Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2020, Тошкент вақти: 07:25

Yana bir so‘xlik o‘g‘lining boshiga qora xalta kiydirilib, Farg‘onaga olib ketilganini iddao qildi


22 avgust kuni So‘xda ushlangan Firdavs Ahrorov (surat bir necha yil avval olingan)

22 avgust kuni So‘xda ushlangan 25 yashar Firdavs Ahrorovning otasi o‘g‘lining boshiga qora xalta kiydirib, tumandan Farg‘onaga olib ketilganini iddao qilmoqda.

31 avgust kuni Ozodlik gaplashgan 55 yashar Mullohuseyn Ahrorovning aytishicha, shu kunga qadar o‘g‘lining hibsga olinishi va unga nisbatan ayblov e’lon qilinganiga oid biror hujjat ko‘rmagan.

Firdavs Ahrorovning advokati, Ozodlik bilan mikrofonsiz muloqotda, himoyalanuvchisiga nisbatan ayblov e’lon qilinganini tasdiqladi, ammo boshqa savollarga javob bermadi.

Farg‘ona viloyati prokuraturasidan bu borada hanuz rasmiy ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

Bosh prokuratura, shu yilning 31 mayida So‘xda bo‘lgan voqealarda ayblanib, 6 kishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan.

31 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda Mullohuseyn Ahrorov o‘g‘li 22 avgust kuni hibsga olingani va o‘shandan buyon uning holidan xabar yo‘qligini aytdi.

So‘xda ushlangan 25 yashar Firdavs Ahrorovning otasi – 55 yashar Mullohuseyn Ahrorov
So‘xda ushlangan 25 yashar Firdavs Ahrorovning otasi – 55 yashar Mullohuseyn Ahrorov

“Men o‘sha kuni ishda edim, oqshom kelsam o‘g‘ilcha yo‘q. Hokimiyatga borsam, o‘g‘lingizni olib ketishdi, deb aytishdi, qayerga kim olib ketganini aytishmadi. Shundan beri o‘g‘limni ko‘rmadim, u bilan gaplashmadim. Qo‘limga hujjat berishmadi. Ko‘rganlar: “Boshiga qora xalta kiydirib, vertolyotda olib ketishdi”, deyishyapti. O‘sha kuni bolalar IIBning devori ustiga chiqib, ichkarida boshiga xalta kiyidirib, orqa eshikdan olib chiqib ketashayotganini ko‘rgan ekan. Hozir So‘x xalqi aytyapti shu gapni”, dedi Ahrorov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:08 0:00
Бевосита линк

Uning aytishicha, 24 avgust kuni Farg‘ona viloyati prokurori so‘xliklar bilan uchrashgan. Bu yig‘inda 31 may kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “Chashma” bulog‘i ustida chiqqan nizoga aloqadorlar ro‘yxatida Firdavs Ahrorovning ismi borligi aytilgan.

“Lekin rasman aniq ma’lumot berishmadi. Aslida o‘g‘lim, janjal paytida u yerda bo‘lmagan. U faqat Bosh vazir Aripov bilan uchrashuvga borgan, men ham borganman. O‘sha yerda u ham Aripovga muammolarni gapirgan, lekin birovga tosh otgani, urgani yo‘q – to‘polon kuni u Abdusattor akaning uyida ishda bo‘lgan, buni u kishi ham tasdiqlaydi", dedi Ahrorov.

Ahrorovga ko‘ra, Farg‘ona viloyati prokurori 24 avgust kungi uchrashuvda qo‘lga olinganlarga Jinoyat kodeksining 219- (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 244-moddalari (ommaviy tartibsizliklar) bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanganini aytgan.

Aytilishicha, 25 yashar Firdavs Ahrorov quruvchilik qiladi, ota, ona va akasi xasta bo‘lgan oilaning yagona boquvchisidir.

25 avgust kuni Bosh prokuratura shunday ayblov e’lon qilingan so‘xliklar soni 6 nafar ekanini bildirdi, ammo ism-familiyalarini e’lon qilmadi.

Firdavs Ahrorovning Ozodlik bog‘langan advokati mijoziga nisbatan ayblov e’lon qilinganini tasdiqladi, ammo boshqa ma’lumot bermadi.

So‘xda 22 avgustda boshlangan hibslar va qo‘lga olinganlarning ota-onalaridan Ozodlikka kelgan murojaatlarga hozircha Farg‘ona viloyat prokuraturasidan munosabat va ma’lumot olishga muvaffaq bo‘la olmadi.

XS
SM
MD
LG