Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:55

COVID-19 migrant ishchilar ahvolini yanada og‘irlashtirmoqda


14 aprelda Leningrad viloyatidagi 470 migrant ishchi yashab turgan yotoqxonada 35 kishi infeksiya yuqtirgani aniqlangan edi.
14 aprelda Leningrad viloyatidagi 470 migrant ishchi yashab turgan yotoqxonada 35 kishi infeksiya yuqtirgani aniqlangan edi.

Moskvada chet elliklardan cho‘chishga oid hazil og‘izdan-og‘izga ko‘chib yuribdi: shaharliklar koronavirus sabab “o‘zini qattiq yakkalash”ga majbur bo‘lgan paytda ko‘chalarda faqat migrant ishchilar yurgani Rossiya poytaxtini aslida kim boshqarayotganini ko‘rsatib bermoqda.

Odatdagiday ishlab yurgan mavsumiy ishchilarni ko‘rgan kishida o‘lim xavfini solayotgan pandemiya sabab joriy etilgan qattiq choralarning ularga daxli yo‘qday taassurot qoladi. Lekin nachora.

Ko‘pchiligi o‘zi istaganda ham uyiga keta olmasligi sabab Moskvadagi migrantlar ham dunyodagi 200 million mehnat migranti singari qiyin ahvolga tushib qolgan. Ular iqtisodiy abgorlik hamda salomatligi va xavfsizligiga tahdidga, inqirozdan chiqishga urinishi ortidan ochiqdan-ochiq kamsitishlarga duchor bo‘lmoqda.

Rossiyaning mart o‘rtalarida xalqaro uchoq reyslari va temiryo‘l aloqasini taqiqlagani ishchilarning o‘z mamlakatlari ham shunday yo‘l tutgani bilan qo‘shilib, 100 minglabdan 7 milliongacha bo‘lgan hujjatli va hujjatsiz ishchilarni qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

Rossiyalik amaldorlar fikricha, iqtisodiyotga ham, ishchilarga ham “o‘zini yakkalab” o‘tirgandan ko‘ra ishlash xavfsizroqdir.

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiya mintaqalarida 1-2 million migrant ishchi bor, ular vataniga keta olmagani sababli yotoqxonada o‘tirgandan ishlagani ma’qul, degan edi hukumat vakillaridan biri aprel boshida hali epidemiya boshlanmagan payt.

14 aprelda Leningrad viloyatidagi 470 migrant ishchi yashab turgan yotoqxonada 35 kishi infeksiya yuqtirgani aniqlangach, ularning ishlash ruxsatnomalari muddatini avtomatik ravishda cho‘zish taklif qilindi.

Rossiyadagi migrant ishchilarning asosiy ko‘pchiligi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lib, ular 2019 yilda uyiga 8 milliard dollardan oshiq pul jo‘natdi. Biroq koronavirus bilan bog‘liq inqiroz sabab jo‘natilayotgan pul hajmi ikki barobar qisqarib ketdi.

2019 yilda ukrainalik mehnat migrantlari uyiga 12 milliard dollar jo‘natdi, bu mamlakat YaIMning 10 foizidir. 3 milliondan oshiq ukrainalik chet ellar, asosan YI mamlakatlari: Polsha, Chexiya Respublikasi va Italiyada ishlayotgan edi. Koronaviurs epidemiyasi boshlangach, ularning aksariyati uyiga qaytdi va ishsizlik yanada ortib ketdi.

Martda 155 mingdan ortiq ukrainalik – sayyohlar, migrant ishchilar va boshqalar – uyiga qaytib keldi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) ogohlantirishicha, chet ellardagi migrant ishchilarni inqirozlar vaqtida qul qilib ishlatish, ularning, jumladan, odam savdosi jabrdiydasi bo‘lish xavfi ortib ketadi. Uyiga qaytishni o‘ylayotganlar esa o‘zi bilan birga koronavirus infeksiyasini olib kelishda ayblanishi mumkin.

XMT xabar qilishicha, mart boshida koronaviurs epidemiyasi tarqalgan Xitoyning Uhan shahridan olib chiqilgan ukrainaliklar “ijtimoiy sog‘liqqa tahdid deb qaralgan holat jamoatda zo‘ravonlik keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatdi”.

Ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot vositalarida kiberqo‘rqitish hollari ko‘p uchramoqda.

Promo-LEX huquqni himoya qilish tashkiloti faoli Irina Korobchenkoning aytishicha, yaqinda Moldovada ham migrantlar haqida nafratomuz gap-so‘zlar yangragan. Ushbu mamlakatdan chet ellarga borib ishlayotgan migrantlar soni taxminan 430 ming kishidir.

‒ Pandemiya qay tarzda tarqalishiga qarab... bunday nafratga to‘la gap-so‘zlar yanada ko‘payishi va hatto zo‘ravonlikka aylanib ketishi mumkin, chunki har qanday jamiyat aybdor qidirishga moyil, ‒ dedi u “Ozodlik” radiosining moldovan tili xizmatiga.

14 aprelda kremlparast “Izvestiya” gazetasida chop qilingan “Izolyatsiya mevasi: Migrantlar narkotiklar savdosiga qo‘l urmoqda. Chet elliklarning ommaviy tarzda ishsiz qolishi ularni uyushgan jinoyatchilikka yetaklashi mumkin” maqolasiga yozilgan izohlarda ushbu nafrat, bevosita aytilmasa-da, ko‘zga tashlanadi.

XS
SM
MD
LG