Линклар

Шошилинч хабар
21 сентябр 2020, Тошкент вақти: 05:26

Tramp pandemiyadan zarar ko‘rgan vatandoshlariga iqtisodiy yordam beradigan farmonlarni imzoladi


Amerikaliklar bundan oldin ham pandemiya davrida hukumatdan iqtisodiy yordam olgan edi.

AQSh prezidenti Donald Trump koronavirus pandemiyasi tufayli mushkul ahvolga tugib qolgan amerikaliklarga iqtisodiy yordam ko‘rsatishni ko‘zlovchi farmonlarni imzoladi. Bu haqda uning o‘zi Nyu-Jersida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Tramp umumiy hisobda to‘rt farmonni imzolagan. Ulardan biri haftasiga 400 AQSh dollari miqdoridagi federal ishsizlik nafaqasini to‘lash muddatini uzaytirishni ko‘zda tutadi. Ayni damda, Tramp ushbu summaning to‘rtdan bir qismini shtatlar o‘z byudjetlaridan to‘lashini talab qilmoqda. Ayrim shtatlar esa bunga rozi emas.

Boshqa bir farmonda esa yiliga 100 000 AQSh dollaridan kam daromad oladigan amerikaliklar uchun daromad solig‘i ta’tilini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, prezident ishini yo‘qotgan amerikaliklar ijaraga olingan uylaridan haydalishlariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan farmonni imzoladi.

Ammo AQSh Kongressidagi demokratlar Tramp va respublikachilarni 2 trillion dollar qiymatga ega yordam paketi bo‘yicha kelishuvga erishmasdan chora ko‘rishda ayblamoqda.

Demokratlar prezident imzolagan farmonlar qonuniy jihatdan shubhali ekanligini hamda ularning ustidan sudga murojaat qilish mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Ularning ta’kidlashicha, Tramp o‘z vakolatlarini oshirib yuborgan bo‘lishi mumkin, chunki AQSh konstitutsiyasiga muvofiq aniq ehtiyojlar uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida faqat Kongress qaror qabul qilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG