Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2020, Тошкент вақти: 16:40

Prezidentning to‘ng‘ich kuyovi Uzcard muassislari ro‘yxatidan chiqarildi


Oybek Tursunovning Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov bilan tushgan surati.

Uzcard brendining 75 foiz aksiyasiga egalik qilgan prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov Uzcard muassislari ro‘yxatidan chiqarildi.

Bu haqda xabar bergan Gazeta.uz ga ko‘ra, Uzcard da muassislar o‘zgargan.

Gazeta.uz ga ko‘ra, Oybek Tursunov Uzcardning muassislar ro‘yxatida ko‘rinmay qolgan. Endi Uzcard aksiyalarining 51 foizi O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "O‘zsanoatqurilishbank", "Asakabank", "Ipoteka-bank" va "Aloqabankka" 6 foizdan, qolgan 25 foiz aksiya esa Mansur Usmonov, Kamron Akbarov, Timur Ozodov va Obid Agzamxo‘jayevlarga(6,25 foizdan) tegishli.

Kamron Akbarov avval Uzcard bosh direktorining moliya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Timur Ozadov esa jamoat transportida yo‘lkira to‘lashni avtomatlashtirilgan sistemasini joriy qilish bilan shug‘ullanadigan kompaniyaning rahbaridir.

Ahror Mahmudov Uzcardning rahbari bo‘lib qolgan.

Ozodlik Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov Uzcard brendining 75 foiz aksiyasiga egaliq huquqini qo‘lga kiritgani haqida joriy yilning 20 may kuni xabar bergan edi. Bankirlar.uz kanali bu haqda shunday deyilgan edi:

“Ochiqlanadigan ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, "UZCARD" brendi ostida faoliyat olib boruvchi "Yagona umumrespublika protsessing markazi" MChJ ta’sischilari tarkibi yangilangan. Xususan, jamiyatning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqi jismoniy shaxs Mahmudov Ahror Abrorovichdan, boshqa jismoniy shaxs - Tursunov Oybek Batirovich tasarrufiga o‘tgan”.

Kanalning xabar berishicha, "Yagona umumrespublika protsessing markazi"ning 25 foiziga egalik huquqi O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga tegishli bo‘lgan. Yangilangan ma’lumotlar bazasida esa bu egalik huquqi MChJning o‘ziga taalluqli deb ko‘rsatib qo‘yilgan.

Bankirlar.uz bunday holat, ya’ni MChJning o‘ziga o‘zi ta’sischi bo‘lishi qonunchilikka zid ekanini ta’kidlagan.

Avvalroq 95 foiz ulushi Oybek Tursunovga tegishli bo‘lgan Promadik Invest kompaniyasi “Kapitalbank” aksiyalarining 36 foizini sotib olgani haqida xabar berilgan edi.

XS
SM
MD
LG