Линклар

Шошилинч хабар
21 октябр 2020, Тошкент вақти: 04:43

Sardobaliklarning toshqin vayron qilgan uyi o‘rnida uy qurib berish talabi rad etildi; norozilarni IIB olib ketdi(VIDEO)


Sardoba tumanidagi "Do‘stlik" mahallasi 1 may kuni Sardoba suv omborida yuzaga chiqqan texnogen falokat oqibatida eng katta talafot ko‘rgan hududlardan biridir.

Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi ortidan yashab bo‘lmas holga kelgan uylari o‘rnida uy qurib berishni talab qilayotgan sardobaliklar 25 iyun kuni majburan avtobusga solinib¸ IIB tomonidan olib ketildi.

Ular yaqinlarining Ozodlikka bildirishicha¸ mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 10 da olib ketilgan 20 ga yaqin norozilar kun davomida ushlab o‘tirilgan¸ telefonlari tekshirilib¸ tilxat yozishgach¸kechki soat 8 atrofida uyiga qaytarilgan.

Suv toshqinidan eng ko‘p talafot ko‘rgan "Do‘stlik" mahallasidagi 28 ta uy egasi 25 iyun kuni mahallaga kelgan tuman hokimi bilan gaplashish uchun uning mashinasi oldiga chiqishi ortidan olib ketildi.

Sardoba tuman hokimligi va na IIB aksariyati ayollar bo‘lgan bu norozilarning nima asosda olib ketilgani va kun davomida ushlab turilganiga izoh berishni istamadi.

Norozilarni IBB olib ketdi

25 iyun kuni Sardoba tuman “Do‘stlik” MFYda joylashgan kottejlari suv toshqini yetkazgan ziyon oqibatida yashashga yaroqsiz deb topilgan uy egalaridan 20 ga yaqini¸ guvohlarning aytishicha¸ tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan "tortqilab¸ majburlab "maxsus avtobusga solinib¸ olib ketildi.

Olib ketilganlar yaqinlari¸ ular telefoni olib qo‘yilmay turib tushirilgan qisqa videoni Ozodlikka yubordi.

ИИБ томонидан олиб кетилаётган норозилар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:12 0:00

Olib ketilganlar yaqinlarining Ozodlikka aytishicha¸ aksariyati ayollardan iborat bo‘lgan norozi uy egalari ertalab mazkur hududga kelgan Sardoba tuman hokimi Abduazim Xidirov bilan gaplashmoqchi bo‘lib¸ u o‘tirgan mashina oldiga chiqqan.

Hokim to‘xtab¸ to‘planganlarga "uy qurilmasligi¸ domga chiqish kerakligi"ni aytgan va ko‘p o‘tmay IIB xodimlari ayollarni “yo‘lto‘sarlik”da ayblab¸ ularni ichki ishlar bo‘limi binosi emas¸ balki uning yaqinida joylashgan musiqa maktabiga olib kelishgan.

Ertalabki soat 10 larda olib ketishgani bo‘yicha¸ haliyam tuman markazidagi musiqa maktabida qamab o‘tirishipti. Hokimni to‘xtatib¸ yolg‘on va’dalariga izoh talab qilingani tushirilgan videoni qidirishyapti ekan. Keyin telefonlarini olib qo‘yishdi shekilli¸ boshqa bog‘lana olmayapmiz. Hammasining telefoni o‘chgan”¸ dedi IIB olib ketgan ayollardan birining yaqini.

Ozodlik mahalliy vaqt bilan kechki soat 7 da olib ketilganlar yaqinlari bilan bog‘langanida¸ ularning hali ham uyiga qaytmagani xabarini oldi.

Oradan bir soatcha o‘tib¸olib ketilganlarning yaqinlari ularning uyiga qo‘yib yuborilgani bildirdi.

"Hokimni kim to‘xtatdi¸nimaga internetga chiqaryapsizlar¸ degan savollar berishgan. Hokimni nimaga to‘xtatganlari haqida tilxat yozdidirib olishgan. Ularning shartiga ko‘nish¸ ya’ni domga chiqishga rozi bo‘lish¸ boshqa haq-huquqlarini talab qilmaslikni aytishgan".

Hokimlik va IIBning “xabari yo‘q”

Ozodlik gaplashgan Sardoba tuman hokimi yordamchisi hokim Abduazim Xidirovning 25 iyun kuni ertalab 1-sovxoz ( “Do‘stlik” MFYnining eski nomi -tahr.)ga g‘alla o‘rimini nazorat qilish uchun ketganini tasdiqladi.

