Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:39

OzodDayjest: Biolog olim koronavirusga qarshi kurash doirasida to‘ylarni taqiqlashni taklif etdi


O‘zbekistonda keyingi oydan benzin narxi oshishiga oid ovozalarga oydinlik kiritildi. Xitoyda faoliyat yuritayotgan olim o‘zbek rasmiylaridan karantindagilarning barchasi zudlik bilan testdan o‘tkazishni so‘radi. Konstitutsiyaga zid tizimdan voz kechishga IIVning ko‘zi qiymayapti. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

______________________________________________________________

O‘zbekistonda 1 apreldan benzin narxi oshishi haqidagi ovozalarga oydinlik kiritildi


O‘zbekistonda 1 apreldan koronavirus sabab benzin narxi oshadi degan ovoza tarqaldi (“Darakchi”, 19 mart). Gazetaga ko‘ra, jahon bozorida neft narxi pastga sho‘ng‘iyotgan bir paytda benzin oshishi g‘alati holatdir. “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati vakili 1 apreldan benzin narxi oshishi haqidagi xabarni asossiz, deb atagan. Qayd etilishicha, jahon energiya bozorida narx pasayayotgani sabab O‘zbekistonda birja orqali sotilayotgan benzin bahosi arzonlashishi kutilmoqda.

“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, 2020 yil 1 aprelidan benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz uchun 350 so‘m, siqilgan gaz uchun 500 so‘m aksiya solig‘i olinishi belgilangan. Ushbu omil ham narx-navoga ta’sir etishi mumkin.

Biolog olim O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1000 dan oshishini taxmin qildi


Ayni paytda Xitoyda ilmiy tadqiqot olib borayotgan biolog olim Baxtiyor Sheraliyev O‘zbekiston hukumatidan karantindagi fuqarolarning barchasidan zudlik bilan koronavirusga test olishni so‘radi. Olimga ko‘ra, virus simptomlari kuzatilishini kutib turish holatni battar qiyinlashtiradi. “Bu hozir hukumatdan qo‘shimcha 100 ming yoki 1 million dollar sarflanishini talab qilar, lekin shu usul qo‘llanmasa, ertaga eng kamida 10 million dollar sarflashi aniq”, deb yozdi B.Sheraliyev Telegramdagi shaxsiy sahifasida. Ayni paytda biolog olim mamlakatda to‘ylarni taqiqlash, ikkilamchi ehtiyoj uchun bozorlar, dam olish joylarini yopish hamda migratsiyani keskin cheklashni taklif etgan. B. Sheraliyev O‘zbekistonda SOVID-19 virusini yuqtirganlar minimum 500, maksimum esa 1000 ga yetishini taxmin qilgan.

Propiska tizimi bekor bo‘lmaydi, aksincha qoidalar yanada og‘irlashadi


O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi propiskani soddalashtirishga oid qaror loyihasini e’lon qildi (www.xabar.uz, 16 mart). Ushbu qaror loyihasidan ko‘rinadiki, propiska bo‘yicha deyarli hech qanday yengilliklar berilmaydi, aksincha, oldingiga qaraganda ayrim og‘irlashtiruvchi bandlar taklif etilgan.

“Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari va’da qilganidek, propiska tizimi bekor qilinib, uning o‘rniga ro‘yxatga olish tizimiga o‘tilmaydigan bo‘ldi. Propiska tizimi yana saqlab qolinadi! Qoyil, barakalla! SSSRdan qolgan Konstitutsiyaga zid tizimdan voz kechishga ko‘zlari qiymayapti mutasaddilarning”, deb yozadi huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev.

Loyihaga ko‘ra, propiskasi yo‘q fuqarolar umumiy mulk sotib ololmaydi, ya’ni 2-3 kishi birlashib uy sotib olish taqiqlanadi. Bu esa Konstitutsiyadagi mulkdor bo‘lish huquqining buzilishidir.

Ayni paytda ayrim xorijiy davlat fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha viza olmasdan yurishi mumkin, lekin O‘zbekiston fuqarolari Toshkentda 10 kundan ortiq ro‘yxatdan o‘tmasdan yura olmaydi. Yangi loyihada mazkur holat ham o‘zgarishsiz saqlab qolinmoqda.

Qonun loyihasida birgina yengillik ko‘zda tutilgan: u Toshkent propiskasiga ega bo‘lmaganlarning ikkilamchi bozordan uy sotib olishga ruxsat berilishidir.

O‘zbekistondagi propiska tizimi xalqaro hamjamiyat va milliy ziyolilar tomonidan aksilkonstitutsiyaviy xatti-harakat sifatida qoralanadi.

XS
SM
MD
LG