Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:06

OzodDayjest: Oliy sud sobiq xodimi jasadi chamadondan topildi. Uni o‘ldirganlikda gumonlangan yuqori lavozimli shifokor qo‘lga olindi


Oliy sud sobiq xodimining jasadi mana shu chamadon ichidan toiplgan edi.
Oliy sud sobiq xodimining jasadi mana shu chamadon ichidan toiplgan edi.

Jasadi chamadon ichidan topilgan fuqaroning o‘limiga doir yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. 15 avgustdan boshlab O‘zbekistonda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda. Aktyor Alisher Uzoqovning shaxsiy sahifasi hakerlarga hujumiga uchradi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Chamadondagi jasad: Oliy sud sobiq xodimi shifokor tomonidan o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda

Jasadi chamadon ichidan topilgan fuqaroning o‘limiga doir yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi (www.gazeta.uz, 12 avgust).

Avvalroq Toshkent viloyati Qibray tumanida sayohat chamadonidan murda topilgani, jasad 1968 yilda tug‘ilgan, poytaxtning Yakkasaroy tumanida istiqomat qilib kelgan Sh. Ochilov bo‘lib chiqqani, marhum ilgari O‘zbekiston Oliy sudida ta’minotchi vazifasida ishlagani xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura holat bo‘yicha ikki kishi gumonlanib hibs olinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Oliy sudning sobiq xodimi joriy yil 7 avgust kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidagi (RShTYoIM) tanishi R.X.ning oldiga borgan.

Shifokor R.X. Sh. Ochilov qabulga kelganidan foydalanib, uni bo‘sh xonaga olib kirib tibbiyot kushetkasiga yotqizgan va boshiga to‘mtoq qattiq jism bilan urgan, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Jinoyatni yashirish maqsadida jasadni o‘z yo‘l chamadoniga joylashtirgan va tanishi A.M. (toshkentlik, vaqtincha ishsiz) bilan Qibray tumanidagi Bo‘zsuv kanaliga tashlab ketgan.

Tergov idorasi qotillik sodir etilishiga Ochilov tomonidan shifokorning oilasi va farzandlariga tahdid qilingani, shuningdek, rashk kabi motivlarni ko‘rib chiqmoqda.

Qotillikda ayblanib hibsga olingan R.X. 2009 yildan buyon RShTYoIMda rahbar lavozimda ishlab kelgan. Tergov davomida sud-tibbiyot, sud-biologik, daktiloskopik va sud-kimyoviy ekspertizalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bloger karantin choralari yumshatilishi sababini ochiqladi

Karantin choralarining bu galgi yumshatilishi avvalgi yumshatishlardan farqli o‘laroq – umumiy epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi bilan bog‘liq emas, deb hisoblaydi Telegramdagi Davletov.uz kanali.

Qayd etilishicha, oxirgi bir oyda to‘plangan tajriba, Toshkentda va hududlarda yaratilgan vaqtinchalik taqsimlash, diagnostika va davolash muassasalaridagi koykalar soni, krizis vaziyatni sal-pal bo‘lsa-da boshqarish o‘rganilgani karantinni yumshatishga asosiy turtki bo‘lgan.

“Agar rasmiy statistikaga ishoniladigan bo‘lsa, kunlik virus yuqtirishlar soni, o‘limlar soni, og‘ir va o‘ta og‘ir ahvolda bo‘lgan bemorlar soni karantinni yumshatishga hali vaqt borligini ko‘rsatadi. Epidemiologik vaziyat hali barqarorlashgani yo‘q”, - deb yozadi bloger Qobiljon Xidirov.

Ta’kidlanishicha, 15 avgustdan karantin cheklovlari yumshatilayotgani mamlakat “shu sharoitda ishlash va yashashni o‘rganishimiz kerak” prinsipiga o‘tayotganini ko‘rsatadi.

“Qolgani hayotning achchiq haqiqati sifatida qabul qilinadi”, - deb xulosa yasaydi bloger.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan boshlab O‘zbekistonda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda.

Hakerlar taniqli aktyorning Instagramdagi sahifasiga o‘g‘rincha kirdi

11 avgust kuni taniqli aktyor Alisher Uzoqovning Instagramdagi sahifasida hakerlar hujumiga uchradi (www.daryo.uz, 11 avgust).

Hakerlar aktyorning onasi avtohalokatga uchrab o‘ta og‘ir ahvolda yotgani haqida soxta xabar joylagan. Muxlislardan aktyor onasining operatsiyasi uchun 240 ming dollar yordam so‘ralgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, aktyor IT mutaxassisi ko‘magida o‘z sahifasini yana qaytarib olgan hamda videomurojaat yo‘llab, onasining sog‘-salomat ekanini ma’lum qilgan.

“Ey haker janoblari, sizga Allohdan insof tilayman!” - degan Instagramda 2,3 million obunachiga ega aktyor.

Alisher Uzoqov atoqli hofiz Ma’murjon Uzoqovning nabirasi. Haker tomonidan “o‘ldi”ga chiqarilgan onasi Shohida Uzoqova ham taniqli aktrisa sanaladi.

36 yoshli san’atkor kino va teatrdagi rollari bilan tilga tushgan.

XS
SM
MD
LG