Ayni paytda bu mulozim ayollarning hokim mashinasi yo‘lini to‘sgan-to‘smagani va ularning IIBga olib ketilganidan bexabarligini bildirdi.

Sardoba tuman IIB navbatchisi ham bunday voqeadan bexabarligi¸ qaydlar kitobida hokim mashinasi yo‘lini to‘sgani aytilayotgan ayollarning olib kelingani qayd etilmaganini bildirdi.

IIBga siz so‘rayotgan odamlar olib kelinmadi. Yonimizda musiqa maktabi bor. U yerga olib kelishgan bo‘lsa¸ bundan xabarim yo‘q. Boshliqlar majlisda¸ boshqa mas’ullarga ulab berolmayman”¸ dedi Sardoba tuman IIB navbatchisi.

IIB navbatchisi olib ketilganlar taqdiriga ¸ bu voqeadan bevosita xabardor hamkasblaridan so‘rab oydinlik kiritish so‘rovini ham rad qildi.

Tuman hokimi xalqni aldadimi yoki viloyat va respublikaga “tishi o‘tmadimi”?

1 may kuni Sardoba suv omborida ro‘y bergan texnogen falokat oqibatida bu omborga eng yaqin joylashgan “Do‘stlik” MFYdagi uylar eng ko‘p talafot ko‘rdi.

"Do‘stlik" mahallasining toshqindan keyingi manzarasi.
"Do‘stlik" mahallasining toshqindan keyingi manzarasi.

Birinchi qatorda joylashgan uylar shiftiga qadar suv tagida qoldi¸ bu uylarda yashab kelganlar hozirga qadar qo‘shni tumanlardagi kollej binolarida evakuatsiya qilinganicha qolmoqda.

Bu uylarni tekshirgan maxsus komissiya mutaxassislari ulardan 28 tasini yashash uchun yaroqsiz deb topib¸ buzishga qaror qildi.

"Do‘stlik" mahallasidagi 28 ta kottej¸ suv toshqini yetkazgan ziyon ortidan mutaxassislar tomonidan mutlaqo ta’mirlab bo‘lmas, butunlay yaroqsiz ahvolga kelgan va seysmik jihatdan xavf­li deb topildi.
"Do‘stlik" mahallasidagi 28 ta kottej¸ suv toshqini yetkazgan ziyon ortidan mutaxassislar tomonidan mutlaqo ta’mirlab bo‘lmas, butunlay yaroqsiz ahvolga kelgan va seysmik jihatdan xavf­li deb topildi.

Ulardan 8 tasi 8 iyun kuni¸ egalari evakuatsiya hududida yashab turgan paytda¸ ularni ogohlantirmay¸ buzib ham tashlandi. Buzilgan uylar va buzilishi belgilangan qolgan 20 kottej egalari uch haftadan beri o‘z uylari o‘rnida uy qurilishini talab qilib kelmoqda.

Ular¸ sardobaliklarga qarata¸ "xalq bilan bamaslahat ishlab¸ hammangizni rozi qilamiz"¸ "uyingiz o‘rnida avvalgidan ham yaxshi uy qurib beramiz" deb va’da qilgan prezident Mirziyoyevga ham Ozodlik orqali murojaat qilgan edi.

Сардобаликлар мурожаати
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:58 0:00

Ozodlik yaqindan yoritib kelayotgan bu jaraën davomida 28 kottej egasi bilan respublika¸ viloyat rahbarlari¸ qolaversa¸ tuman hokimi Abduazim Xidirov bir necha marta uchrashdi.

12 iyun kungi uchrashuvda Xidirov 28 ta buziladigan uy o‘rnida xuddi shunday uy qurib berilishini va’da qilgan edi.

- Yaxshi xushxabar. Kecha kechqurun biz viloyatdagilar bilan bu yerga kelib¸ birma-bir ko‘rib hammasini, shunday to‘xtamga keldik. Xullas¸ buzamiz hammasini. Buzib o‘rnidan yangi quradigan bo‘ldik. Joyidan yangi uy quradigan bo‘ldik. Bular hozir loyihachilarni bugun chaqirdi viloyatga. O‘tirib hisob-kitobini qilyapti hammasining. Pulini¸ boshqasini¸ proektini hammasini kelishyapti. Devorini g‘ishtdan qiladimi¸ panel qiladimi¸ nima qiladi. Xullaskalom¸ loyihasini bugun tugatib¸ planimiz bo‘yicha¸ ertaga kelib¸ sizlarga e’lon qilishimiz kerak. Xullas¸ yaxshi xabar¸ ko‘ngilni xotirjam qilinglar. Bu yerda o‘tirmasdan¸ borib ishlaringizni qilinglar, degan edi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00
Бевосита линк

23 iyun kuni Ozodlik gaplashgan Sirdaryo viloyat hokimligi kotibiyat rahbari ham¸ 28 ta uy egasi qo‘yayotgan talabning “hafta oxiriga qadar ijobiy hal qilinishini” bildirgan edi.

Ammo Ozodlikning 23 iyun kungi maqolasidan keyin norozilar bilan uchrashgan Sirdaryo viloyat qurilish bo‘yicha mutasaddilari 24 iyun kuni ularga uylari o‘rnida uy qurib berish talabi qabul qilinmaganini bildirgan.

24 iyun kuni 28 ta uy egasi bilan uchrashgan Sirdaryo viloyatining qurilish bo‘yicha mutasaddilari¸ ular talabi qabul qilinmasligini bildirgan.
24 iyun kuni 28 ta uy egasi bilan uchrashgan Sirdaryo viloyatining qurilish bo‘yicha mutasaddilari¸ ular talabi qabul qilinmasligini bildirgan.

Bu haqda Sardoba tuman hokimligi matbuot xizmati e’lon qilgan xabarda¸ “ushbu xonadon egalariga tomorqalari o‘zlarida qoldirilishi bilan birga, 400 metr uzoqlikda barcha qulayliklarga ega zamonaviy loyihalar asosida qurilayotgan 1480 ta xonadonga mo‘ljallangan, 37 ta ko‘p qavatli uy-joylardan 3 xonali xonadonlar joriy yilning 1-sentabr kuniga tugallanib va ajratiladi”¸ deyilgan.

Aksariyati mol boqish bilan tirikchilik qilib kelgan bu xonadon egalarining domga chiqishni rad etib¸ uyi o‘rnida uy qurib berish talabining hukumat tomonidan rad etilgani ochiq aytilmasada¸ rasmiy xabardan¸ bu talabning respublika va viloyat mas’ullari tomonidan qabul qilinmagani anglashiladi.

Sirdaryo viloyat hokimligi mas’uli 23 iyun kungi suhbatda Ozodlikka buziladigan 28 ta kottej o‘rniga ayni tipda uy qurish narxi har ikkitasi uchun 590 millionga tushishi va talabni basharish uchun kerak 8 milliard 260 ming so‘mni qayerdan topish savol ostida ekanini bildirgan edi.

25 iyun kuni Ozodlik gaplashgan Sardoba tuman hokimligi mulozimi¸ “hokimning 28 ta uy egasi talabini respublika va viloyat mutasaddilariga yetkazgani¸ uning qabul qilinishi uchun astoydil harakat qilganini” ta’kidladi.

Lekin tuman hokimi viloyat va respublika darajasida qabul qilingan qarorni o‘zgartira olmaydi. 12 iyun kungi va’dasi amalga oshmagani uchun hokimni ayblash adolatsizlik bo‘ladi. Hokim astoydil harakat qildi¸ lekin uning vakolatlari yetmadi”¸ dedi Sardoba tuman hokimligining Ozodlik gaplashgan mulozimi.

"Do‘stlik" mahallasidagi 28 ta uy egasining prezidentga murojaatiga 9 iyun kuni munosabat bildirgan O‘zbekiston Qurilish vazirining 1-o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov:

- Hech kim ulardan yerlarini olib qo‘ymaydi. Bemalol foydalanishlari mumkin. Ayni kunlarda mazkur xonadon egalari uchun hududga yaqin joydan ko‘p qavatli uy-joylar qurilyapti. Undan tashqari ularga 40 million so‘mdan moddiy yordam puli ham ajratildi. Qolaversa, maishiy texnika uchun -sertifikatlar ham topshirildi, degan edi.

1 may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘oning buzilishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida¸ rasmiy hisob-kitobga ko‘ra¸ 2 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan¸ 1781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan.

Bu borada ochilgan jinoyat ishi tafsilotlari hozircha jamoatchilikka e’lon qilingan emas.

XS
SM
MD
LG