Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:38

Mahbuslarni qamoqda qiynagani ortidan qamalgan “Palach”ning afv qilinish ehtimolidan faollar tashvishda


Nozim Jumayev
Nozim Jumayev

O‘zbekiston jazoni o‘tash tizmida “birinchi raqamli jallod” sifatida nom chiqargan va 2014 yili 20 yilga qamalgan 60 yashar Nozim Jumayevning afv qilinish ehtimolidan faolllar tashvishda.

Toshkentdagi inson huquqlari faollaridan biri (ismi aytilmasligini so‘radi) o‘tgan hafta Jumayevning ukasi u bilan uchrashib akasining bir yarim yil ichida afv etilishini aytgan.

Bundan tashqari Jumayev qamoqdan chiqargan videoda 2020 yil tabrigini yo‘llab, "hammasi yaxshi" ekani va "yaqin orada" ozodlikka chiqishi haqida gapirgan.

Faollar Ozodlikka taqdim qilgan videoda Jumayev qora rangli qamoq robasida o‘tiribdi. Robaning ko‘krak qismida Nozim Jumayev va qaysi modda bilan qamalgani yozilgan yozuv ko‘ringan.

Fransiyadagi Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti rahbari Nadejda Atayevaning huquq tartibot organlaridagi mulozimlarga tayanib Ozodlikka aytishicha¸ “2014 yilda 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Nozim Jumayevning muddati sirli ravishda sezilarli qisqartirilgan. Shu kunlarda Jumayev prezident tarafidan gumanitar asosda afv qilish uchun tayërlanmoqda” deya bildirdi Jumayev masalasini BMTning qiynoqlar bo‘yicha qo‘mitasigacha olib chiqqan va maxsus tadqiqot e’lon qilgan faol.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi qamoqxona sobiq mahbuslaridan biri (ismi sir qolishini istagan) Ozodlikka aytishicha, go‘yoki diabet kasaliga chalingan degan vaj bilan Jumayevga Navoiy viloyatidagi qattiq rejimli 64/46 koloniyada alohida yaxshi sharoit yaratib berilgan.

Inson huquqlar faollari Ozodlikka Jumayevning koloniyada kauchuk qo‘g‘irchoqni do‘pposlayotgani va kirib kelayotgan 2020 yil bilan tabriklayotgani aks etgan videotasvirlarini taqdim qilishdi.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi matbuot xizmatining Ozodlik suhbatlashgan xodimi¸ qattiq rejimli koloniyada mahbuslarning videotasvirga tushib¸ tarmoqqa yuklashi mavjud ichki tartibning qo‘pol buzilishi ekanini tan oldi.

Ammo matbuot xizmati xodimi 64/46 koloniyada jazo o‘tayotgan Jumayevning tarmoqda video chiqargani yuzasidan jazo qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmaganligi yuzasidan ma’lumoti yo‘qligini bildirdi.

Videoni tomosha qilgan sobiq mahbus unda aks etgan zal mahkumlar uchun mo‘ljallanmaganligini bildirdi. Jumayev bilan qamoqda birga jazo o‘tagan va shu kunda ochiqda bo‘lgan sobiq mahbusning Ozodlikka aytishicha¸ “koloniya xozyaini mahbuslar kirishi taqiqlangan¸ ma’muriyat xodimlari va nozirlargina trenirovka qiladigan sport zalida Jumayevga trenirovka qilish uchun sharoit yaratib bergan”.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi matbuot xizmati xodimi bu holat bo‘yicha izoh bera olmadi.

2019 yilning 13 noyabrida Jenevada bo‘lib o‘tgan BMTning qiynoqlarga qarshi 68-sessiyasi va BMT inson huquqlari bo‘yicha joriy yilning 1 martida bo‘lib o‘tgan 128-sessiyasida “qiynoq qo‘llagan mulozimlarni afv qilish praktikasi” qoralangan edi.

Ayni majlislarda qatnashgan Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov bu qoralashga qarshi gapirgan va qiynoq qo‘llaganlarni afv qilish tarafdori ekanligini jiddiy ta’kidlagan edi.

ВИДЕО: Акмал Саидов БМТда
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:58 0:00
Бевосита линк

(BMTning qiynoqlarga qarshi 68-sessiyasi, Jeneva, 2019 yilning 13 noyabr. Video manba: BMT)

Bunday bayonotga "Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi" rahbari Nadejda Atayeva «Yo‘q ,Akmal Xolmatovich! Odamlarni qiynagan Nozim Jumayev kabi jinoyatchi afv qilinishga loyiq emas!¸ deya e’tiroz bildirgan edi.

Sobiq siyosiy mahbus A’zam Turg‘unov Ozodlik bilan suhbatda “Nozim Jumayev kabi loxmachlar emas¸ balki qamoqda anchadan beri jazo o‘tayotgan Akram Malik, Rustam Abdumannopov, Lutfiddin Muhiddinov, Alisher Ochildiev, Qutbiddin Noraliyev, Xurshid Mamatqulov, Asad Tursunov kabi olim, o‘qituvchi va harbiylarni afv kilish kerak¸ deya bildirdi.

“Nozim palach” kim?

