Линклар

Шошилинч хабар
10 апрел 2020, Тошкент вақти: 18:33

MXX, IIV va Milliy gvardiya yoniga Mahalla vazirligi qo‘shildi


OzodTahlilchi - Ozodlikning yangi rukni. Unda turli soha mutaxassislari, ekspertlar, publitsist, jurnalist va blogerlarning Ozodlik o‘quvchilari uchun yozgan tahliliy maqolalari e’lon qilib boriladi.

OzodTahlilchida, shuningdek, Ozodlik formatida bo‘lmagan luqmalar, sharhlar, chizgilarga, bir so‘z bilan aytganda, mualliflarning kundalik voqea-hodisalarga munosabatlari aks etgan matnlarga o‘rin beriladi.

OzodTahlilchida e’lon qilinadigan material muallifi qarashlari Ozodlik qarashlari ifodasi sifatida qabul qilinmasligi kerak.

***

19 fevralda yangitdan tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlari tarkibiga yangi tayinlovlar ma’lum bo‘ldi. Unda vazir o‘rinbosarlari lavozimlarini O‘zbekiston ichki ishlar vazirining ikki nafar sobiq muovini: so‘nggi yillarda Davlat soliq qo‘mitasini boshqargan Botir Parpiyźev va Azizbek Ikromov egalladi.

Bir kun oldin mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri etib, ilgari Farg‘ona viloyati, so‘ngra Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Rahmat Mamatov tayinlangan edi. Qarabsizki, davlat prokuratura, MXX, IIV va Milliy gvardiyaga qo‘shimcha tarzda yana bitta politsiya tuzilmasini tuzib qo‘yibdi.

Tahlilchilar fikricha, yangi vazirlikni tashkil etish aholining tobora oshib borayotgan ijtimoiy faolligidan tashvishga tushayotgani bilan bog‘liq, chunki xalq hokimiyatning barcha bosqichlari va tarmoqlari amaldorlari xatti-harakatlari haqida butunlay salbiy fikrlar bildirmoqda. Viloyatlarda tez-tez yuz berayotgan norozilik amallarining ma’muriy o‘zboshimchalikka qarshi faol jismoniy qarshilik ko‘rsatishga aylanib ketayotgani ham xavotir uyg‘otmoqda.

Tahlilchilar taxminicha, yangi tashkil etilgan vazirlikning joylardagi bo‘linmalari xodimlari vazifalaridan biri ishonchsiz vatandoshlarni aniqlash va keyinchalik ular haqidagi ma’lumotlarni profilaktika, ma’muriy yoki jinoiy ta’sir choralari ko‘rish uchun huquqni qo‘llovchi idoralarga oshirish bo‘ladi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vatandoshlarga chet el pasporti berish va uning chet elga chiqishi maqsad muvofiq emas deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Bosinqirash deyapsizmi? Aslo. Har qanday hokimiyat xalq kazarmada yashashini orzu qiladi. Bu har birining ham qo‘lidan kelmasligi esa boshqa gap. Xalq ham qarab turmay, qarshilik ko‘rsatadi.

Barcha gaplardan xabardor nekbin kishilar fikricha, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralarini va har bir vatandoshni nazorat qiladigan vazirlikda anketa ishlab chiqiladi va unda uy egasi (ijaragir) barcha oila a’zolarini sanab o‘tishi, ularning pasport ma’lumotlari, manzillari, turarjoyi o‘lchamlari, ish yoki o‘qish joylari, pensiya yoshidagi kishilar bor-yo‘qligi, shuningdek, ularning birinchi va ikkinchi navbatdagi vorislarini ko‘rsatishga majbur bo‘ladi.

Bundan tashqari, ular taxminicha, anketaga chet ellardagi yaqin va uzoq qarindoshlar haqidagi savollar ham kiritilib, ular yashayotgan mamlakat, kasbiy faoliyat sohasi, qaysi mamlakat vatandoshligini qabul qilgani va O‘zbekistondan tashqarida qancha vaqtdan beri bo‘lib turgani ko‘rsatilishi shart qilib qo‘yilishi mumkin. Deputatlar anketani to‘ldirishdan bo‘yin tovlashni Konstitutsiyaga zid amal sifatida bir ovozdan ma’muriy huquqbuzarlikka tenglashtirishi va bu turli oqibatlar sabab bo‘lishi mumkin,

Bo‘lmagan gap deysizmi? Jo‘jani kuzda sanaymiz.

Sergey YEJKOV, jurnalist.

XS
SM
MD
LG