va o‘quvchilarni tibbiy niqoblar bilan yetarlicha ta’minlash;

- xodimlar, talabalar va o‘quvchilar ishtirokida tibbiyot mutaxassislarini jalb qilgan holda koronavirus infeksiyasini profilaktikasi bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish;

O‘zingiz va oila a’zolaringizda yuqorida qayd etilgan kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan hududingizdagi tibbiyot muassasasiga murojaat eting. Har qanday davolash ishlari shifokor nazoratida amalga oshirilishi lozim.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG