Линклар

Шошилинч хабар
11 август 2020, Тошкент вақти: 15:36

OzodMikrofon: “Bizda virus aniqlandi, na dori beradi, na shifoxonaga yotqizadi”


"O‘rtasaroy" karantin majmuasi O‘zbekistondagi eng yirik shunday zona va unda bir paytning o‘zida 20 mingdan oshiq odam saqlanishi mumkin.

Toshkent viloyat, O‘rtasaroy karantin zonasiga Qozog‘istondan olib kelingan qoraqalpog‘istonlik Aminjon Atashovning OzodMikrofonga arz qilishicha, testdan so‘ng 23-blokda koronavirus aniqlangan 30dan ortiq kishi o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Atashovning aytishicha, besh kundan buyon ularga hech qanday dori berilmayapti, davolovchi vrachning o‘zi yo‘q.

OzodMikrofon: “Бизда вирус аниқланди, на дори беради, на шифохонага ётқизади”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:40 0:00
Бевосита линк

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG