Линклар

Шошилинч хабар
26 сентябр 2020, Тошкент вақти: 21:07

Qirg‘iziston va Qozog‘iston Xitoy bilan chegaralarini yopgani o‘zbek savdogarlarini tashvishga solib qo‘ydi


O‘zbekiston bozorlaridagi aksar iste’mol mollari Xitoy tovaridir.

O‘zbekiston bozorlarida Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali olib kelinadigan Xitoy tovarlari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar orasida sarosimaga yaqin holat kuzatilmoqda.

Ozodlik gaplashgan savdogarlar¸ Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegaralarining tovarlar uchun ham yopilgani haqidagi mish-mishlar ortidan¸ tovar taqchilligi boshlanishidan cho‘chimoqda.

Ayrim Ozodlik suhbatdoshlari¸ Xitoy shaharlarida karantin o‘rnatilgani bois o‘zbek savdogarlariga tovar yuboradigan mahalliy tadbirkorlarning ishga chiqmayotgani ham o‘z tovar zapaslarining kamayishiga olib kelganini bildirdi.

Savdogarlar orasida qo‘rquv boshlandi

Toshkentdagi yirik ulgurji va chakana bozorlarda savdo qiluvchi tadbirkorlar¸ Xitoydan tovar olib kelishda ayrim o‘zgarishlar kuzatilganiga qaramay¸ narx-navoning deyarli o‘zgarishsiz qolayotganini bildirdi.

- Hozircha eski narxda sotayapmiz. Lekin Xitoydagi partnyorlarimiz oldiniga Xitoy yangi yili¸ mana endi koronavirus karantini uchun mol yubormayapti. Hozir bozorda Qirg‘iziston bilan Qozog‘iston Xitoydan ham tovar olib kelishga ruxsat bermayapti¸ olti oygacha tovar kelmasligi mumkin¸ degan vahima tarqayapti. Bu gaplar rost bo‘lsa¸ sotishga tovarimiz qolmaydi¸ dedi Toshkent ulgurji bozori savdogarlaridan biri.

Koronavirus epidemiyasi tufayli Xitoydan mol kelish to‘xtatilishi mumkin¸ degan xavotirlar borligini tan olgan toshkentlik boshqa tadbirkorlar hozircha Xitoydan nooziq-ovqat mahsulotlari olib kelishda muammo yo‘qligini bildirdi.

- Elektrotexnikada uzilish yo‘q hozircha. Lekin bizning tovarlar chegaralar yopilguncha jo‘natilgan. "Abu Saxiy" orqali kelayapti. O‘zbek bojxonasi ham oldingiday ishlayapti¸ dedi toshkentlik tadbirkorlardan biri.

5 fevral kuni Ozodlik bog‘langan boshqa toshkentlik savdogarlardan ayrimlari¸ “Abu Saxiy” kargo Qozog‘iston orqali Xitoy tovarlarini olib kelayotganini tasdiqladi.

- Xitoydagi hamkorlari yukni “Abu Saxiy”gacha yetkazib bersa¸ opkelayapti. Qozog‘istondan furalarda kelayapti. “Abu Saxiy”ning ishlari zo‘r¸ dedi tadbirkorlardan biri.

Qirg‘iziston va Qozog‘iston Xitoy tovarlari uchun chegaralarini yopdimi?

O‘zbekiston bozorlarida sotiladigan aksar tovarlar Xitoydan keladi. Quruqlik orqali import qilish nisbatan arzon bo‘lgani bois¸ aksar Xitoy tovarlari O‘zbekistonga Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududi orqali olib kelinadi.

Taxminlarga ko‘ra¸ quruqlik orqali yuboriladigan Xitoy tovarlarining 60 foizi O‘zbekistonga Qirg‘iziston¸ qolgani Qozog‘iston orqali kiradi.

Qirg‘iziston Bosh vaziri Muxammedqaliy Abilg‘aziyev o‘tgan hafta koronavirus epidemiyasi tarqalishi oldini olish maqsadida Xitoy bilan chegaralarning to‘liq yopilganini e’lon qildi.

"Bugun chegaralarimiz orqali odamlar o‘zlari o‘tishga, mahsulotlarni o‘tkazishga urinishi yo‘q. Gap xususan To‘rug‘art – Ergashtom nazorat-o‘tkazish punkti haqida bormoqda"¸ dedi 27 yanvar kuni Bishkek hukumati rahbari.

Chegaralar yopilishi ortidan qilgan bayonotida Bishkekdagi eng yirik “Madina” bozori rahbari odamlarni vahimaga tushmaslikka chaqirdi. 100 foiz mollari Xitoydan keladigan bu bozor omborida¸ direktorga ko‘ra¸ kamida bir yilga yetadigan tovar bor va shu bois narx-navo oshishiga asos yo‘q.

Ayni paytda¸ 4 fevral kuni Qozog‘iston Savdo vaziri Baqit Sultonov Xitoy bilan chegaralardan tovarlar olib o‘tish to‘xtatilgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.

Hozirgi kunda ko‘pgina savdogarlar Xitoy bilan chegaralar yopildi¸ degan soxta bahona bilan o‘z tovarlari narxini oshirib yubordi. Shu bahona bilan ayrim biznes vakillari o‘zini nohalol tutmoqda”¸ dedi Qozog‘iston vaziri.

Ayni paytda¸ Sultonov aholini Xitoydan tovar kelmayapti¸ deb narx-navosini oshirayotganlar haqida tegishli idoralarga ma’lum qilishni tavsiya etdi.

Bunaqa fitnalarni to‘xtatish uchun vazirligimiz operativ chora ko‘radi”¸ dedi Sultonov.

Qozog‘iston hukumati 27 yanvardan Xitoy bilan avtobus qatnovini¸ 1 fevraldan esa¸ poyezdlar qatnovi va aviaparvozlarni butunlay to‘xtatib qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG