Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:50

Tixanovskaya: Belarusga kuzatuvchilar kiritilishi kerak


Svetlana Tixanovskaya 18 - sentabr kuni BMT Inson huquqlari qo‘mitasining navbatdan tashqari majlisida videolink orqali so‘zladi.
Svetlana Tixanovskaya 18 - sentabr kuni BMT Inson huquqlari qo‘mitasining navbatdan tashqari majlisida videolink orqali so‘zladi.

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya prezident Aleksandr Lukashenko hamda uning hukumati munozarali saylov ortidan namoyishchilar va matbuot vakillariga qarshi sodir etib kelayotgan jinoyatlarni hujjatlashtirish uchun mamlakatga xalqaro missiya kiritilishini talab qildi.

18 - sentabr kuni BMT Inson huquqlari qo‘mitasining navbatdan tashqari majlisida videolink orqali so‘zlagan Tixanovskaya Belarus rasmiylarini namoyishchilarga qarshi zo‘ravonliklarni to‘xtatishga va avgust oyida o‘tkazilgan saylov natijalarini bekor qilib, adolatli va ochiq saylov o‘tkazishga chorladi.

Tixanovskaya saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin qo‘shni Litvaga qochib o‘tgan.

«Yana bir bor rasmiylar bilan muloqot qilishga hamda millatimiz boshiga tushgan bo‘hronga tinch yechim izlashga hozir ekanligimizga urg‘u bermoqchiman», dedi Tixanovskaya.

BMT majlisidan bir kun oldin Yevropa parlamenti noyabr oyida Lukashenko avvalgi saylovda qo‘lga kiritgan prezidentlik muddati tugaganidan keyin, uni Belarus prezidenti o‘laroq tan olmaslik haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Belarus muxolifati va g‘arb davlatlari 9 - avgust kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalari soxtalashtirilganini aytib keladi.

Saylov natijalari e’lon qilinganidan beri mamlakatda norozilik namoyishlari tinchimayapti.

Belarus hukumati tinch namoyishlarda qatnashgan minglab kishini hibsga oldi, muxolifatning deyarli barcha yetakchilarini mamlakatni tark etishga majburladi yoki qo‘lga oldi.

Lukashenkoning o‘zi esa muxolifat bilan muzokara olib borishdan bosh tortmoqda.

BMTning Belarusdagi inson huquqlari vaziyati bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Anais Marin BMT inson huquqlari qo‘mitasi majlisi davomida:

«Yevropa qit’asida yana bir temir parda tushishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», dedi. Marin Belarusdagi vaziyatni «halokatli» deya ta’rifladi.

Marin nutq so‘zlar ekan, Belarus va Belarus hamkori Rossiya delegatsiyalari uning gapini bir necha marta bo‘ldi.

Belarusning BMTdagi elchisi Yuriy Ambrazevich BMT yordamida davlatlar saylovlariga aralashish noto‘g‘ri ekanligini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG