Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:49

Toshkent sudi Gulnora Karimovani 13 yil 4 oylik qamoqqa hukm qildi; jazoni o‘tash 2015 yildan hisoblanadi


18 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida mustaqil O‘zbekiston 1-prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova va “u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolari” ustidan sud hukm chiqardi.

Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati rasmiy bayonot e’lon qildi.

Unga ko‘ra¸ sud Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topgan unga 13 yil 4 oylik qamoq jazosi taynlagan.

Jinoyat qonunchiligi normalariga muvofiq hamda bir necha jinoyat va hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanganligini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblash belgilandi”¸ deyiladi rasmiy bayonotda.

8 mart kuni Gulnora Karimova bilan u tuzgan “jinoiy guruh” a’zoligida ayblangan yana 7 shaxs ustidan ham hukm o‘qilgan.

“Sud hukmiga ko‘ra, N. Sodikovga 20 yil, O. Sviridovga 17 yil 3 oy, A. Ergashevga 18 yil 1 oy, Sh. Sabirovga 17 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi, G. Avakyanga 3 yil sinov muddati bilan 5 yil 3 oy 21 kun shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

J. Abduraxmanov va B. Teshabayev esa javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilindilar”¸ deyiladi Oliy sud rasmiy bayonotida.

47 yashar Gulnora Karimova maxfiy sud hukmi bilan hozirga qadar Zangiota koloniyasida qamoq jazosi o‘tab kelayotgan edi.

Karimova va yaqinlari iddaosicha¸ u hozirga qadar kamida besh marta sud qilingan.

Joriy yil yanvarida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi "jinoiy uyushma tarkibida tovlamachilik, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish va chet el davlatlarda jinoiy daromadlarini legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etgan G.Karimova va boshqalarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlangani" haqida xabar qilgan edi.

Karimovaning shveysariyalik advokati Ozodlik bilan suhbatda¸ Karimovaga jami qancha jazo tayinlangani¸ unga nisbatan O‘zbekistonda yana nechta jinoyat ishi ochilgani va uning qachon ozodlikka chiqishi hatto o‘ziga ham ma’lum emasligini aytib kelayotgan edi.

Gulnora Karimova dunyoning o‘ndan oshiq davlatida ochilgan jinoyat ishlarining bosh figurantidir. Karimovaning qator G‘arb davlatlari¸ xususan¸ AQSh¸ Shveysariya¸ Shvetsiya¸ Niderland¸ Fransiya va ayrim Boltiqbo‘yi davlatlaridagi ko‘chmas mulklari va yuzlab million dollarlari bu jinoyat ishlari doirasida muzlatib qo‘yilgan.

25 fevral kuni Gulnora Karimovaning Londonda yashayotgan qizi Imon Karimovaning Instagram sahifasida mahkumaning prezident Shavkat Mirziyoyevga yozgan ochiq maktubi e’lon qilidni.

Bu xatida Gulnora Karimova¸ o‘zining ozodlikka chiqarilishi evaziga Shveysariya banklarida muzlatilgan 686 million dollardan voz kechishga tayyorligini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG