Линклар

Шошилинч хабар
04 август 2020, Тошкент вақти: 07:07

“Kobalt” egasi akamga birov “Neksiya-3” da sodir etgan qoidabuzarlik uchun jarima keldi”


Jizzax shahrida istiqomat qiladigan tadbirkor Diyor Abdusamadovning aytishicha, uning akasi nomiga sodir etilmagan qoidabuzarlik uchun jarima kelgan.

Tadbirkorning iddao qilishicha, Zomin tumanida qoidabuzarlik sodir bo‘lgan kun ularning “Kobalt” avtomobili hatto u joyda bo‘lmagan.

Jarima maktubi
Jarima maktubi

“Uyga GAIdan jarima maktub keldi. Ochib qarasak protokolda bizning mashinamiz nomeri yozilganu, lekin boshqa avtomobilning rasmi va davlat raqami turibdi. O‘qib ko‘rsak qoidabuzarlik Jizzax viloyatining Dashtobod aholi punktida 15 iyul kuni sodir etilgan ekan. Dashtobod tomonlarga bormaganimizga uch yil bo‘ldi. Nega endi biz yemaganimiz somsa uchun 223 ming so‘m to‘lashimiz kerak?! GAIga borib ko‘rsatdik, qaranglar bizning mashina Kobalьt, rasmdagi Neksiya-3 'ekan, nomeri ham boshqa desak, rasm adashib qo‘yib yuborilgan, baribir jarimani to‘laysizlar, deydi. To‘lamaymiz desak, MIB borib undiradi, dedi. Keyin uyga MIB keldi, ularga ham ko‘rsatib tushuntirsak, bo‘lmasa sudga beringlar, deb ketdi. Endi sudga bermoqchimiz”.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG