Линклар

Шошилинч хабар
27 сентябр 2020, Тошкент вақти: 05:57

Yekaterinburgdagi deportatsiya markazida qolayotgan andijonlik ayol homilasi tushib qolishidan xavotirda


Rossiyadan OzodMikrofonga shikoyat qilgan andijonlik homilador ayol bir oydan buyon Yekaterinburgdagi xorij fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida qolayotgani va bu joyning sharoiti yomonligi bois, homilasiga zarar yetishidan xavotir bildirdi.

“Mening patentim bo‘lmagani bois, politsiya yashab turgan kvartiramdan olib ketdi. 21 fevral kuni sud qilib, meni deport qilishdi. O‘n kun ichida vataningga jo‘natib yuboramiz deyishgan edi. Mana bir oy o‘tdi hamki, mana shu sharoiti og‘ir deport markazida qolyapman. To‘rt oylik homilam bor. Beradigan ovqatlari shunchalik yomonki, yeganimni qusib tashlayapman. Erim keltirgan narsalarni ham hammasini berishmayapti. O‘zbekiston konsulligiga bir necha marta murojaat qildim, lekin hech qanday yordam berishmayapti. Necha marta do‘xtir chaqirtirdik, ukol qil desam, homiladorsan, qilmayman deyapti. Ba’zan qon qusyapman. Homilamdan ayrilib qolishimdan qo‘rqyapman. Men bilan birga yana bir homilador ayol ham bor”.

Россияда депортга тушган ҳомиладор аёл қийналаётганидан шикоят қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:44 0:00
Бевосита линк

Ozodlik O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi konsulligiga bog‘lanib, bu ayolning taqdiriga nega befarq bo‘layotgani haqida so‘radi.

Konsulxonaning Ozodlik bilan suhbatlashgan birinchi kotibi yordamchisi Iskandar Mo‘minov imkoni boricha birinchi charter reys bilan bu ayolni O‘zbekistonga yuborilishini aytdi:

“Bundan xabarimiz bor. Lekin u opa politsiya xodimiga pora berganlikda ayblanmoqda. Biz advokat ham topdik, bu muammoni hal qilamiz va O‘zbekistondan samolyot kelishi bilan birinchi navbatda u opani jo‘natib yuboramiz”.

Ozodlik konsullik vakili gapidan so‘ng yana o‘zbekistonlik ayol bilan bog‘lanib u tilga olmagan jinoyat ishi haqida so‘radi. Ayolning aytishicha, u bilan birga qo‘lga olingan boshqa bir o‘zbekistonlik erkak politsiya xodimiga pora berishda ayblangan:

“Meni shu ishga guvoh sifatida ushlab turishibdi. Tergov 3 oy davom etar ekan. Uch oygacha men homilam bilan bu sharoitda qanday yashayman. Homilamdan ajrab qolaman deb qo‘rqyapman. Mendan guvohlik ko‘rsatmasi olib qo‘yib yuborishsa bo‘ladiku!”

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG