Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:12

“Oybek-Faberje" ishi: Asosiy da’vogar Lola Rahimova sudga kelmayapti


Hozir qamoqda qolayotgan Oybek Miraliyev.
Hozir qamoqda qolayotgan Oybek Miraliyev.

17 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sergeli tuman sudida sudya Bahodir Yusupov raisligida tadbirkor Eldor Miraliyevga nisbatan o‘tayotgan mahkama o‘z ishini davom ettirdi. Guvohlar so‘raldi, dalillarga oydinliklar kiritildi.

Taniqli tadbirkor G‘afur Rahimov, uning xotini Lola Rahimova, xususiy tadbirkor Sherzodxo‘ja Abbosxo‘jayev va boshqalarga moddiy zarar yetkazganlikda ayblanayotgan tadbirkor Eldor Miraliyev xatti-harakatlari aniqlashtirildi.

34 yashar tadbirkor Eldor Miraliyevga nisbatan sud 4 fevral kuni boshlangan edi.

Jabrlanuvchining guvohi g‘ayrioddiy

Sud majlisida so‘roq qilingan guvoh Qahramon G‘afurov jabrlanuvchi Lola Rahimovaning yuristi va O‘zbekistonda uning nomidan mol-mulklari, ishlarini yuritadigan ishonchli vakili hamdir. U o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanib, 2011-18 yillarda Jasliqdagi jazo koloniyasida jazo muddatini o‘tagan.

Lola Rahimova nomidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa davlat hokimiyati organlariga aka-uka tadbirkor Miraliyevlar ustidan shikoyat qilib, ularni qamatishga erishgan G‘afurov jinoyat ishi voqealari sodir bo‘lgani iddao qilinayotgan davrda qamoqda bo‘lgan.

Qahramon G‘afurov sud majlisida Lola Rahimovaning og‘zaki ko‘rsatmalariga tayanib aytishicha, aka-uka Miraliyevlar 2014 yilda Moskvadagi Yevropa kredit bankidan Rahimova bilan sheriklikda 2 million AQSh dollari miqdorida kredit olgan.

Bahsli «Mercedes-Benz Maybash» avtomobili ana shu kredit evaziga xarid qilingan. Boshqa bir fuqaroning nomiga xarid qilingan avtomobilni “Boy” O‘zbekistonga kelgan vaqtida minib turgan. Biroq kredit hujjatlarida bu haqda gap yo‘q, mazkur moliya operatsiyasi qonuniy tartibda allaqachon yopilib ketgan.

Sud Rahimovani majburiy tartibda keltirishga oid ajrim chiqardi

Sudlanuvchi Miraliyevga qo‘yilayotgan ayblovlarning aksariyati Lola Rahimovaning shaxsan o‘zi izoh berishi lozim bo‘lgan iddaolardir. Shu boisdan ham sudlanuvchining himoya tarafi Lola Rahimovaning suddagi shaxsan ishtirokini ta’minlashni talab qilishmoqda, zotan ular bunga haqlidir.

Ammo jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sergeli tuman sudi Rossiya Federatsiyasi bo‘lgan Lola Rahimovaga shu paytgacha 4 marta chaqiruv qog‘ozi yuborgan. Shunga qaramay Lola Rahimova sudga kelmayapti. Bunday holatda sudga majburiy keltirish choralari ko‘riladi, va Sergeli sudi bu haqda ajrim qabul qilgan.

Guvoh Qahramon G‘afurovning ta’kidicha, Lola Rahimovaning shu kunda O‘zbekistonga kelishiga mon’elik yo‘q. Unga nisbatan Toshkent shahar IIB tomonidan e’lon qilingan qidiruv 2019 yilning 4 yanvarida bekor qilingan, u va eri G‘afur Rahimovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-qismi (Jinoyat tarkibi mavjud emasligi) bilan tugatilgan.

7 million dollarlik da’vo

Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tergovchisi U. Sh. Umarov imzolagan va Ozodlikda nusxasi bo‘lgan ayblov xulosasida da’vogarlar sifatida Lola Rahimova va uning singlisi Go‘zal Kamolxo‘jayevalarning ismlari zikr qilingan.

Ayblov hujjatlarida yozilishicha¸ Oybek Miraliyev xususan Lola Rahimovaning singlisiga tegishli ko‘chmas mulkni 650 ming dollarga sotib, pulini bermaganlikda gumon qilinmoqda.

Bundan tashqari Ozodlik tanishgan da’vo arizasida Lola Rahimova o‘ziga tegishli «Mercedes-Benz Maybash» avtomobilni “Oybek Miraliyev o‘zlashtirdi” deb da’vo qilgani yozilgan. Shuningdek, G‘ofir Rahimovning vakili o‘z da’vo arizasida Oybek Miraliyev va uning ukasi Rahimovlar oilasiga tegishli jami 7 million dollarga yaqin mablag‘ni o‘zlashtirib yuborganlikda ayblamoqda.

Ammo Oybek Miraliyevning advokati Yoqutxon Xudoyorova aka-ukaga qarshi ish to‘laligicha "sfabrikovanniy" (uydirma) ekanini 2019 ning dekabrida iddao qilgan edi.

Advokat Xudoyorovaga ko‘ra¸ manfaatdor doiralar “ Oybekni qamatish yo‘li bilan unga tegishli ko‘chmas mulklar, shirkatlarni o‘zlashtirib olmoqchi”.

Ozodlik gaplashgan Oybekning yaqinlari bu ish ortida G‘ofir Rahimov bilan yaqin aloqada bo‘lgan yuqori mansabli hukumat mulozimlari turganini iddao qildi. Ayni paytda Ozodlikda bu iddaoning rasmiy tasdig‘i yoki inkori yo‘q.

Prezident olqishlagan tadbirkor aka-ukalar

Tadbirkor guruhlar orasida "Oybek tuxum"¸ “Oybek-faberje” (Zargar Karl Faberje (1846-1920) yasagan tuxum shaklidagi zargarlik asarlari ishora) ¸"Kinder syurpriz" degan nomlar bilan tanilgan Oybek Miraliyev va uning ukasi Eldor so‘nggi 10 yil ichida mamlakatdagi parrandachilikka ixtisoslashgan biznesning asosiy figuralaridan biri hisoblanadi.

Ozodlik tanishgan 2011 yilga oid hujjatlarda Oybek Miraliyev Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Sardoba Parranda” fabrikasining egalaridan biri ekanligi qayd etilgan.

Shuningdek Ozodlikda Oybek Miraliyev o‘zining ikki-ukasi Sardor va Eldor bilan birgalikda Latviyadan O‘zbekistonga shrot (qoramollar uchun ozuqa, kunjara) import qilgani haqida ma’lumot bor.

Ozodlik muxbiri ko‘rgan hujjatlarda aks etishicha, Oybek Miraliyev 2010 yildan 2012 yilgacha BAAning Dubay shahrida bir qancha tijoriy tadbirkorlik loyihalarida ishtirok etgan.

XS
SM
MD
LG