Mahbuslar orasida “Palach” (Jallod) laqabi bilan nomi chiqqan Nozim Jumayev 2014 yilning dekabr oyida qamoqqa olinib 2015 yilda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 273-moddasi - giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash bilan bog‘liq jinoyatda ayblanib, 20 yilga qamalgani haqida Ozodlik o‘z vaqtida maqola e’lon qilgan edi.

Ozodlik 30 mart kuni suhbatlashgan huquq-tartibot organlaridagi tergovchilar ta’kidicha, Jumayevning yonidan yarim kilo giyohvandlik moddasi chiqqani isbotlangani ortidan sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilingan.

Tergovga yaqin boshqa mulozimlar esa¸ Nozim Jumayev 2014 yili Moskvadan Toshkentga maxsus chaqirtirilib sobiq MXX xodimlarini so‘roq qilish chog‘ida qatnashishga jalb qilinganidan keyin qamoqqa olingani aytishgan edi.

2014 yili Moskvadan chaqirtirilgan Nozim Jumayev sobiq MXX xodimlarining “tilga kirib¸ iqrornoma”ni tezroq yozishini “ta’minlab” bergan.

2014 yili 12 nafar MXX xodimi hibsga olingani haqida Ozodlik ma’lumot bergan edi.

Bungacha Jumayev Moskvada muqim yashab kelgan.

Nozim Jumayev Bekoboddagi 64/21-sonli qamoqxonada MXX xodimlarini qiynagani borasida Ozodlik 2014 yili ma’lumot bergan edi.

Ozodlikka sobiq mahkumlar bilan suhbat asnosida ma’lum bo‘lishicha¸ Nozim Jumayevning beshafqat “muomalasi” qamoq jazosini Bekobod qamog‘ida o‘tashga mahkum qilingani aytilgan MXX sobiq xodimlarining yaqinlarini dahshatga solgan.

MXX sobiq xodimlarining yaqinlari Bekobod qamog‘idagi kameralarga Nozim Jumayevning kirmasligi uchun katta o‘lpon to‘lashga majbur bo‘lishgan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining (hozir Davlat xavfsizlik xizmati deb ataladi) 12 nafar sobiq xodimi noqonuniy tadbirkorlik, korrupsiya va davlat mablag‘larini o‘zlashtirish borasida o‘z aybiga iqror bo‘lishiga Nozim Jumayev "hissa qo‘shgan".

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining 12 nafar xodimi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganidan keyin¸ 2014 yilning dekabr oyida Nozim Jumayevning o‘zi ham hibsga olindi.

Nozim Jumayevni tanigan tergovga yaqin zobitlarga ko‘ra¸ uning qamalishi “yarim kilo narkotik “ bilan bog‘liq emas:

- Jumayev kriminal dunyoda nom chiqqan avtoritet¸ Buxorodagi “Moviy gumbazlar” restorani egasi¸ MXX buyurtmalarini ijro qiluvchi jallod bo‘lgan bu kishining yonida yarim kilo nasha olib yurishi ishonchsiz voqea. Jumayev juda katta sirlarga oshno bo‘lgani bois ichkariga olindi. Jumayevning qamoqqa olinishini ortida o‘sha vaqtda MXXning o‘zi turganiga ishonaman¸ - dedi manba.

Ozodlik 2014 yili suhbatlashgan bir-biridan mustaqil mulozimlar Nozim Jumayevning sobiq MXX mulozimlari bilan yaqin aloqasi haqida aytishgan edi

Bu mulozimlar iddaosiga ko‘ra, Nozim Jumayev MXXdagi Sergiyenko familiyali kurator tarafidan boshqarilgan.

Jinoyat olamida Nozim Buxarskiy, mahkumlar orasida esa “palach”, “loxmach” deb nom chiqargan bu shaxsning Buxoroda tug‘ilgani aytiladi.

Nozim Jumayev Buxoro markazidagi “Moviy gumbazlar” restoranining egasi sifatida ham tanilgan.

Buxorodagi kriminal dunyoga yaqin tadbirkorning Ozodlikka 2014 yilda aytishicha¸ bu restoran unga sovg‘a qilingan.

- Nozim palach Buxoroda beshafqatligi bilan tanilgan. Buxorodagi tadbirkorlar unga o‘lpon to‘lagan. Masalan, u egalik qilayotgan Buxorodagi restoran ham unga Muzaffar Fayz mebel shirkati tarafidan sovg‘a qilingan. Reket¸ talonchilik bilan o‘tgan asrning 90- yillaridan beri shug‘ullanib keladi. Reket¸ talon-toroj va qotillik aybi bilan uch marta sudlangan. Buxorodagi ko‘p sobiq mahkumlarning buyragini pachoq qilgan. Asosan Moskvada yurar edi. Buxorodagi biznesini o‘g‘li yuritadi ¸ - degan edi suhbatdosh.

O‘zbekistonlik jurnalist Aleksey Volosevich o‘zbek qamoqxonalaridagi jallodlardan yana biri haqida hikoya qilgan edi.

Jurnalistga ko‘ra¸ kriminal dunyo qoidalariga zid tarzda ma’muriyat bilan hamkorlikda ish olib boradigan shaxslar o‘zbek qamoqxonalarida ko‘plab topiladi.

XS
SM
MD
LG