Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:46

“Sardobada uysiz qolganlar hukumat va’da qilgan pulni ololmay sarson bo‘lmoqda”


Sardoba fojiasida minglab odam uysiz qoldi
Sardoba fojiasida minglab odam uysiz qoldi

Sardoba to‘g‘oni fojiasida uysiz qolgan, ismi sir qolishini so‘ragan ayollardan birining OzodMikrofonga arz qilishicha, hukumat va’da qilgan 40 million so‘m yordam pulini olish juda qiyin bo‘lib ketgan:

“Uysiz qolganlarning ko‘p qismi Guliston shahrida, Jizzaxda va boshqa joylarda yashamoqda. Lekin ularga axborot beradigan, kim qachon qanday yordam olishi mumkinligini aytadigan birorta markaz yoki shtab yo‘q. Mahallaga borsang, hokimiyatga bor deydi, hokimiyatga borsang moliyaga bor deydi, moliyaga borsang hokimlikka bor deydi. Aholi ana shu uchlik o‘rtasida sarsonu sargardon bo‘lyapti. Jizzaxdan har kuni yo‘lkira qilib ketishning o‘zi bo‘lmaydi. Aniq shakllantirilgan bir ro‘yxat yo‘q. Kimga uchrashib kimga dardingizni aytishni ham bilmaysiz. Masalan men moliya bo‘limiga olti marta hujjat topshirdim, uch hafta bo‘lyapti. Lekin hukumat va’da qilgan 40 million so‘mdan darak yo‘q”.

“Сардобада уйсиз қолганлар ҳукумат ваъда қилган пулни ололмай сарсон бўлмоқда”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:17 0:00
Бевосита линк


-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG