Линклар

Шошилинч хабар
06 июл 2020, Тошкент вақти: 11:10

“O‘zbekistonda mendan boshqa odam yo‘q dedimi, bu diktatura degani!”


11 iyun kuni Ozodlik O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 iyun kuni Toshkentda o‘tkazilgan videoselektorda aytgan ayrim gaplari audiosini e’lon qilishi ortidan¸ ijtimoiy tarmoqlarda bahsu munozaralar avj oldi.

Rasman e’lon qilinmagan bu audioyozuvda Farg‘ona viloyatining yillardan beri keskin munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan hokimi Shuhrat G‘aniyev haqida gapira turib Mirziyoyev:

Mana viloyat hokimimiz (Shuhrat G‘aniyev nazarda tutilmoqda - tahr.)ning tajribasiyam katta¸ sadoqatiyam katta¸ juda katta mehnat qilgan odam bu. Man viloyat hokimini bironta odamdi ¸ mingta odam gapirsayam¸ noinsof bilan gapirilayotgan¸ man o‘zim xulosa qilaman va burch¸ konstitutsiyaviy burch¸ man viloyat hokimiga baho beraman. Boshqa hech kim baho berishga haqqi yo‘q O‘zbekistonda!" dedi jumladan.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 7-moddasiga ko‘ra¸ "Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir".

Shavkat Mirziyoyevning bu bayonotida Konstitutsiya bilan ziddiyat yo‘qmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda borayotgan bu mavzudagi bahsga munosabat bildirgan AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik jurnalist Jahongir Muhammad Mirziyoyevning bu bayonotidan "diktatura hidi" kelayotganini aytadi:

- Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon biz hali uni biror marta diktator deb ataganimiz yo‘q. Avtoritar rejim deb aytib kelganmiz. Kecha Ozodlikni o‘qib hayratda qoldim, Shavkat Mirziyoyev "men diktatorman" deyapti. Chunki bunday gap faqat diktatorlarning og‘zidan chiqadi. Viloyat hokimiga faqat men baho beraman, boshqa hech kim emas deyish, bu xalqning fikrini bir chaqaga ham olmaslik degani. Chunki xalqning kerak bo‘lsa hokimga ham, kerak bo‘lsa prezidentga ham baho bera olish huquqi bor!"

Jahongir Muhammadning Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan joriy siyosat haqidagi bu va boshqa fikrlari bilan OzodNazar suhbatida tanishing.

“Ўзбекистонда мендан бошқа одам йўқ дедими, бу диктатура дегани!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:22 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG