Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:18

Sobiq prezident Atambayev ustidan chiqarilgan hukm qoidami yoki undan istisnomi?


23 iyun kuni Bishkek shahrining Birinchi May tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni korrupsiyada hamda o‘z prezidentligi davrida kriminal avtoritet Aziz Batukayevning 2013 yilda qamoqdan noqonuniy bo‘shatilishiga ko‘maklashishda aybdor deb topdi va uni 11 yilu 2 oy qamoq jazosiga hukm qildi.

Atambayevning bundan ham mushkul kunlar kutyapti. Yoshi 63 ga chiqqan prezidentga yana bir necha ayblov, jumladan, xavfsizlik xizmati qo‘mondonini o‘ldirish ayblovi qo‘yilgan. Qo‘mondon Atambayev uch marta tergovga kelmagani ortidan 2019 yilning avgustida uni majburiy olib kelish uchun Bishkek yaqinidagi uyiga militsiya bo‘linmasi jo‘natilganda sodir bo‘lgan to‘qnashuv davomida nobud bo‘lgan edi.

Prezidentning aybdor deb topilgani va unga chiqarilgan hukm Qirg‘izistonda prezidentlik kelajagi haqida savol tug‘diradi.

Atambayev Qirg‘izistonning birinchi prezidenti emas va undan oldin ushbu lavozimda ishlaganlarning barchasi yuridik muammolarga duchor bo‘lgan.

2005 yilda hokimiyatdan ag‘darilgan ilk prezidenti Asqar Aqayev ham korrupsiya hamda 2002 yilda Aqsi viloyatida sodir bo‘lgan namoyishning politsiya tomonidan ayovsiz bostirilishidagi roli uchun tergov qilingan. Aqayevning oila a’zolari ham jinoyatlarda aybdor deb topildi. Aqayevning o‘zi aybdor deb topilgani yo‘q, ammo Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati uni tergov qilish istagidan voz kechgani yo‘q.

2005 yilda Rossiyaga qochgan Aqayev hanuz o‘sha yerda.

2010 yilda hokimiyatdan ag‘darilgan Qurmanbek Bakiyev esa 2014 yili xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish aybdor deb topilib, sirtdan 24 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

O‘sha yili Belarusga qochgan ikkinchi prezident ham vataniga hali qaytgani yo‘q.

Atambayev Qirg‘izistonda sudlangan ilk prezidentidir.

Ammo Atambayev hamda undan oldingi prezidentlar o‘rtasida boshqa farqlar ham mavjud.

Aqayev va Bakiyev Qirg‘izistondan qochib ketishganidan keyin, o‘z prezidentliklari davrida sodir etgan jinoyatlari uchun tergov qilindi.

Atambayev esa Batukayev qamoq muddatini qisqartirishga ko‘maklashgani uchun sudlandi. Ushbu tergov Atambayev prezidentlik kursisini tark etishidan oldin boshlangan edi.

Batukayev 2006 yilda qator jinoyatda, jumladan, qirg‘iz deputatni, uning ikki sherigini hamda Ichki ishlar vazirligi rasmiysini o‘ldirishda aybdor deb topilgan. Ammo 2013 yilda u oqqon kasaliga chalingani aytilgan hujjatlar asosida ozodlikka chiqarildi.

Batukayev Rossiyaga qochib ketganidan keyin, u leykemiyaga chalingani ta’kidlangan hujjatlar soxta ekanligini aniqlandi.

Tergov davomida Atambayev nomi tilga olingan bo‘lsa-da, u 2017 yil prezidentlikni tark etganida jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ma’lumot yo‘q edi. Shunday bo‘lsa-da, tergovchilar uni guvoh o‘laroq so‘roq qilishni istashi ayon edi.

Atambayevning yuridik muammolari u boshqaruvni qo‘ldan boy berishni istamasligini ayon bo‘lishi ortidan yuzaga keldi.

Atambayev 2017 yilning noyabrida prezidentlikni tark etdi. U lavozimini tinch tark etgan Markaziy Osiyodagi ilk prezidentdir.

Ko‘pchilik Atambayev o‘z davomchisi Sooronbay Jeenbekov orqali Qirg‘izistonni boshqarishda davom etishini taxmin qildi. Ammo Atambayev ommaviy tarzda Jeenbekovga maslahat bera boshlashi ortidan yangi prezident Atambayevning qo‘g‘irchog‘i bo‘lib qolishni istamasligi ayon bo‘ldi.

Atambayev Jeenbekovni muntazam ravishda tanqid qila boshladi. Xususan, sobiq prezident Jeenbekovni Aqayev va Bakiyevga o‘xshab o‘z oila a’zolarini yuqori lavozimlarga tayinlashda aybladi. Shuningdek, Atambayev Jeenbekovni o‘z davomchisi o‘laroq tanlaganiga va yaqindan qo‘llaganiga qaramay, uni laqillatishda aybladi.

Hukmronligining so‘nggi yillarida raqiblarini qamatgan Atambayevning ommaviy chiqishlari unga bo‘lgan salbiy munosabatni kuchaytirdi.

Sobiq prezident Ichki ishlar vazirligining tergov chaqiriqlariga bo‘ysunmadi. 2019 yilning iyunida Qirg‘iziston parlamenti Atambayevni daxlsizligini bekor qildi. Buni tan olmagan Atambayev 2019 yilning iyulida Rossiyaga borib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi. Bundan maqsad o‘z raqiblarini qo‘rqitish bo‘ldi.

Putin esa Qirg‘iziston ichidagi mojaroga aralashmaslikka qaror qildi va Atambayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ortidan Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bir o‘zi so‘zladi. Putin Qirg‘izistonda barqarorlikni saqlash tarafdori ekanligini hamda mamlakatning yangi prezidenti Jeenbekovni qo‘llashini bildirdi.

7 avgust kuni Atambayevning Bishkek yaqinidagi Qo‘ytosh qishlog‘idagi uyida reyd uyushtirildi.

Bir qarashda, Atambayevning qo‘lga olingani Qirg‘izistonning joriy va bo‘lajak prezidentlari uchun yomon belgidir.

Mamlakatda muvaqqat prezident o‘laroq ishlagan Roza Otunbayevagina lavozimini tark etganidan keyin sudlangani yo‘q.

Ayrimlar Atambayev sudi odil bo‘lmaganini, keyin sudlar ham shunday o‘tishini aytmoqda.

Qirg‘iziston rasmiylari adolat o‘rnatilishi uchun kurashishi o‘ta muhimdir.

Qolaversa, lavozimini tark etganidan keyin ham mamlakatni boshqarishni istagan Atambayevning ishi qoidadan istisno bo‘lishi mumkin.

Bu holatdan davomchi tanlashda o‘ziga oshiqcha ishonish hamda 6 yillik prezidentlik muddati tugaganidan keyin, hokimiyatga chirmashib olish oqibatlari haqida ibrat olish mumkin.

XS
SM
MD
LG