Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:29

Koronavirusning kishi organizmiga ta’siri qanday kechadi?


«Koronavirus», ya’ni «tojli virus» atamasi virusning uchi to‘mtoq nayzalari unga toj ko‘rinishini berishi bilan bog‘liq.
«Koronavirus», ya’ni «tojli virus» atamasi virusning uchi to‘mtoq nayzalari unga toj ko‘rinishini berishi bilan bog‘liq.

COVID-19 infeksiyasini nafas olish yo‘llari og‘ir o‘tkir sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) keltirib chiqaradi. Koronaviruslar tovusdan tortib, kitgacha yuqadigan hayvon viruslari guruhiga kiradi.

«Koronavirus», ya’ni «tojli virus» atamasi virusning uchi to‘mtoq nayzalari unga toj ko‘rinishini berishi bilan bog‘liqdir.

Koronavirus infeksiyasi ikki xil kechishi mumkin. Aksar holatlarda virus o‘pkada infeksiya keltirib chiqaradi. Koronavirusning bir turi keltirib chiqaradigan oddiy shamollash aynan shunday kechadi. Koronavirus, shuningdek, ichki organlarda infeksiya keltirib chiqarib, diareyaga sabab bo‘lishi mumkin.

COVID-19 oddiy shamollash virusi kabi o‘pkada tarqala boshlaydi. Ammo koronavirus immun tizimini izdan chiqarib, o‘pkaga jiddiy zarar yetkazishi va o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

Barcha koronavirus infeksiyalari bir dona genetik materialni o‘rab turuvchi sfera shaklidagi qobiqdan iborat virus inson hujayrasiga kirishidan boshlanadi.

SARS-CoV-2 asosan sirtida ACE2 deb nomlanuvchi proteinga ega hujayralarga hujum qiladi. Ushbu protein qon bosimini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Virusning uzun nayzalari ACE2 proteiniga ulanganidan keyin, virus genetik materiali hujayra ichiga kiradi va hujayrani virus nusxalarini tayyorlashga majburlaydi.

Koronavirus grippga o‘xshash tarzda yo‘talganda hamda aksa urganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi.

SARS-CoV-2 asosan ikkinchi tipdagi o‘pka hujayralarida ko‘payadi. Mazkur hujayralar havo o‘pka tubigacha yetib borishini ta’minlash uchun sovunga o‘xshash modda ishlab chiqaradi. COVID-19 ga chalingan shaxs immun tizimi infeksiya yuqqan o‘pka to‘qimalariga millionlab immun hujayra yuboradi. Immun tizimi virusni o‘ldirish va infeksiya yuqqan hujayralarini yo‘q qilish jarayonida sog‘lom hujayralarga ham katta zarar yetkazadi.

Kasallik og‘ir kechayotgan bemorlar o‘pkalari qayta tiklanar ekan, ularning qonini yetarlicha kislorod bilan ta’minlab turish kerak. Aynan shuning uchun koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘plab mamlakatlarda sun’iy nafas oldirish apparatlari taqchilligi yuzaga keldi.

10 yoshga to‘lmaganlar tanasi virusni osonlikcha yengishi kuzatildi. 40 yoshga to‘lmagan shaxslarda esa kasallik nisbatan yengil kechadi. Ammo keksa yoshdagilarda kasallik ancha og‘ir kechadi. SARS-CoV-2 qon bosimini boshqarishda muhim rol o‘ynovchi ACE2 hujayralariga hujum qilgani uchun yuqori qon bosimidan aziyat chekayotgan shaxslarda kasallik ayniqsa og‘ir kechadi.

SARS-CoV-2 virusining yuqumlilik darajasi H1N1 mavsumli gripp virusinikidan biroz yuqori. Ammo yangi koronavirus bemorlar orasida gripp virusiga qiyoslaganda kamida 10 marta ko‘proq o‘limga sabab bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG