Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:52

Yolg‘on anatomiyasi: Rasmiy "Raddiya" "Great Kokand" kislorod konsentratorlari Xitoydan tayyor olib kelinganini tasdiqladi


"Great Kokand" MChJ "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqara boshlangani iddao qilingan kislorod konsentratori¸ Pekindagi Beijing Shenlu Medical Device Co., Ltd. vakilining aytishicha¸ to‘lig‘icha¸ hatto logosi bilan shu kompaniyada ishlab chiqarilgan.
"Great Kokand" MChJ "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqara boshlangani iddao qilingan kislorod konsentratori¸ Pekindagi Beijing Shenlu Medical Device Co., Ltd. vakilining aytishicha¸ to‘lig‘icha¸ hatto logosi bilan shu kompaniyada ishlab chiqarilgan.

Ozodlik “Farg‘onada ishlab chiqarilgani” iddao qilingan kislorod konsentratorlarining aslida Xitoydan tayyor holda olib kelinganini tasdiqlovchi qo‘shimcha dalillarni qo‘lga kiritdi.

Ozodlikning 17 - sentabr kuni e’lon qilingan dastlabki surishtiruviga Farg‘ona viloyati hokimligi ketma-ket bergan «Raddiya»lar¸aniqrog‘i, unga ilova qilingan hujjat aslida bu konsentratorlarning Xitoydan “butun” olib kelinganini ko‘rsatmoqda.

Bu hujjatda nomi keltirilgan Xitoy shirkati vakili ham Ozodlik bilan yozishmalar davomida "Great Kokand" MChJ o‘zidan asosan tayyor konsentratorlar sotib olganini ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmati 15 - sentabr kuni “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda birinchi bo‘lib kislorod konsentratorlari ishlab chiqarish boshlangani haqida xabar bergandi.

Topishmoq: “MIC medical Technology Co, Ltd” ¸ “MIC Medisal Co.Ltd” yoki “Foshan MIC medical Technology Co, Ltd”?

Farg‘ona viloyati hokimligi 17 - sentabr kuni Ozodlik so‘roviga yuborgan javobida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida kislorod konsentratorlari “ishlab chiqarish”ning Xitoydagi “MIC Medisal Co.Ltd” kompaniyasi bilan 40:60 (butlovchi qismlarning 40 foizi import¸ 60 foizi mahalliy – tahr.) nisbatidagi hamkorlikda yo‘lga qo‘yilganini iddao qildi.

Фарғона вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати Озодликка юборган "Раддия"

Maqola e’lon qilinganidan ikki kun o‘tib¸ 19 - sentabrda Farg‘ona viloyat hokimligi rasmiy saytida e’lon qilingan yana bir rasmiy “Raddiya”da Xitoydagi hamkor kompaniya nomi o‘zgarib¸ u endi “MIC Medisal Co.Ltd” ga aylandi.

Mazkur kislorod konsentratorini ishlab chiqarish jarayonida “Greyt Qo‘qon” MChJ korxonasi va Xitoy Xalq Respublikasining “MIC Medisal Co.Ltd” kompaniyasi o‘rtasida shartnomalar (shartnoma nusxasi va import qilib kelingan mahsulotlar suratlari ilova qilinadi) imzolanib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan kontsentratorning 40 foiz qismi (kislorodni ajratuvchi filtrlar, sensorli boshqaruv tizimi va kompressor) Xitoy Xalq Respublikasidan import qilib olib kelinmoqda”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Farg‘ona viloyat hokimligi rasmiy bayonotida Xitoydagi hamkor kompaniya nomi butunlay boshqacha yozilgan.
Farg‘ona viloyat hokimligi rasmiy bayonotida Xitoydagi hamkor kompaniya nomi butunlay boshqacha yozilgan.

Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan Ozodlik maqolasiga berilgan “raddiya”larda nomlari keltirilgan Xitoy kompaniyalari haqida ochiq manbalarda biror ma’lumot yo‘q – virtual qidiruv davomida na “MIC medical Technology Co, Ltd” va na “MIC Medisal Co.Ltd” degan nomdagi kompaniya¸ na uning veb sayti yoki mahsuloti topilmadi.

