Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:59

“Un urush paytidagidek norma bo‘ldi, xorijdagilar yordami xalqqa yetib kelmayotir”(VIDEO)


Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan montyor Kenjabek koronavirusning xalqning turmush darajasiga yetkazgan salbiy ta’siri borasidagi ikki jihatga to‘xtaldi.

Жиззахда ун жон бошига 1600 граммдан бериляпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:57 0:00

“Birinchisi, o‘zimizning tumanda ishlab chiqarilgan un jon boshiga bir oyga 1600 grammdan beriladigan bo‘ldi. Mahalla bilan janjal qilib, shuni 2 kiloga yetkazdik. Olti jonmiz, bizga 12 kilo tegadigan bo‘ldi. 10 aprelgacha bir qopi 130 ming turadigan unni, 145 mingga chiqarib olishibdi. Hukumat esa bu yoqda qopi 125 mingdan ortiq sotilmaydi deb, devorga gapirib yotibdi. Xullas, go‘yoki urush davrida bunaday bo‘lmagan bo‘lsa kerak.

Ikkinchisi, mana Alisher Usmonov pul beribdi, Amerikadagi o‘zbeklar yordam uchun pul yig‘ayotgan emish. Iltimos, o‘shalar pul yig‘masin ham, yubormasin ham. Chunki, bu yordam baribir oddiy xalqqa yetib kelmaydi, o‘sha tepada yo‘q bo‘lib ketadi. Hali kreditidan qutulmagan tadbirkorlarni esa xalqqa yordam berishga majburlashayotganini ko‘ryapman”.

“Ун уруш пайтидагидек норма бўлди, хориждагилар пул ёрдам қилмасин, барибир халққа етиб келмайди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:11 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG