Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:40

Neft narxi muhokama qilinmoqda. OPEK+ mamlakatlari so‘zlashuvlar o‘tkazmoqda


9 aprelda Neft eksport qiladigan mamlakatlar guruhi - OPEK, shuningdek Rossiya va ayrim davlatlarning vakillari neft bozorini barqarorlashtirish maqsadida uglevodorodlar qazib olishni kamaytirish rejasini muhokama qilmoqda.

Uchrashuv koronavirus tarqalishi munosabati bilan talabning keskin pasayib ketishi oqibatida neft bozorida so‘nggi o‘n yillikda narxlarning keskin tushib ketishi sababli o‘tkazilmoqda. Neft qazib olishga oid avvalgi kelishuv shartlari masalasida Rossiya va Saudiya Arabistonni o‘rtasida kelishmovchiliklarga pandemiya sabab bo‘ldi. Avvalgi kelishuv muddati 1 aprelda yakunlandi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov kuni kecha bergan bayonotida OPEK+ formatidagi navbatdan tashqargi uchrashuvda, shuningdek juma kuni bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmalik”ning energetika masalalariga bag‘ishlagan majlisida qanday qaror qabul qilinishi yuzasidan izoh bermadi. Peskov mazkur ikki uchrashuv yakunlarini va “mutaxassislarning fikr almashuvlarini” kutish lozimligini aytdi.

Bundan avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot berib, OPEK+ mexanizmi doirasidagi hamkorlar, shuningdek Qo‘shma Shtatlar bilan kelishuvga erishishga Rossiya tayyorligini bildirdi. Putinning fikricha, bugun gap faqat bir kunda qazib olishni tahminan 10 million barrelga qisqartirish to‘g‘risida bo‘lishi mumkin. «Bularning hammasi hamkorlik darajasida amalga oshirilishi kerak», - dedi Putin.

RBK agentligi tomonidan so‘ralgan manbalar shu kabi bahoni berishdi. «Mamlakat umumiy qazib olishdagi o‘zining proporsional ishlab chiqarish ulushini qisqartishi mumkin va bir kunda birgalikda 10 million barrel kamaytirilishi e’tiborga olinishi kerak», - deya bayonot berdi RBKga Rossiya Energetika vazirligidagi manba.

RBK manbalarining xabariga qaraganda, Moskva yangi kelishuvga OPEKdan tashqari, bir kunda 70 million barrel qazib oladigan Braziliya, Norvegiya, Kanada, Meksika, AQSh va boshqa davlatlar qo‘shilishini kutmoqda.

Neft qazib olishni qisqartirish borasidagi savolga javob bergan AQSh prezidenti Donald Tramp, buning imkoniyati bor deb o‘ylamasligini ta’kidladi. «Biz allaqchon qisqartirdik va bozorga moslashdik», - dedi Amerika yetakchisi. Bundan avvalroq Tramp avvalgi kelishuvning barbod bo‘lishida bir-birlarini ayblayotgan Rossiya va Saudiya Arabistoni yon berishlaridan manfaatdor ekanligini bildirgan edi. Aks holda, Trampning so‘zlariga qaraganda, Vashington, uglevodorodlar importiga “jiddiy kvotalar” joriy qilishi mumkin.

Katta miqdorda slans nefti ishlab chiqaradigan AQShda soha bilan asosan xususiy biznes,kompaniyalar shug‘ullanadi, ularning fikricha, neft qazib olishning majburan qisqartirilishi Amerikaning Monopoliyaga qarshi qonunlariga mos kelmaydi.

XS
SM
MD
LG