Ayni paytda¸ sirli Xitoy shirkatining haqiqiy nomiga rasmiy “Raddiya”ga ilova qilingan shartnoma nusxasi oydinlik kiritdi. Hokimlik e’lon qilgan kontrakt nusxasidan ko‘rilishicha¸ “Great Kokand” MChJ kislorod konsentratori sotib olish bo‘yicha shartnomani Hong Kongda ro‘yxatdan o‘tgan Foshan MIC medical Technology Co, Ltd. kompaniyasi bilan imzolagan.

“Hamkor” deb atalgan Xitoy shirkati asl nomining rasmiy raddiyalarda nega qisqartirilib yoki xato bilan yozilgani haqida Ozodlikda hozircha biror rasmiy izoh yo‘q.

Shartnomada Xitoy kompaniyasi nima sotib¸ Qo‘qondagi MChJ nima olmoqda?

“Farg‘onada ishlab chiqarildi” deb taqdim etilayotgan kislorod konsentratorlarining asli Xitoydan tayyor holda olib kelinayotgani haqidagi Ozodlik xabarini rad etish maqsadida e’lon qilingan kelishuv matni aslida Ozodlik xabarini bevosita tasdiqlaydi.

Tomonlar o‘rtasida 11- avgust kuni imzolangan kelishuv shartnomasida Xitoy ishlab chiqaruvchisi¸ Farg‘ona viloyat hokimligi rasmiy bayonotida iddao qilingani kabi “kislorodni ajratuvchi filtrlar, sensorli boshqaruv tizimi va kompressorlar emas¸ aynan tayyor kislorod konsentratorlarini xaridor - “Great Kokand” MChJga yetkazib berish mas’uliyatini zimmasiga oladi.

Huquqiy hujjatning tomonlar nima sotib¸ nima olayotganiga aniqlama berilgan “Shartnoma subyekti” degan 1-bandida:

“...sotuvchi (Foshan MIC medical Technology Co, Ltd - tahr.) kislorod konsentratorlari(keyingi o‘rinlarda Mahsulot) ni butun yoki qismlarga ajratilgan holda sotadi¸ xaridor (“Great Kokand” -tahr.) uni butun yoki qismlarga ajratilgan holda sotib oladi. Mahsulot narxi va soni mazkur shartnoma ilovasida belgilanadi”¸ deb yozilgan.

Shartnomaning oldi-sotdi subyekti haqidagi asosiy bandi.
Shartnomaning oldi-sotdi subyekti haqidagi asosiy bandi.

Uch sahifalik shartnomaning nafaqat asosiy bandi¸ balki boshqa biror qismida ham tomonlarning¸ Farg‘ona viloyati hokimligi iddao qilgan kabi¸ “kislorodni ajratuvchi filtrlar, sensorli boshqaruv tizimi va kompressor” sotayotgani yoki olayotgani haqida biror so‘z yo‘q.

Shartnomaga “mahsulot Xaridorning o‘z ishlab chiqarish ehtiyoji uchun foydalanishga mo‘ljallangan” deb yozilgan bo‘lsa-da¸ “butun yoki qismlarga ajratilgan holda” yuboriladigan kislorod konsentratorlarining qanday “ishlab chiqarish”ga mo‘ljallanganiga aniqlik kiritilmagan.

2020 - yil 31- dekabriga qadar taqriban 1 million AQSh dollari qiymatidagi konsentratorlarni yetkazib berish haqidagi kelishuv asosiy matnida¸ konsentratorlar donasi narxi yozilmagan. Bu narx belgilangan kelishuv ilovasi nusxasi hozircha Ozodlik ixtiyorida yo‘q.

Foshan MIC medical Technology Co, Ltd: “Great Kokand” tayyor kislorod konsentratorlariga buyurtma bergan!

21 - sentabr kuni Ozodlik Farg‘onadagi “Great Kokand” MChJning xitoylik hamkori Foshan MIC medical Technology Co, Ltd kompaniyasi bilan bog‘landi.

Bir necha urinishdan so‘ng Ozodlik Guangdongda joylashgan bu kompaniyaning bevosita o‘zbek shirkati bilan muzokaralarda qatnashgan namoyandasi bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi.

Kun davomida olib borilgan yozishmalarda Foshan MIC medical Technology Co, Ltdning eksport uchun mutasaddisi “Great Kokand MChJsi bilan 100 foiz tayyor “kislorod konsentratorlari va uning ayrim aksessuarlari” xaridi bo‘yicha kelishuv imzolanganini tasdiqladi.

