Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:49

Haagada MH17 uchog‘ini urib tushirganlikda ayblanayotganlar ustidan sud boshlandi


9 mart kuni Hollandiyaning Haaga shahri sudida 2014 yil 17 iyul kuni urib tushirilgan "Boing-777" uchqichi ishi bo‘yicha mahkama jarayoni boshlandi.

Amsterdam-Kuala-Lumpur yo‘nalishida uchgan Malayziyaga qarashli uchqich Ukraina havo hududida raketa bilan urib tushirilgan edi. Bortidagi 298 odamning hammasi nobud bo‘lgan bu reys yo‘lovchilarining aksari hollandiyaliklar edi.

Hollandiyaning Sxiphol aeroporti yaqinidagi shahar sudi binosida boshlanadigan mahkama ochiq¸ telekanallar holland va ingliz tillarida boradigan jarayonni jonli tarzda namoyish qilmoqda.

MH17 reysi halokati sabablarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan xalqaro tergov guruhiga Avstraliya¸ Belgiya¸ Malayziya¸ Hollandiya va Ukraina mutaxassislari kirgan.

Hozirga qadar tergov Malayziya yo‘lovchi uchqichining “Buk” raketa tizimi tomonidan urib tushirilgani¸ bu qurilmaning Donbassga olib kelinguncha Kurskda joylashgan 53-havo hujumidan mudofaa brigadasiga qarashli bo‘lganini aniqlagan.

Xalqaro tergov o‘z ayblov xulosasiga ko‘ra¸ raketa uskunasining Rossiyadan Ukraina sharqidagi Donbass mintaqasiga yetkazilishiga uch Rossiya va bir Ukraina fuqarosining bevosita aloqadorligi ham tasdig‘ini topgan.

Bu to‘rtala shaxsga 298 odam o‘limiga aloqadorlik aybi qo‘yilib¸ mahkamaga chaqirtirilgan¸ ammo ulardan birortasining sud majlislariga kelishi kutilmayapti.

Ayni paytda sud¸ ayblanuvchilarga videoaloqa orqali mahkamada sirtdan qatnashish imkonini ham taqdim qilgan.

Rossiya hukumati xalqaro tergov guruhi hisobotini tan olgan emas.

XS
SM
MD
LG