Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:23

Til diplomatiyasi: Mirziyoyev nutqi o‘zbek tilining barcha muammolarini hal qildimi?


O‘zbekiston davlat matbuoti Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida qilgan nutqini “tarixiy voqea” deb yozmoqda.

“Tarixiylik”, rasmiy matbuotga ko‘ra, nutqda ko‘tarilgan mavzulardan ham avval uning birinchi marta o‘zbek tilida irod qilinganidadir.

Koronavirus pandemiyasi bois ilk bor videokonferensiya formatida o‘tgan BMT sessiyasidagi nutq O‘zbekistonning qator davlat va nodavlat telekanallari, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning Facebook sahifasi hamda YouTube kanalida jonli translyatsiya qilindi.

Shavkat Mirziyoyev BMT sessiyasidagi nutqida eng ko‘p ishlatgan so‘zlar - Word Sloud
Shavkat Mirziyoyev BMT sessiyasidagi nutqida eng ko‘p ishlatgan so‘zlar - Word Sloud

Davlat xabar agentligi – O‘zA xorijlik ekspertlar, jumladan, AQShdagi Michigan universiteti professori Temur Xo‘janing fikrlariga o‘rin berdi.

Nutqdan bir necha soat o‘tib, O‘zAda chop etilgan maqolada Temur Xo‘ja Mirziyoyevning BMT minbaridan yangragan o‘zbek tilidagi nutqi “butun o‘zbek ulusi uchun qutlug‘ sovg‘a ekani”ni yozadi.

Shuningdek, nutq bois birinchi marta davlat xabar agentligi afg‘onistonlik o‘zbek generali, marshal Abdul Rashid Do‘stumga ham minbar bergan.

Unda Do‘stum Mirziyoyevning o‘zbek tilidagi nutqi “Afg‘onistondagi o‘zbeklarni chin ma’noda g‘ururlantirgani”ni aytadi.

O‘tmishda rasmiy Toshkent Do‘stumning O‘zbekiston bilan rishtalarini rad etib kelgan, marhum prezident Islom Karimov 1998 - yilda Abdulrashid Do‘stumni “o‘zbek generali” deb atashga qarshiligini aytgan edi.

Prezident Mirziyoyevning 23 -sentabr kuni o‘zbek tilida nutq so‘zlashi uning matbuot xizmati tomonidan bir kun oldin anons qilindi.

Prezidentning sobiq matbuot kotibi va Mass-media Fondi rahbari Komil Allamjonov Telegram kanalida “o‘z orzusi ro‘yobga chiqqani” haqida yozdi.

“Shu kunlar ham keldi. Boshqa davlatlar (rahbarlari-tahr.) o‘z ona tilida nutq so‘zlaganida havas qilar edim. Yetkazganiga shukur!”, deb yozdi Allamjonov.

Til diplomatiyasi

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:52 0:00
Бевосита линк

Birlashgan Millatlarning 6 ta rasmiy tili bo‘lib, BMT anjumanida bu tillardan biridagi nutq sinxron tarzda boshqa 5 tilga o‘giriladi.

Bular – arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus va ispan tillaridir.

BMT protokoliga binoan, delegatlar boshqa tillarda so‘zlashlari mumkin, ammo buning uchun nutqning rasmiy tillardan biridagi tarjimasini oldindan taqdim etishlari talab qilinadi.

2015- yil 28 - sentabrida BMTning 70 – sessiyasida Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tilida nutq so‘zlagandi.

Ammo zalda sinxron tarjima yangramagan va anjuman raisi tarjima yo‘qligini aytib, nutqni bo‘lishga majbur bo‘lgan.

Oradan bir necha daqiqa o‘tib, tarjimon topilganidan so‘ng Qozog‘iston rahbari jahon hamjamiyatiga ona tilida murojaat qilgan.

Keyinroq u jurnalistlarga qozoq tilida nutq so‘zlash bilan “yaxshi mujda” berganini aytgandi.

Shavkat Mirziyoyev 23 - sentabr kuni qilgan nutqida pandemiya davrida davlatlarning “ixtiyoriy majburiyatlari” to‘g‘risidagi xalqaro kodeks ishlab chiqishni taklif qildi.

U shuningdek, O‘zbekistonda bolalar mehnati hamda majburiy mehnatga to‘liq barham berilgani va mamlakatdagi demokratik jarayonlar “ortga qaytmaydigan tus olgani”ni ta’kidladi.

Postsovet hududi rahbarlari xalqaro anjumanlarda asosan, rus tilida nutq so‘zlashadi.

Ko‘pgina sobiq sovet davlatlarida rus tili davlat yoki rasmiy til maqomiga ega.

Shu yilning 14 - mayida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning “rasmiy kundalik hayotda rus tilini saqlab qolish aksar o‘zbekistonliklarning manfaatiga to‘g‘ri kelishi” haqidagi bayonoti ayrim o‘zbek deputatlari tomonidan “O‘zbekistonning ichki ishiga aralashish” deya talqin qilingan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir necha kunlik sukutdan so‘ng o‘zbek tilining maqomini eslatgan, ammo Zaxarova nomini tilga olmagan.

Mirziyoyev hokimiyatga kelishi ortidan O‘zbekistonning Rossiya bilan yaqinlashuvi hamda sovet davridagi ayrim ramzlarning qaytarilgani kuzatiladi.

Xo‘sh, Shavkat Mirziyoyevning BMT virtual minbaridan o‘z ona tilida nutq so‘zlashi haqiqatan ham “tarixiy voqea”mi? O‘zbekiston rahbari o‘zbeklar va dunyoga qanday mujda bermoqchi bo‘ldi?

O‘tgan oy oxirida qamoqdan ozod etilgan navoiyshunos olim va bloger Akrom Malik Mirziyoyevning BMT sessiyasida qilgan nutqi tarixiy voqea, degan baholarga qo‘shiladi.

“Oxirgi 30 yilda tilimizga e’tibor kamayib ketgani hech kimga sir emas. Garchand mustaqilmiz, tilimiz himoya ostida – davlat tili, deb ko‘ksimizga urganimiz bilan yuqori doiradagi majlislarda yoki muhim hujjatlarda, hattoki, qonunchilik loyihalarida ham rus tili ustuvorlik qilgani ko‘pchilikka ma’lum”, - deydi Akrom Malik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Karimov rus tilida fikrlardi, Mirziyoyev o‘zbekcha”.

Navoiyshunos olimning aytishicha, Mirziyoyevning BMTdagi nutqi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini tiklash yo‘lida qo‘yilgan ilk qadam, ammo o‘zbek tilining barcha muammolarini hal qilmaydi.

XS
SM
MD
LG