Great Kokand”ni yaxshi bilaman. Shaxsan o‘zim ular vakili bilan ikki marta gaplashganman. Afsuski¸ so‘zlashuvlardan keyin ular tayyor mahsulotni bizdan emas¸ boshqa kompaniyadan oladigan bo‘ldi. Keyin bizdan ham bir necha yuz konsentrator oladigan bo‘lishdi. Butlovchi qism emas¸ asosan butun konsentrator oladigan bo‘lishdi. Bu faqat bir martalik xarid¸ davomli emas. Sizga aytishim mumkin bo‘lgan ma’lumot¸ biz yuborgan kislorod konsentratorlari hali yo‘lda¸ O‘zbekistonga yetib borgani yo‘q".

Ayni paytda Xitoy shirkati namoyandasi konsentratorlarning aniq soni¸ narxi va yakuniy buyurtma qiymatini ochiqlamadi.

"Great Kokand" Xitoydagi Foshan MIC medical Technology Co, Ltd kompaniyasi bilan ayni shu modeldagi tayyor kislorod konsentratorlarini sotib olishga kelishgan.
"Great Kokand" Xitoydagi Foshan MIC medical Technology Co, Ltd kompaniyasi bilan ayni shu modeldagi tayyor kislorod konsentratorlarini sotib olishga kelishgan.

Foshan MIC medical Technology Co, Ltd vakili “Great Kokand”MChJ buyurtma bergan kislorod konsentratorlari suratini Ozodlikka taqdim etdi.

Unda Farg‘ona viloyati hokimligi rasmiy saytida taqdim etilgan kislorod konsentratorlaridan butunlay farqli qurilmani ko‘rish mumkin.

“Great Kokand” logosi bilan taqdim etilgan konsentratorga bizning aloqamiz yo‘q!”

Ozodlik Foshan MIC medical Technology Co, Ltd vakiliga “Great Kokand” MChJ tomonidan o‘z kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgani iddao qilingan kislorod konsentratorlari suratini taqdim etdi.

Bu mahsulot sizning shirkat bilan hamkorlik natijasimi?”¸ degan savolga Xitoy kompaniyasi vakili “yo‘q”, deb javob berdi.

Suratdagi konsentratorlar Beijing Shenlu Medical Device Co., Ltd. kompaniyasi ishlab chiqargan mahsulot. Bu kompaniyaning esa bizga mutlaqo aloqasi yo‘q. Xitoydagi aksar kichik ishlab chiqaruvchilar xaridorga u istagan logoni qo‘yib beradi. Biz ham istasangiz o‘z logomiz bilan¸ istasangiz¸ siz aytgan logo bilan¸ yana istasangiz¸ hech bir logosiz mahsulot chiqarib beramiz. Lekin siz yuborgan suratdagi mahsulotni bizning kompaniyamiz bilan bog‘liq holda taqdim qilishgan bo‘lsa¸ bu xato. Bizning unga aloqamiz yo‘q!” dedi Ozodlik bilan yozishmalarda Foshan MIC medical Technology Co, Ltd kompaniyasi vakili.

"Great Kokand" ishlab chiqargani iddao qilingan "mahalliy mahsulot"ning¸ yorlig‘ini istisno qilganda¸ Xitoydagi Beijing Shenlu Medical Device Co., Ltd., kompaniyasi sotayotgan konsentratorlar bilan nima uchun aynan bir xil ekaniga na Farg‘ona viloyat hokimligi ¸ na Qo‘qondagi MChJ izoh berganicha yo‘q.
"Great Kokand" ishlab chiqargani iddao qilingan "mahalliy mahsulot"ning¸ yorlig‘ini istisno qilganda¸ Xitoydagi Beijing Shenlu Medical Device Co., Ltd., kompaniyasi sotayotgan konsentratorlar bilan nima uchun aynan bir xil ekaniga na Farg‘ona viloyat hokimligi ¸ na Qo‘qondagi MChJ izoh berganicha yo‘q.

"Great Kokand" logosi yopishtirilgan kislorod konsentratorlarining to‘lig‘icha o‘z mahsuloti ekanini Beijing Shenlu Medical Device Co. Ltd kompaniyasi vakili ham 17 - sentabr kuni Ozodlikka tasdiqlagan edi.

Ozodlikning ushbu mavzudagi surishtiruvi davom etadi.

XS
SM
MD
LG