Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2020, Тошкент вақти: 13:59

Qozog‘iston politsiyasi janjal qo‘zg‘ashda ayblanayotgan aka-uka dunganlarni hibsga oldi


Qozog‘iston janubidagi Jambul qiloyatida ro‘y bergan to‘qnashuvlar vaqtida uylarga o‘t qo‘yildi, kamida 11 kishi halok bo‘ldi.

Jambul viloyati (Qozog‘iston janubi) politsiyasi uch nafar etnik dungan aka-ukani hibsga oldi. Aytilishicha, ular qo‘zg‘agan mushtlashuv 11 kishining umriga zomin bo‘lgan etnik to‘qnashuvlarni keltirib chiqargan.

Mamlakat bosh prokuraturasi 18 fevralda uch aka-uka Voinguy politsiyaga hujum qilganlikda ayblanayotgani to‘g‘risida xabar qildi. Ular ishi Qo‘rday tuman sudiga oshirildi.

Prokuraturaga ko‘ra, politsiya xodimlari 7 fevralda So‘rto‘be qishlog‘ida aka-ukalardan biri haydab ketayotgan avtomobilni to‘xtatgan. Haydovchilik guvohnomasi va avtomobilning davlat ro‘yxatidan o‘tgan hujjatlari bo‘lmagani uchun unga politsiya uchastkasiga borish tayinlangan.

Lekin hokimiyat idoralari vakillari aytishicha, u bunday qilmagan va ikki aka-ukasi bo‘lgan xususiy uyga qochib kirgan.

- Uch aka-uka uydan yugurib chiqib, politsiya xodimlariga hujum qilgan, deydi Bosh prokuratura vakili.

To‘qnashuvlar chog‘ida olingan videotasvirda qurolsiz aka-ukalar politsiya xodimlarini, ularni ushlamoqchi bo‘lganda, urmoqchi bo‘lgani aks etgan.

Videoni ijtimoiy tarmoqlarga qo‘ygan guvohlar voqeani turli ulovlardagi ikki guruh o‘rtasida 7 fevralda yo‘lda ro‘y bergan mushtlashuvdan kelib chiqqan deb aytmoqda.

Qozog‘iston hokimiyat idoralari oldinroq yo‘ldagi qattiq mushtlashuv mahalliy qozoqlar bilan kam sonli dungan etnik guruhiga mansub Qozog‘iston vatandoshlari o‘rtasida katta zo‘ravonlikka aylanib ketganini bildirgan edi. Dunganlar asli xitoy millatiga mansub musulmonlardir.

So‘rto‘be, Masanchi, Auqatti va Bulan-Batir qishloqlarida ro‘y bergan dahshatli to‘qnashuvlar oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab qishilar, jumladan, politsiya xodimlari yaralandi.

Etnik to‘qnashuvlar oqibatida 30 dan oshiq uy, 19 ta do‘kon va 47 ta ulov yo‘q qilindi yoki jiddiy shikastlandi.

20 mingdan oshiq kishi – aksariyati dunganlar – to‘qnashuvlaro avj olgan payt qishloqlaridan qochib chiqdi.

Ularning ko‘pchiligi Markaziy Osiyoning ko‘pchilik etnik dunganlar istiqomat qiladigan qo‘shni Qirg‘izistonning Chuy viloyatiga borib qoldi.

Qozog‘iston hukumati vakillari oradan bir necha kun o‘tib, uyidan qochib ketgan dunganlarining aksariyati mamlakatga qaytganini ma’lum qildi.

Hozirgi kunda dunganlarning qanchasi Qirg‘izistonda qolayotgani ma’lum emas.

To‘qnashuvlar sodir bo‘lgani ortidan Qozog‘iston markaziy hukumati Jambul viloyati amaldorlari, jumladan, mahalily politsiya rahbarini ishdan bo‘shatdi.

Xueylar ham deb ataladigan dunganlar sunniy musulmonlar bo‘lib, xitoy tilida so‘zlashadi ham tilida arab, fors va turk tillardan o‘zlashgan so‘zlarni ishlatadi.

Ular XIX asr oxirida Rossiya imperiyasiga qarashli Markaziy Osiyoga qochib o‘tgan. Bunga Xitoy hukumati 1862-77 yillarda ro‘y bergan Dungan qo‘zg‘olonini shafqatsizlarcha bostirgani sabab bo‘lgan edi.

Sobiq sovet ruspublikalarida yashayotgan jami dunganlar soni 120 ming kishiga yaqin. Ko‘pchiligi Qirg‘iziston shimolidagi Chuy viloyati va Qozog‘istonning unga qo‘shni Jambul viloyatida istiqomat qiladi.

XS
SM
MD
LG